8-Mavzu: Shaxar tarixiy ob'yektlarini turistik ekskursiya dasturlariga kiritish.
O’zbekiston mustaqillikka erishgach, ajdodlarimizdan qolgan madaniy tarixiy merosga e’tibor kuchaydi, tarixiy yodgorliklar davlat nazorati ostiga olindi. Istiqlol yillarida Buxoro, Samarqand, Termiz, Xiva, Toshkent. Qo’qon. Shahrisabz kabi shaharlarda ulug’ ajdodlarimizning yuksak iste’dodi bilan bunyod etilgan obidalar o’zining haqiqiy qadr-qimmatini topdi, ularni ta’mirlash va asl qiyofasini tiklash davlatimiz siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biriga aylandi.Toptalgan tariximiz, qutlug’ qadamjolar, hatto nomlari ham unutilayozgan obidalar ta’mirlandi, qayta tiklandi. Imom al Buxoriy, Imom at-Termiziy, Abu Mansur al-Moturudiy, Ahmad al-Farg’oniy, Burhoniddin al-Marg’inoniy, Mahmud az-Zamaxshariy kabi ulug’ allomalarimizning sha’nlariga munosib yodgorlik majmualar yaratildi. Toshkent, Samarqand va Shahrisabzda Sohibqiron Amir Temur, Toshkentda Mirzo Ulug’bek, Alisher Navoiy, Urganchda Jaloliddin Manguberdi, Termizda Alpomish haykallari qad ko’tardi. Bugungi kunda mamlakatimizda etti mingdan ortiq yodgorlik, shu jumladan, 2500 ta me’moriy obida, 2700 tadan ortiq monumental san’at asari davlat muhofazasiga olingan. 1991 yildan Xivadagi Ichonqal’a qo’riqxonasidagi, 1993 yildan Buxoro shahri markazidagi, 2000 yildan Shahrisabz shahri markazidagi yodgorliklar Yuneskoning “Umumjahon madaniy merosi” ro’yxatiga kiritildi.
9-Mavzu: Surxondaryo viloyatidagi ekskursiya obyektlari pasportini tayyorlash.
Surxondaryo viloyatida turizmni rivojlantirish uchun 374 tarixiy, madaniy, san’at, me’moriy obidalar, noyob arxeologik qazilmalar mavjud.Viloyatning tabiiy so‘lim go‘shalari, maftunkor sharsharalari, ma’danli suv va shifobaxsh tog‘ tuzlari agro-eko, tog‘ va tibbiyot turizmini keng yo‘lga qo‘yishga qulay imkoniyat yaratadi. Qadimiy bu yurtning o‘ziga xos urf-odat va an’analari, milliy hunarmandchilik buyumlari ham dunyo ahlida katta qiziqish uyg‘otib keladi. Viloyatdagi boy tarixga ega qadamjolar, muqaddas ziyoratgohlar hududda ziyorat turizmini joriy etib, nafaqat mahalliy balki, xorijlik sayyohlar oqimini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Biroq, hozirgacha viloyatning bu boradagi salohiyatidan samarali foydalanishga e’tiborsizlik bilan yondashib kelinayotgan edi.2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasida belgilab berilgan vazifalar ijrosi doirasida ishlab chiqilgan ziyorat turizmini rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” bu boradagi ishlarni yangi bosqichda ruyobga chiqarishga xizmat qilmoqda.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev joriy yil 19-20-yanvar kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida vohaning turizm salohiyatidan samarali foydalanib, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi daromadlarini oshirishga alohida e’tibor qaratgan edi. Shunga muvofiq viloyatda 2018-2019-yillarda Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi qabul qilinmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |