1-Mavzu: Tarbiyachi kreativligi va kompetentligi fanining maqsad, vazifalari, tarbiyachi va uning jamiyatda



Download 171,5 Kb.
bet11/12
Sana16.04.2022
Hajmi171,5 Kb.
#556278
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
1-мавзу. КРЕАТИВЛИК (1)

Bunga quyidagilar kiradi:


  1. Bolaning sog‘lig‘ini saqlash va mustaqkamlash.

  2. Aqliy qobiliyatini o‘stirish.

  3. Milliy qadriyatimiz va ma’naviyatimizning g‘oyaviy-aqliy tamoyillariga mos keluvchi e’tiqod va qarashlarini tarkib toptirish.

  4. Ona vatanga muhabbatini, ijtimoiy faollikni shakllantirish.

  5. Yosh avlodda o‘rtoqlik, do‘stlik hissini halollik va mehnatsevarlikni tarkib toptirish.

Demak, yuqorida keltirilgan sifatlarni tarkib toptirish o‘sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash vazifasining hamma tomonlarini qamrab ololmaydi. Lekin tarbiyachi ishlarga asoslanib, bolalarni mustaqil hayotga va mehnatga tayyorlash ishini ma’lum bir maqsad bilan samaraliroq amalga oshirish mumkin. “Tarbiyachi
— ustoz bo‘lish uchun boshqalarning aql-idrokini o‘stirish, ma’rifat ziyosidan bahramand qilish, haqiqiy vatanparvar, haqiqiy fuqaro etib yetishtirish uchun, eng avvalo, tarbiyachining o‘zi ana shunday yuksak talablarga javob berishi, ana shunday buyuk fazilatlarga ega bo‘lishi kerak”.
Demak, bola shaxsini shakllantirishda tarbiyachi alohida ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, har bir bolaning shaxs sifatida shakllanishida javobgar ekanligini taqozo
etadi. Shunga ko‘ra tarbiyachi bolalarga kundalik hayotda, o‘yinlarda, mashg‘ulotlarda, birgalikdagi mehnat faoliyatida, ular bilan bo‘ladigan muomalada, muloqotda ibrat, namuna bo‘lishi bolani har tomonlama diqqat bilan o‘rganishi, uning shaxsiy xususiyatlarini, qobiliyatlarini bilishi, pedogogik nazokatini namoyon qilishi, bolalarning xulq-atvori ish natijalarini haqqoniy baholashi va ularga o‘z vaqtida yordam ko‘rsata olishi hamda oilaviy ahvoli bilan qiziqishi zarur hisoblanadi. Bolani tarbiyalash nihoyatda qiyin va murakkab jarayon bo‘lib, juda qadimdan ushbu faoliyatga jamiyatning yetuk kishilari jalb etilgandir. Xususan, qadimgi Gresiya va Rim tarixidan yaxshi bilamizki, miloddan avvalgi davrlarda ham yosh avlod tarbiyasi o‘zining ma’naviy qiyofasi va aqliy qobiliyati bilan jamiyat a’zolari o‘rtasida yuksak hurmat ehtiromga sazovor bo‘lgan kishilar, ya’ni donishmandlar zimmasiga ishonib topshirilgandir. Ushbu holat yosh avlod tarbiyasi uning tashkil etilishi mazmunini faqat shaxs kamolotini emas, balki jamiyat taraqqiyotini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega ekanligini anglatadi. O‘zbekiston Respublikasida ham tarbiyachi-murabbiy kadrlarni ma’naviy qiyofasi, aqliy salohiyati hamda kasbiy mahoratiga nisbatan jiddiy talablar qo‘yilmoqda.
Ayniqsa, bu borada O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX-sessiyasida (1997 yil 29 avgust) so‘zlagan nutqida shunday fikrlarni bildiradi, ularga, albatta, diqqatni qaratish maqsadga muvofiqdir. “Tarbiyachilarning o‘ziga zamonaviy bilim berish, ularning ma’lumotini oshirish kabi paysalga solib bo‘lmaydigan dolzarb masalaga duch kelmoqdamiz. - Tarbiyachi bolalarimizga zamonaviy bilim berishi uchun avvalo, murabbiyning ana shunday bilimga ega bo‘lishi kerak”. Yuqoridagi qayd etilgan fikrlardan bugungi kun tarbiyachisi shaxsiga nisbatan qo‘yilayotgan talablarning naqadar muhimligini anglash lozim. Demak, tarbiyachi- maxsus pedagogik, psixologik va mutaxassisligi bo‘yicha yetuk bilimli va yuksak fazilatli shaxs sanaladi. Shuning uchun zamonaviy tarbiyachi murabbiy qiyofasida quyidagi fazilatlarni namoyon eta olishi kerak. Zamonaviy murabbiy o‘zini mutaxassisligi bo‘yicha chuqur puxta bilimga ega bo‘lish, o‘z ustida tinimsiz ishlashi kerak. Tarbiyachi maktabgacha tarbiya pedagogikasi va psixologiya, fiziologiya fanlarining asoslarini bilish, ta’lim-tarbiya jarayonida bolalarning yoshi va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda faoliyatni tashkil etishi kerak. Tarbiyachi ta’lim-tarbiya jarayonida samarali shakl, metod va vositalaridan unumli foydalana olish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak.
Tarbiyachi yuksak darajadagi pedagogik mahoratga, chunonchi kommunikativlik layoqatiga ega bo‘lish, pedagogik texnika, nutq, yuz, qo‘l, oyoq va gavda harakatlari, mimika, jest, pantomimika) qonuniyatlarini chuqur o‘zlashtirib olish lozim. Tarbiyachi bolalarni kuzata oladigan, ularni xulqi, xatti- harakati sabablarini to‘g‘ri tahlil qilib, unga ta’sir etuvchi vositalarni qo‘llay oladigan bo‘lishi kerak.
Qadimgi dunyo filosofiya sistemalaridan boshlab pedagogikaning fan sifatida shakllanish jarayoni nazariy tafakkurning taxmin va fikrlashlaridan ilmiy bilim sari harakat qilish jarayoni yuz beradi. Har qanday fan tabiat, jamiyat va tafakkur taraqqiyotining ob’ektiv qonunlari to‘g‘risidagi bilimlarning yakunidan,
jamlashidan ishonarli va umumlashgan bilimlar sistemasidan iborat bo‘ladi. “Pedagogika” so‘zi yunon tilidan aynan tarjima qilinganda “bolashunoslik” yoki “bola yetaklash” degan ma’noni anglatadi. Pedagogik g‘oyalar Aflotun (er.ol.427 - 347 yillar) Arastu (er.ol.384-322y), Plutarx (tax.416-tax.327 yillar), Kvintilian (35-95 yillar chamasi)ning falsafiy va siyosiy asarlaridek, gumanist pedagoglar, sotsial utopistlar T.Mor (1478-1535 ) asarlarida namoyon etila boshladi. Mukammal pedagogik sistemani Yan Amos Komenskiy yaratdi. U o‘z davrining ilg‘or g‘oyalariga tayangan holda “hammaning hamma narsaga o‘rgatish" to‘g‘risida da’vat bilan chiqdi. Uning “Buyuk didaktika” degan katta risolasi nazariy pedagogikaning ilk asarlaridan hisoblanadi. Pedagogikaning ilmiy asoslarini tuzishga J.J.Russo (1712-1858), (I.G.Pestolotsiy, A.Destervenrg, R.OUEN (17711-1858), A.N.Radiщev (1749-1802), V.G.Belinskiy, A.Gersen,
I.I.Pirogov, N.G.Chernishevskiy (1822-1899), N.D.Dobrolyubov ko‘p yordam qildilar. Pedagogika nazariyasining rivojlanishiga K.D.Ushinskiy buyuk hissa qo‘shdi. Uni rus pedagogikasining otasi deb atashadi. Har qanday fanning ajralib turishi va normal faoliyat ko‘rsatishi uchun uning o‘zida muqarrar shart bo‘lib hisoblanadi. Pedagogika ta’lim tarbiya maqsadini jamiyat talablariga va o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga qarab mazmunan o‘zgarib borishini o‘rgatadi. Tarbiyaning tarkibiy qismlarini va ular o‘rtasidagi bog‘lanishlarni ochib beradi. Shu asosda ta’lim-tarbiya sohasidagi tajribalarni umumlashtiradi, tarbiyaning kelgusidagi rivojlanish istiqbollarini, yo‘llarini ko‘rsatib beradi. Shuningdek, u maktab, hunar-texnika bilim yurti va maktabdan tashqari tarbiya muassasalari xodimlarini ham nazariy, ilg‘or tajribalar bilan qurollantiradi. Ota- onalarga yoshlarni to‘g‘ri tarbiyalash, o‘qitishdagi mahoratini yanada takomillashtirish yo‘lida amaliy tavsiyalar beradi. “Pedagogika” faniga tavsif berilganda “ta’lim”, “tarbiya”, hamda “ma’lumot” degan so‘zlarni ishlatdik. Bu so‘zlar o‘zaro bog‘langan bo‘lib, bir-birini to‘ldiradilar. Ularni pedagogikaning asosiy kategoriya tushunchalari deb qaraymiz. Bulardan tashqari “o‘quvchi”, “o‘qituvchi”, “usul”, “intizom”, “jamoa”, “irsiyat”, “muhit”, “direktor” va hokazo tushuncha - nomlar mavjudki, bu haqida mavzular yuzasidan fikr yuritilganda alohida to‘xtaymiz. Ma’lumki, tarbiya tushunchasi o‘sib kelayotgan avlodda hosil qilgan bilimlar asosida aqliy kamolot - dunyoqarashini insoniy e’tiqod, burch va ma’suliyatni, jamiyatimiz kishilariga xos bo‘lgan axloqiy fazilatlarni yaratishdagi maqsadni ifodalaydi. Shu ma’noda tarbiya deb tarbiyachi o‘zi hohlagan sifatlarini tarbiyalanuvchilarga singdirish uchun ularning ruhiyatiga ma’lum maqsadga ko‘ra tizimli ta’sir ko‘rsatilishiga aytiladi. Tarbiya bola tug‘ilgandan boshlab, umrining oxirigacha davom etadigan jarayonidir. Shu tufayli tarbiya so‘zi ko‘p vaqtlarda ta’lim, ma’lumot jarayonlariga kiradigan ishlarning mazmunini ham anglatadi. Endi biz shular xususida o‘zimizning fikr-mulohazalarimizni bildirib o‘tmoqchimiz. Xalqimizning buyuk mutafakkirlari bo‘lmish Imom-al-Buxoriy, Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayxon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Baxouddin Naqshbandiy, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug‘bek, Mirzo Bobur, Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy, Botu, Maxmudxo‘ja Bexbudiy va boshqa shu kabi ko‘plab buyuk ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan ma’naviyat sarchashmalari o‘zining tarbiyaviy ahamiyatga, ma’rifatni targ‘ib etish xususiyatlariga va ibratlilik xususiyatlariga ega
ekanligi tufayli hozirgi kunga qadar o‘z qadr-qimmatini yo‘qotmay kelmoqda. Bular jumlasiga Navoiyning mashhur “Ham sa”sini, Bexbudiyning “Turkiy Guliston yoxud ahloq”, Imom-al Buxoriyning “As-sahih” hadislar to‘plami kabi ko‘plab yuksak qadr-qimmatga ega asarlarni kiritishimiz mumkin. Halqimiz tomonidan yaratilgan qadriyatlar va urf-odatlar hamda xalq og‘zaki ijodi namunalari bevosita xal qimiz ruhiyati asosida shakllangan bo‘lib, ular ma’naviy barkamol insonni tarbiyalashda eng muhim ahamiyatga egadir.

Download 171,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish