5-Mavzu: Jamiyat sotsial strukturasi va stratifikatsion jarayonlar. (2 SOAT.)
Reja:
1.Sotsial struktura tushunchasi.
2.Stratifikatsion tizimlar: qullik,kasta, tabaqa va sinf.
3.Sotsial stratifikatsiya va sotsial harakatchanlik(mobillik).
4. Sotsial dinamika va uning turlari.
5. O‘zbekistonda mavjud sratifikatsion tuzilmalar.
Sotsial struktura tushunchasi.
Sotsial struktura – sotsial sistemadagi elementlarning mustahkam aloqasidir. Sotsial strukturaning asosiy elementlari ma’lum mavqeni (status) egallovchi,aniqlangan funksiyalarni (rol) bajaruvchi individlardir. Bu individlar ularning mavqeiy belgilari asosida sotsial-territorial,etnik va boshqa turdagi guruh va birlashmalarga birlashadi.Sotsial struktura jamiyatni jamoa,sinflar,qatlamlarga obyektiv bo‘linishini anglatadi. Elementlarning qay biri muhimligiga qarab jamiyat strukturasi guruhiy, stratifikatsion,jamoaviy, institusional, tashkiliy va hokazolarga bo‘linadi.Sotsial tarkib nuqtai nazaridan jamiyat strukturasining barcha elementlari gorizontal joylashgan,ya’ni real o‘zaro ta’sirda rasman tengdir. Lekin real o‘zaro aloqada ular teng emas. Har qanday jamiyatda turli individlar, guruhlar,sinflar,jamoalar,institutlar,tashkilotlar turlicha o‘rinni egallaydi.Sotsial tengsizlik jamiyatda iyerarxik strukturaning mavjudligini belgilaydi.Bir toifa individ,guruh,sinflar,jamiyatlar boshqalarga nisbatan yuqori yoki pastda joylashadi.Tengsiz tamoyilidan kelib chiqqan holda,sotsial tarkib sotsial stratifikatsiyaga-vertikal iyerarxik tarzda joylashgan sotsial shakllarga(guruhlar,sinflar,kastalar, zotlar va h.k.) aylanadi. Demak sotsial stratifikatsiya-vertikal tarzda joylashgan sotsial qatlamlar majmuasidir.Stratifikatsiya tushunchasi geologiya fanidan o‘zlashtirilgan(stratum-qatlam,fasio-yasayman) Sotsial stratifikatsiya termini sotsiologiyaga rus-amerika sotsiologi Pitirim Sorokin tomonidan kiritilgan.
Sotsiologiyada stratifikatsiyaning 4 asosiy o‘lchami mavjud:
1.Daromad.
2.Ma’lumotlilik darajasi.
3.Hokimiyat.
4.Kasbning prestijliligi.
Daromad–alohida individning yoki oilaning ma’lum vaqt ichida so‘mda yoki dollarda oladigan puli bilan o‘lchanadi.
Ma’lumotlilik darajasi davlat yoki xususiy maktabda o‘qigan yillari bilan o‘lchanadi.
Hokimiyatsiz qabul qilayotgan qaror tegishli bo‘lgan insonlar soni bilan o‘lchanadi.
Jamoatchilik fikrida hurmatga ega bo‘lgan mavqe. Shu mezon bo‘yicha ba’zi kasblar obro‘li, ayrimlari esa obro‘ga ega emas deb hisoblanadi
Strata-stratifikatsiyaning 4 shkalasi bo‘yicha o‘xshash obyektiv ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan insonlarning sotsial qatlami.
Jamiyatda insonlarni 2 ko‘rsatkich bo‘yicha stratalarga ajratamiz:
Nominal status (jins, irq, etnik kelib chiqish, tug‘ilgan joyi va h.k.)-peshonaga bitilgan.
Erishiladigan status.
Do'stlaringiz bilan baham: |