1-mavzu. Turk tilida ot so’z turkumi (TÜRKÇede iSİM) Tayanch so’z va iboralar


Ankara’ya geldikçe bize uğra. Görüştükçe daha iyi anlaşacaksınız. İnsan kazandıkça hırsı artıyor. Bu kafayı değiştirmedikçe işin düzelmez



Download 136,79 Kb.
bet67/85
Sana01.01.2022
Hajmi136,79 Kb.
#295262
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   85
Bog'liq
Gramer konuları

Ankara’ya geldikçe bize uğra. Görüştükçe daha iyi anlaşacaksınız. İnsan kazandıkça hırsı artıyor. Bu kafayı değiştirmedikçe işin düzelmez.

-dikçe ravishdoshining –diği müddetçe shakli ham mavjud: Onu aradığımız müddetçe o da bizi aradı.

Ravishdoshlar gapda har doim hol (zarf tümlecı) vazifasini bajaradi. Ular o’ziga aloqador gap bo’laklari bilan birga so’z birikmalari tashkil etadi va bu birikmalar gapda har doim hol vazifasini bajaradi: Bir milletin kültürü yükseldikçe, ferdi hürriyetin tatbikat sahaları genişler ve çoğalır (Atatürk). Bu gapda kesim bo’lgan genişler ve çoğalır so’zlari va bir milletin kültürü yükseldikçe so’z birikmasi bir ravishdosh shakl va unga bog’liq bo’laklardan yuzaga kelgan hol birikma (ravishdosh oboroti)dir. Bunday birikmalar gaplarda ravish holi bo’ladi.

Zamon ravishdoshlaridan yana biri turk tilida teng zamon ravishdoshlari(eşzaman zarffiilleri)dir. Ular bosh gapdagi fe’l uchun zamon boshlang’ichini namoyon etadi. Ular -eli qo’shimchasi bilan yasaladigan ravishdoshlardir. -eli qo’shimchasi beri va -den beri ning sinonimidir: gördum göreli, gideli, konuşmayalı, görmeyeli va hok.

«Ağam sen gideli yedi yıl oldu». Görmeyeli şişmanlamışsınız.

Bu ravishdoshlar beri yordamchi so’zi qo’shilib ham qo’llanadi: Bu geçit yapılalı beri kazalar azaldı. Ayrılalıdan beri yazmadı. kabi.

Ba’zan -eli qo’shimchasi bilan yasaladigan ravishdoshlar fe’lning o’tgan zamon qo’shimchasidan keyin qo’shiladi: «Bu fani dünyaya geldim geleli, bir atı severim, bir de gözeli».

Ko’makchili birikma shaklidagi –dikten beri, -diğinden beri ravishdosh shakllari ham boshlang’ich ravishdoshlar jumlasiga kiradi: Bunu farkettikten beri huzursuzdu. Bunu aldığınızdan beri görünmediniz.

Zamon ravishdoshlaridan yana bittasi bitish ravishdoshlari (bitim zarffiilleri) dir. Ular bosh gapdagi fe’l uchun zamon nihoyasini ko’rsatadi. Yuqorida -ince qo’shimchali ravishdoshlarning eskirgan bituv (tugash) ravishdoshi ma’nosiga ham ega bo’lganini ta’kidlab o’tdik: ölünce unutmamak, doyunca yemek. Keyinchalik dek va kadar ko’makchilari vositasida yasalgan ko’makchili birikmalar bu ma’noda keng tarqalgan. Bunday birikmalarda değin ko’makchisiga ham duch kelinadi. Jo’nalish kelishigi qo’shimchasi talab etuvchi –ince, –en, -esi ravishdosh qo’shimchalari bilan teng qimmatga ega bo’lgan ko’makchili birikmalar yasashdir. Bugungi kunda turk tilida bu shakllardan uchtasi sinonim sifatida keng qo’llanib kelinmoqda: gel-inceye kadar = gel-ene kadar = gel-esiye kadar.

Eng ko’p qo’llaniladigan -inceye shakli dek va değin ko’makchilarini ham olgan: Hava açıncaya kadar yola çıkamam. Siz gelinceye dek bekleyecek kabi.

Asosan, ogzaki nutqda uchraydigan–ene shaklining qo’llanishi ham shunga o’xshaydi: Sen kalkana kadar ben işi yarılarım. Babam gelene değin beklersin.

Ko’makchi olmasdan qo’llanuvchi –esiye shakli aslida qiyoslovchi ravishdoshlar yasaydi: öldüresiye dövmek x öldürürcesine dövmek. Faqat bu yerda ko’makchi olgan holda zamon ravishdoshi bo’lib keladi: Ustan dönesiye değin sen boş oturma. Aklını alasıya kadar çok dayak yer kabi.

Payt ravishdoshlaridan yana biri bosh gapdagi fe’lning zamon nuqtai nazaridan oldin kelganini ko’rsatuvchi ravishdosh qo’shimchasi (öncelik zarffiilleri) ni olib yasaladi. Yuqorida hol ravishdoshlari deb aytib o’tilgan -meden qo’shimchali ravishdoshlarning ayni paytda ish harakatning oldindan ro’y berishini ifodalovchi shaklda qo’llanishini ham ta’kidlash joiz: Eve gelmeden koptu kiyamet.

Hozirgi zamon turk tilida -me va -mez shakllarining önce va evvel ko’makchilarini olgan shakli ham shu ma’noda qo’llanadi: Müdür olmazdan evvel böyle konuşmuyordu.

Payt ravishdoshlaridan oxirgisi bosh gapdagi fe’lning zamon nuqtai nazaridan keyin kelganini ko’rsatuvchi «so’ngralik» ni ifodalovchi ravishdosh qo’shimchasi(sonralık zarffiilleri) ni olib yasaladi. Ular -dik sifatdosh qo’shimchasiga -sonra ko’makchisi keltirilgan holda yasaladi (ver-dikten sonra): Emekli olduktan sonra Bursa’da yerleşti.

Bu -dikten sonra ravishdosh shakli ba’zi bosh gap ichida kelganida so’roq shaklini oladi: Parasını verdikten sonra ne der?


Download 136,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish