1-Mavzu. Sport o‘yinlari, musobaqalar va tadbirlar tarixi. Bayram haqida
tushuncha.
Reja:
1.
Xalq o‘yinlari tarixi va turlari.
2.
O‘zbek xalq bayramlarining paydo bo‘lishi.
3.
O‘zbekistonda sport tadbirlarini boshlanishi.
1. Xalq o‘yinlari tarixi va turlari.
Ma’lumki, inson o‘z mehnati tufayli hayvonot dunyosidan ajralib chiqqach,
yashash uchun kurash jarayonida
qanchalik ongli mehnat qilsa, u shunchalik
muvaffaqiyatlarga erishgan. Bu jarayon ibtidoiy odamlar ovchilik bilan kun
ko‘rayotgan davrlarda yaqqol sodir bo‘la boshlagan. Chunki arxeologik qazilmalar
va g‘orlardan topilgan ibtidoiy davrlarda chizilgan primitiv suratlarda asosan
hayvonlar,
ov qilish, ovchilar raqsi (ba’zan hayvonlar niqobida) kabi tasvirlar
qadimiy odamlarning o‘z mehnati (ovi) natijasini tantana qilganliklaridan dalolat
beradi. Ma’lumki, ajdodlarimiz turmush tarzining eng qadimiy shakllaridan biri
termachilik va ovchilikdan iborat bo‘lib, eng qadimgi odamlar turli daraxtlarning
mevalarini, yeyish mumkin bo‘lgan ildiz- mevalarni
terish hamda jonivorlarni
ovlash bilan shug‘ullanganlar. Shuning uchun ham ov baroridan kelib, yaxshi o‘lja
bilan qaytishgach, o‘z muvaffaqiyatidan quvongan kishilar ov ruhlari sharafiga
muayyan marosimlarni uyushtirishgan, ko‘pchilik bo‘lib
turli ramziy raqs-
harakatlari vositasida o‘zlarining xursandchiliklarini ifoda etishgan. Bunday
qadimiy rituallar xursandchilik va shodiyona kayfiyatni yuzaga keltirishga ham
xizmat qilgan. Bunday ibtidoiy marosimlarda ovchilar o‘ljani qo‘lga kiritish holati
- ov jarayonini har xil ramziy raqslar,
imo-ishoralar, maxsus harakatlar va o‘yin
tarzidagi mifologik raqslar orqali ifodalashga harakat qilishgan. Fanda «Ovchilar
o‘yini» nomini olgan ana shu kabi ov oldi yoki ovdan keyingi marosimiy
rituallardagi ramziy harakatlar keyinchalik an’anaviy tomosha san’atining muhim
elementlari - ommaviy raqs, hayotiy dekoratsiya
asosiga qurilgan mizanssena
hamda muqallid san’atining shakllanishiga zamin bo‘lgan.
Odamlar ovchilik bilan shug‘ullana boshlaganda ularning ovi samarali
tugasa – qorni toʻygan, ov natija bermasa och qolgan qiynalgan. Ovdan oʻlja bilan
qaytayotgan ovchilar xursand boʻlib, ov jarayonini imo-ishora, maxsus harakatlar
hamda oʻyin shaklida takrorlashga harakat qilishgan. Natijada «ov o‘yinlari» nomi
bilan tarixda muhim oʻrin tutgan madaniy tadbir vujudga keladi.
Ibtidoiy odamlar hayotida «ovchilik oʻyinlari» muhim oʻrin tutib, ular ovdan
oldin ham undan soʻng ham o‘tkazilgan. Oldiniga o‘yinlar ov oldi mashqi ovga
tayyorgarlikni tekshirish ovlga ruhiy va jismoniy shaylanish vazifasini oʻtab,
oʻziga xos kichik jiddiy tadbir shaklida uyushtirilgan. Ov oldi mashqlarida odamlar
oʻljani qoʻlga olish, unga yaqinlashishni oʻrganishgan. Buning uchun niqob kiyib
hayvon qiyofasiga kirishi uning yurish-turishlari va tovush chiqarishlarini mashq
qilishgan. Bu oʻyinlarda yoshlarni ham ov qilishga oʻrgatishgan. O‘yin
faqatgina
chaqqonlik mashqi, dovyuraklik darsligi boʻlib qolmasdan balki oʻz zamonasiga
mos odamlarni tarbiyalash maktabi ham boʻlib xizmat qilgan.
Darhaqiqat, ibtidoiy odam mehnati qanchalik samarali tugasa, qorni to‘ygan,
xursand bo‘lgan va aksincha, mehnati natija bermasa,
och qolgan, xafa bo‘lgan.
Ovdan o‘lja bilan qaytish va o‘z mehnatidan manfaatdor bo‘lish xursandchilik,
shodiyona kafiyatini yaratgan. Bu holatda ovchilar ov jarayonini imo-ishora,
maxsus harakatlar hamda o‘yin shaklida ifodalashga urinishgan. Yoki