20-Mavzu:Samarqand shahri boʻylab ekskursiya oʻtkazish.
O‘zbekistonda jahon madaniyati xazinasiga kiruvchi ko‘plab arxitektura yodgorliklari mavjud. Xiva, Buxoro va Shahrisabz shaharlarining tarixiy markazlari, qadimiy Samarqandning tarixiy yodgorliklari YUNESKO ning «Jahon merosi» deb nomlangan ro‘yxatiga, Boysun tumani aholisining folklor ansambli «Jahon nomoddiy merosi xazinasi» ro‘yxatiga kiritilgan.O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish va uni yangi bosqichlarga ko‘tarish borasida, avvalo ko‘hna madaniy va arxitektura yodgorliklariga boy bo‘lgan Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Marg‘ilon kabi shaharlar muhim ahamiyatga ega. Bu shaharlarda butun dunyo aholisini hayratga soluvchi va lol qoldiruvchi qadimiy tarixiy yodgorliklar mavjud. Yer yuzining turli mamlakatlarida istiqomat qiluvchi har bir inson bu shaharlarni ko‘rish orzusida yashaydilar. Bir qancha mamlakatlarda O‘zbekiston o‘zining ana shu shaharlari bilan mashhurdir. Tarixiy obidalarning YUNESKO «Jahon merosi» ro‘yxatiga kiritilishining asosiy maqsadi- o‘z hududida mashhur bo‘lgan ob’ektlarni dunyoga tanitish va himoya qilishdir. Ma’lumki, O‘zbekiston tarixiy va madaniy yodgorliklarga boy mamlakatdir. Bebaho merosimizning 140 ta ob’ektlari YUNESKO tomonidan muhofazaga olingan va tarixiy ob’ektlar ro‘yxatiga kiritilgan. 3. YUNESKO ning «Jahon merosi» ro‘yxatiga Xivadagi Ichan Qal’a 1990 yil, Buxoroning tarixiy markazi 1993 yil, Shahrisabzning tarixiy markazi 2000 yilda kiritilgan. 2001 yil 12-16 dekabr kunlari Finlyandiyaning Xelsinki shahrida YUNESKOning Jahon merosi Qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib, unda Samarqand shahri ham YUNESKOning «Jahon merosi» ro‘yxatiga kiritildi. 2014 yil 7 iyul kuni Amerikaning taniqli «The Huffington Post» nashri «Dunyoning albatta borib ko‘rishi lozim bo‘lgan 50 shahri» ro‘yxatini e’lon qildi. Dunyoning eng mashhur shaharlari orasida «Sharq marvaridi» –Samarqand ham bor. Mazkur nashr reytingida qayd etilganidek, «Registon maydonidagi madrasalar va qadimgi inshootlardagi naqshlar Buyuk Ipak yo‘lining ko‘hna shahri-Samarqandni jahon islom me’morligining eng go‘zal namunalaridan biriga aylantirilgan».Ushbu reyting «The Huffington Post» nashri tomonidan minube.net sayohatchilar hamjamiyati bilan o‘zaro hamkorlikda tuzilgan. Bundan ko‘zlangan maqsad «Buyuk ko‘hna poytaxtlardan tortib, to Osiyo, Amerika va ulardan tashqari dunyodagi eng a’lo joyni topish» bilan izohlanadi. Reyting mualliflarining fikr bildirishlaricha, odamlar o‘z hayoti davomida albatta borib ko‘rishi lozim bo‘lgan qadamjolar ro‘yxatidan dunyoning 50 shahari joy olgan. Samarqand MDH mamlakatlari shaharlari o‘rtasida ushbu nufuzli ro‘yxatga kirgan yagona shahardir. 4 Turizm sohasi bo‘yicha 2014 yil 1-3 oktabrda Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT) Butunjahon turizm tashkiloti Ijroiya kengashining 99-sessiyasi aynan Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgani ham bejiz emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |