1.MAVZU: Turli yosh guruhlarda qurilish, konstruktsiyalash va matеmatika markazini tashkil etish
Qurilish, konstruksiyalash va matematika markazida turli xil va shakldagiqurilish elementlari mavjud bo‘lib, bolalar ulardan o‘z fantaziyasiga tayangan xolda inshootlar bunyod etadilar: misol uchun ko‘rgan tarixiy obidalari, uylar, garajlar,ferma va shu kabilar. Qurilish bilan mashg‘ul bo‘lgan bolalar bu yerda juda ko‘pnarsalarni o‘zlashtirib oladilar. U bolalarning matematik qobiliyatlarinirivojlantirishga, ijtimoiy ko‘nikmalarni egallashga yordamlashadi, muammolarni xal etish tajribasini beradi. Bu yerda, shuningdek, ijodiy yondashishni namoyon etish va bajariladigan ishga diqqatni jalb etishni o‘rganish mumkin. Ushbu markazga tarbiyachilar va bolalar xoxish-istagiga ko‘ra ko‘plab turli narsalarni – o‘yinchoq mashinalar, yuk mashinalari, samolyotlar, gazlama bo‘laklarini qo‘shib qo‘yish mumkin.Syujet-rolli o‘yinlar va dramalashtirish markazida bolalarda haqiqiy hayotdan olingan kichik sahna ko‘rinishlarini o‘ynashga xoxish-istak uyg‘otish uchun albatta kerakli kiyimlar va boshqa narsalar bo‘lishi zarur. Bular ularda atrofda nimalar sodir bo‘layotganini anglash, ularni ajrata olish hamda hayotda o‘z o‘rinlarini tushunib yetishlariga yordam beradi. Maktabgacha ta’lim muassasalari matematika mashg‘ulotlarida qo‘llaniladigan usullarning shakllari turli-tumandir. Bu shakllarning har biri didaktik yo‘nalganligi, bolalarning mustaqillik darajasi, jamoaviy va individualma-individual ish nisbati, pedagogik rahbarlik xususiyatlari bilan shartlangan holda o‘ziga xosligi bilan farqlanadi. Ko‘pincha bitta mashg‘ulotni amalga oshirish bolalarning bilishga oid faoliyatlarini tashkillashtirishning bir necha ko‘rinishlaridan foydalaniladi. Masalan, umumiy shakl guruh bilan uyg‘unlikda yetarlicha samarador va sifatli oliy natijalarni beradi. Maktabgacha yoshdagilar bilan eksperimental ish quyidagi bosqichlar doirasida olib borildi:
1-bosqich – maktabgacha yoshdagi bolalarda dastlabki elementar matematik
bilimlar, ko‘nikma va malakalarining egallanishi;
2-bosqich – bilimlarni nazorat qilish (mustahkamlash);
3-bosqich – maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy faollik jarayonini
rivojlantirish va ular egallagan bilimlar asosidagi tajriba, ko‘nikmalarini
shakllantirish.
Bu jarayonda maqsadga muvofiq ravishda quyidagi uslubiy tamoyillar tadqiqot
ishining tajriba sinov ishlarini tashkil etishda asos sifatida xizmat qildi:
1.Og‘zaki – ertak, hikoya, tushuntirishlar.
2.Ko‘rgazmali – illyustratsiya, tarqatma materiallar.
3.Amaliy kubiklar,legolar, konstruktorlar, geometrik shakllar yasash va ulardan
amalda foydalanish.
4.Turli matematik tushunchalarni mustahkamlash.
5. Ijodiy-mustaqil–jamoaviy (guruhda tarbiyachi nazorati ostida, qurish yasash ishlarida).
Og‘zaki, ko‘rgazmali usullarga oid uslubiy tamoyillar ta’limning birinchi bosqichida 6-7 yoshli bolalarda qo‘llanildi. Geometrik shakllar, sanoq va miqdor,
kattalik, fazoviy tasavvurlar va vaqt bo‘yicha mo‘ljal olishni o‘rgatish ishlarini sekin-asta mashg‘ulotdan mashg‘ulotgacha topshiriqni murakkablashtirgancha olib boorish ancha natijadorlikka olib keldi. Har bir mashg‘ulotda bolalarda matematika bilan muloqotdan quvnoq kayfiyat yaratishga urindik. Bolalarnikiga mehmonga ertak qahramonlaridan Zumradoyning kelishi muammolarni hal etish uchun yordam so‘rashi bolalarga matematik masalalarni hal etish uchun qiziqish uyg‘otdi. Bolajonlarga bu mashg‘ulot quvonch
baxsh etadi, ularni matematik tushunchalardan foydalanishga, ularni bir biridan
farqlashga o‘rgatadi. Bunday mashg‘ulotlarga ko‘pincha ertak qahramonlari tashrif buyuradi va bolalar bilan o‘ynashga kirishadi. Demak, tarbiyachi bunday mashg‘ulotlarni to‘g‘ri tashkil qilish orqali bolalarda matematik tasavvurlarning va tushunchalarning shakllanishi, ularni amalda qo‘llashni o‘rganadilar. Tayyorlov guruhda bolalar kichik, o‘rta va katta guruhlarda bilib olgan matematik bilimlarini mustahkamlaydilar. Bu guruhda tahsil yangi, ancha murakkab vazifalarni qo‘yadi. Bolalar matematik bilimlarning amaliy malakalarini egallaydilar. Boshqa bilimlar qo‘shiladi. Bolalar nafaqat sonlarni taniydilar, balki ular bilan ikki amal bajarishni ham o‘rganadilar. Ular umumiy dinamika, tempga amal qilishni, o‘yin va mashg‘ulotlarni o‘z vaqtida boshlab, o‘z vaqtida tugallashni o‘rganadilar. Tajriba sinov ishlari natijasi shuni ko‘rsatdiki, maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari yoshiga mos ko‘rgazmali, og‘zaki va turli uslubiy tamoyillarni qo‘llashni taklif qilamiz. Masalan, bolalarga soat tasviri tushirilgan chiroyli illyustratsiyani ko‘rsatamiz. Tarbiyachi hikoya qilyapti: “Devorda qadimiy soat osig‘liq turipti (tarbiyachi nog‘oraga bir marta uradi). Biroq soat chiqillab yurishi kerak, tik-tak (tarbiyachi nog‘oraga bir necha bor uradi). Bolalar biz sizlar bilan nog‘ora cholg‘usida soat qanday yurayotganini eshitdik, qutichada yomg‘ir qanday yog‘ishini eshitish ham mumkin. Tarbiyachi so‘zlaydi: “Zumrad sayrga chiqdi, to‘satdan uning kaftiga yomg‘ir tomchisi tushdi (tarbiyachi qutichaga urib, tovush chiqaradi). Bulut quyosh yuzini qopladi va Zumrad kaftiga bir necha yomg‘ir tomchilari tushdi (tarbiyachi qutichaga bir necha marta uradi
Do'stlaringiz bilan baham: |