Adabiyotlar:
1.R.A.Mavlonova, B.Normurodova. Tarbiyaviy ishlar metodikasi. O‘quv qo‘llanma. 2008-yil. “O’qituvchi”.
2.R.Mavlonova, N.Rahmonqulova, B.Normurodova, K.Matnazarova. Tarbiyaviy ishlar metodikasi. Darslik. 2014-yil. TDPU Riziografida nashr qilingan.
3.R.Mavlonova, N.H.Vohidova, N.H.Raxmonqulova. Pedagogika nazariyasi va tarixi. Darslik. 2010. Fan va texnologiyalar.
4.R.A.Mavlonova., D.Abdurahimova. Pedagogik mahorat
Mashg’ulot turi: amaliy
18 - Mavzu: Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni tashkil qilishda tashkilotchi shaxsiga bo‘lgan talablar
Mashg’ulot rejasi:
1.O‘quvchilar shaxsini har tomonlama kamol toptirish.
2. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning maqsadi va
vazifalar.
3.O‘quvchilarda vatanparvarlik hissiyotini tarbiyalash usullari.
Sinfdan tashqari ishlar deganda – maktab o`qituvchilari yoki chetdan taklif qilingan mutaxassislar rahbarligi ostida maktabda darsdan tashqi vaqtda o`quvchilar o`rtasida yo`lga qo`yiladigan va olib boriladigan ta`lim-tarbiya ishlari nazarda tutiladi. Maktabdan tashqari ishlar o`quvchilar bilan olib boriladigan, maxsus tashkil etilgan muassasalar tomonidan uyushtiriladigan ta`lim-tarbiya va madaniy ishlardan iboratdir.
Bu ishlarni olib borish tartibi O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida” gi Qonunining II bob 17-moddasi “Maktabdan tashqari ta’lim” ni tashkil etish masalasini aniq belgilab bergan: “Bolalar va o’smirlarning yakka tartibdagi ehtiyojlarni qondirish, ularning bo’sh vaqti va dam olishini tashkil etish uchun davlat organlari, jamoat birlashmalari, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar, madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yo’nalishlarda maktabdan tashqari ta’lim muassasalarni tashkil etishlari mumkin”. Maktabdan tashqari ta’lim muassasalariga bolalar, o’smirlar ijodiyoti saroylari, uylari, klublari va markazlari, bolalar-o’smirlar sport maktablari, san’at maktablari, musiqa maktablari, kutubxonalar, sog’lomlashtirish muassasalari va boshqa muassasalar kiradi.
O`quvchilar bilan olib boriladigan sinfdan va maktabdan tashqi ishlarga ta`lim-tarbiya jarayoning ajralmas tarkibiy qismidir. U darslarda olib boriladigan o`quv-tarbiya ishlarini mustahkamlab va to`ldirib borishi bilan birgalikda o`quvchilarni pedagogik ta`sir ostiga to`la ravishda jalb etishga hamda dars uchun ajratilgan vaqt ichida amalga oshirilishi qiyin bo`lgan yoki butunlay iloji bo`lmagan bir qancha muhim tarbiyaviy vazifalarni hal qilishga yordam beradi.Qiziqish va intilishlarini darslarda, masalan, fizika darslarida, yetarlicha qondirish mumkin emas. Bu vazifani o`quvchilar bilan ularni qiziqtirgan masalalar bo`yicha darsdan tashqi mashg`ulotlar o`tkazish yo`li bilangina maqsadga muvofiq ravishda hal qilish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |