3-Mavzu: Ish joyida xavfsizlikni taʼminlash.
Ish xonalarida ishlash va asboblardan foydalanish bo‘yicha texnika xavfsizligi qoidalarni quyidagicha umumlashtirish mumkin.
1. Ish xonasiga faqat o‘qituvchi ruxsati bilan kiriladi.
2. Har bir o‘quvchi faqat o‘z ish joyida ishlaydi. Agarda ish jamoa ravishda bajariladigan bo‘lsa, o‘quvchilar o‘z majburiyatlarini yaxshi biladilar.
3. Ish faqat o‘qituvchining ruxsati bilan boshlanadi.
4. Ishni boshlashdan oldin, ish joyingni tayyorla, asboblarni to‘g‘ri va qulay joylashtir: O‘ng qo‘l bilan ushlanadigan asboblarni o‘ng tomonga, chap qo‘l bilan ushlanadiganini chap tomonga qo‘y, sanchiladigan, kesadigan asboblarni hech qachon ikkita asbob orasiga qo‘yma, ularni doimo o‘z joyiga, o‘tkir tomonini narigi, dastasini o‘zing tomonga qilib qo‘y. Asboblarni o‘ynama, ular uyinchoq emas.
5. Ish vaqtida ish joyingni tartibli saqla.
6.O‘tmas yoki buzuq asbob bilan ishlama.
7. Asbobni ishlatganda, uni o‘qituvchi ko‘rsatganidek ushla.
8. Asboblarni asra, ularni to‘g‘ri, o‘z o‘rnida ishlat, ishlatgandan so‘ng ularni tozalab, yuviladiganlarini yuvib, artadiganlarini artib qo‘y.
9. Narsani, har bir detalni oldingi safargidan yaxshiroq, chiroyliroq, tartibliroq qilishga harakat qil.
10. Ishni tugatdingmi, ish joyingni tezda tozalab tartibli qilib qo‘y.
4-Mavzu: Ekskursiya dasturlarini rejalashtirish.
Rejalar va dasturlarni ishlab chiqishda birinchi navbatda ratsional rejalashtirish printsiplarini qo‘llash zarur. Ular biror-bir ekologik yoki ijtimoiy muammolarsiz katta iqtisodiy foyda olishga imkon beradi. Bunda kompleks yondashuvga alohida e’tibor qaratish zarur. U iqtisodiy, ekologik, ijtimoiy va madaniy jihatlarning mutanosibligini nazarda tutadi va barcha bosqichlarda turizmning barqaror rivojlanishini ta’minlaydi.
Kompleks rejalar va tavsiyalar ko‘plab o‘zaro bog‘langan, har xil elementlarni o‘z ichiga olishi zarur. Ulardan asosiylari quyidagilardir:
turizmni rivojlantirishning iqtisodiy, ekologik, ijtimoiy, madaniy va boshqa maqsadlari hamda yo‘nalishlari;
umumiy bazaviy tahlil – mamlakat, mintaqa haqida tarixiy ma’lumotlar olish, ularning qisqacha geografik tavsifi, tabiiy halokatlarga moyilligi (vulqonlar, zilzilalar, bo‘ronlar va sh.k.) iqlimiy sharoitlar, atrof-muhitning sifati, mintaqani umumiy rivojlantirish rejalari va dasturlari hamda ularning turizmga ta’siri, demografik, madaniy modellar, iqtisodiyotdagi mavjud sektorlarning modellari i ularni rivojlantirish tendentsiyalari (aholining daromadlari, uning bandligi va b.);infrastruktura jihatidan tahlil va tavsiyalar – mintaqa yoki mamlakatga turli transport vositalari bilan kirish, o‘tkazish potentsiali va turistlar uchun qulayliklar; turistik zonalardagi kanalizatsiya, telekommunikatsii; infrastrukturani takomillashtirish bo‘yicha mavjud va amalga oshirilayotgan rejalar va dasturlar; turizmning rivojlanishini to‘xtatib qo‘yadigan infrastruktura omillari, infrastrukturani takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar;
Do'stlaringiz bilan baham: |