Reproduktiv dinamika. Sotsial dinamikaning bu turi tug‘ilish, ishlab chiqarish, ekologiyaning sotsial jihatlarini o‘z ichiga oladi. Aholi sonining o‘sishi, tug‘ilish miqdori, ularni belgilovchi omillar reproduktiv sotsial dinamika sohasiga kiradi. Ishlab chiqarish, ekologiya va sotsial subyektlar reproduktiv o‘rnashmalarga aloqador bo‘ladi.
Maqom (status) sotsial dinamika. U o‘z ichiga xizmat lavozimlarida ko‘tarilish yoki pasayishni, turmush darajasi va sifati kabilarni qamrab oladi.
Hududiy sotsial dinamika. Aholi ko‘chishlari surati va miqdorlarining sotsial jihatlari, katta shahar vujudga kelishi bilan paydo bo‘lgan sotsial muammolar, ishlab chiqarishning joylashtirilishi, uning sotsial oqibatlari hududiy (territorial) sotsial dinamika obyektlaridir.
Ma’naviy hayot dinamikasi manfaatlar, qadriyatlar, fikrlar, normalar harakati, o‘zgarishi va rivojlanishi bu soha doirasida bo‘ladi.
Siyosiy dinamika jamiyat sotsial-sinfiy tarkibi, hokimiyat shakllari o‘zgarishini anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |