Bog’lovchi ravishdoshlar (ulama zarffiilleri)
Bu ravishdoshlar -ip (-ıp, -up, -üp;) qo’shimchasi olib yasaladi: bakıp, bilip, bulup, görüp; -kalıp, sevip, olup, düşüp; başlayıp, okuyup, söyleyip va hok. Ular ikki ish harakatning ketma-ket yoki bir vaqtning o’zida bajarilganini bildiradi: bakıp durmak, sürüp gitmek, kasıp kavurmak, atıp tutmak va hok.
Aytish mumkin, bog’lovchi ravishdoshlar nutqda teng bog’lovchilarning o’rnini bosa olganligi uchun ularning vazifasini ham bajaradiganday ko’rinadi: Bırakıp gitti. = Bıraktı ve gitti. Kaçıp kurtulduk. = Kaçtık da kurtulduk kabi.
Ammo, ravishdoshlarning bu turi har doim ham bog’lovchi vazifasini ado etavermaydi (Bıraktı gitti. Kaçtık, kurtulduk).
-ip ravishdoshlari, asosan, bog’langan qo’shma gaplarda qo’llanadi: «Attan inip eşeğe bindik». Mektubu postaya atıp geri döneceksin.
-ip ravishdoshlari faqat ravishdosh bo’lib ham qo’llanadi: Bunları eve götürüp ne yapacaksın? «Papaza kızıp orucu bozma» kabi.
Ba’zan – erek ravishdoshlari ham -ip ravishdoshlari o’rnida qo’llanadi: Birçok da borç bırakarak ayrılmış. Sözümü kırmayarak kaldı kabi.
Ba’zi qo’shma gaplarda –ip va –erek ravishdoshlari birgalikda, ketma-ket qo’llanishi mumkin: Erken kalkıp kahvaltı ederek yola çıkmalıyız. Sandığı kırıp parayı alarak kaçmışlar kabi.
Hol ravishdoshlari (hal zarffiilleri)
Hol ravishdoshlari (ortaklaşa yaptırmak, yüzerek geçmek, dönerken uğramak, yatmışken kalkmak, düşünmeksizin harcamak, durmadan konuşmak) fe’l o’zak va negiziga quyidagi ravishdosh qo’shimchalari qo’shilib yasaladi:
–a, -e. Bu qo’shimcha eng eski ravishdosh qo’shimchalaridan biri bo’lib, hozirgi zamon turk tilida qotib qolgan ravishdosh shakllari yasaydi: gide gide, konuşa konuşa, ala ala, güle güle, geze geze, bağıra çağıra, ine çıka va hok. Shuningdek, bu qo’shimcha yordamida qo’shma fe’llar va imkoniyat fe’llari shakli yasalgan: gidedurmak, öleyazmak; düşünebilmek, düşünememek; yapabilmek, yapamamak kabi.
Hol ravishdoshlari yangi turk tilida qayta jonlangan va keng qo’llanib kelinmoqda: “Ağzım dilim kurudu, kız yalvara yalvara”. Vura vura çökertecekler. “Düşe kalka haste-i gam, der-i lutf-i yare düştü” (klassik adabiyotdan). Onu evire çevire kıracaksın.
–arak, -erek. Bu qo’shimcha –a, -e ravishdoshlarining -rak, -rek kichraytiruv sifat qo’shimchasi qo’shib uzaytirilgan shakli bo’lib, yangi ravishdosh shakli hisoblanadi: giderek; konuşarak, gülerek; alarak, inleyerek; başlayarak, düşünerek; diyerek; severek kabi.
Bu qo’shimcha asosiy ish harakatga hamrohlik qiluvchi yordamchi ish harakatni ifodalaydi: “Ve bir zaman bakacaksın semaya ağlayarak”(she’rdan). Başından kanlar akarak eve döndü. kabi.
–arak, -erek ravishdoshlarining bog’lovchi ravishdoshlar (-ip, -ıp, -up, -üp;) o’rnida ham qo’llanishini yuqorida aytib o’tdik.
–arak, -erek ravishdoshlarining chiqish kelishigi qo’shimchasi olib uzaytirilgan shakli ham xalq tilida qo’llanib kelinadi: “Tek tek basaraktan, bade süzerekten. İnci dizerekten, gel yarim, gel aman” (klassik adabiyotdan).
–üben, -uban qo’shimchasi –erek, -arak qo’shimchalarining vazifasini bajaradi: gel-üben, dur-uban kabi. Bu qo’shimchani o’zbek klassik she’riyati namunalarida uchratish mumkin: «Har tuning qadr o’lubon, har kuning navro’z o’lsun» (A.Navoiy).
Turk tilshunosligida «İ» fiili fe’li deb nomlangan «i» qo’shimchasidan so’ngra sifatdosh qo’shimchalaridan faqat -dük qo’shimchasi keladi va qoliplashgan shaklda qo’llanadi. «i» qo’shimchasining ravishdosh shakli i- ken bo’lib, u eski turkchada er-gen, keyinchalik i-ken bo’lgan va hozirgi zamon turk tilida –ken shakliga kelib qolgan, ya’ni uning «i» si tushirilgan: oradayken, gençken, öğrenciyken, gelirken, düşünürken, gelmişken, gidiyorken, yapmaktayken kabi. Bundan boshqa ravishdosh shakllari yo’q. Undan tashqari, misollardan ham ko’rinib turganidek, bu shakl turkcha singarmonizm qoidasiga bo’ysunmaydi.
Bu ravishdoshlarni boshqa bir nuqtai nazardan qo’shma ravishdosh qo’shimchalari bilan yasalgan hol ravishdoshlari deb ham atash mumkin (-mişken, -irken, -icekken, -iyorken, -meliyken).
Ular bosh gapdagi kesimning boshqa bir zamonga bog’liq boshqa bir ish-harakat ichida yuzaga kelishini ifodalaydi: Başlamişken bitirmek, verirken saymak, satacakken caymak, alıyorken durdurmak kabi.
Hol ravishdoshlari ravishlar kabi qo’shma gaplarda bosh gapdagi fe’l(kesim)ning qay tarzda bo’lganligini ta’kidlashga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |