1-mavzu: Sotsiologiya fan sifatida


-MAVZU. IJTIMOIY TARAQQIYOT SOTSIOLOGIYASI (2 SOAT.)



Download 324,28 Kb.
bet39/50
Sana10.07.2022
Hajmi324,28 Kb.
#768952
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   50
Bog'liq
SOTSIOLOGIYA FAN SIFATIDA

7-MAVZU. IJTIMOIY TARAQQIYOT SOTSIOLOGIYASI (2 SOAT.)


REJA:

1.Ijtimoiy taraqqiyot tushunchasining mazmun-mohiyati.


2.Evolyusion, revolyusion taraqqiyotlar.
3.Sotsial boshqaruv tushunchasi.
4. Sotsial prognozlash va prognozlarning turlari.


Ijtimoiy taraqqiyot tushunchasining mazmun-mohiyati.
Ijtimoiy taraqqiyotning mohiyati - madaniyatni qayta tashkil etish: shaxsan an’anaviy tur, qotib qolgan ijtimoiy formalarni o‘zgaruvchan, jo‘shqinlikni ifodalovchi tuzumlar va munosabatlar bilan almashtirish zarurligini belgilab beradi.. Sub’ektiv sotsiologlar andozalarida shaxs, asosan harakatga keltiruvchi kuch sifatidagina emas, shuningdek ijtimoiy hayotning o‘lchovi hamdir.
Ijtimoiy taraqqiyotning oliy maqsadi shaxsning har tomonlama kamol topishi uchun xizmat qiladigan munosabatlarni yaratishdan iborat. Fransuz sotsiologi Emil Dyurkgeymda sotsial taraqqiyot haqidagi g’oyasi mehnat taqsimotiga bog‘lab tushuntiriladi. Ijtimoiy rivojlanish, uningcha mexanik birdamlikka asoslangan jamiyatda mehnat taqsimotiga asoslangan organik birdamlik hamkorlik jamiyatiga o‘tishdir. Dyurkgeym sotsial taraqqiyotni ta'minlovchi omil deb mehnat taqsimoti deb qaraydi. Mehnat taqsimoti segmentar jamiyatning bardam topishiga va organik birdamlikka asoslangan jamiyatga o‘tilishiga imkon beradi. Yagona evolyutsiya zanjirining dastlabki halqasi bo‘lgan mexanik birdamlikka asoslangan jamiyatda sotsial struktura bir xil segmentlar sifatida bo‘ladi. Segmentlar (qismlar) iqtisodiy nuqtai nazardan deyarli mustaqil, avtonomdir; ularning ijtimoiy tashkilotlarida qarindoshlik ustun bo‘ladi. Ularda ijtimoiy mehnat taqsimoti uchun ham extiyoj, va imkoniyat mavjuddir. Mexanik birdamdik rivojlanmagan, primitiv jamiyatlarga hosdir. Birdamlikning bu ko‘rinishi individni jamiyat bilan «hech qanday vositachiliksiz» bog‘laydi. Mexanik birdamlik — birdamlikning «jamoaviy» tipi bo‘lib, uni tashkil etuvchi individlar bir birlariga o‘xshash, ular bajaradigan ijtimoiy vazifalsafaar ham bir xil, ularning shaxsiy xususiyatlari rivojlanmagan bo‘ladi. Bunday jamiyatda individ o‘ziga o‘zi ega emas, u «jamiyatga tegishli narsadir», Dyurkgeym bo‘yicha, bu jamiyat individning ongi jamoa ongining oddiy mahsulidir, zotan, umumiy, jamoaviy ong bo‘lishi mexanik birdamlik bo‘lgan jamiyatning asosiy belgisidir.
Jamiyat asta-sekin o‘zgara boradi. Lokal segmentlar chegarasi buzila boshlaydi, chunki, turli xil ijtimoiy aloqalar vujudga kela boshlaydi. Aloqa yo‘llari va vositalari rivojlanadi, aholi tobora ko‘payadi, shaharlar o‘sa boshlaydi, aholi moddiy va ma'naviy zichligi oshadi va mehnat taqsimoti keng tarqala boshlaydi. Kishilarning ongi tobora tabaqalashayotgan mehnat taqsimotiga va murakkablashayotgan ijtimoiy tashkilotga mos kela boshlaydi. har bir individ tirik organizmni eslatadi va shuning uchun ham unda vujudga keladigan birdamlikni yangi ko‘rinishini Dyurkgeym organik birdamlik deb atagan edi.
Dyurkgeym sotsial taraqqiyotning etakchi omili mehnat taqsimoti deb qaragan bo‘lsada, bu jarayonni avtomatizm tarzida ifodalashdan yiroq edi. Jumladan, haddan tashqari ixtisoslashuv olib kelgan salbiy oqibatlarni bartaraf etish uchun ijtimoiy birdamlik hamkorlik organlari—professional uyushmalar tashkil etish g‘oyasi Dyurkgeym sotsial taraqqiyot konsepsiyasida muhim o‘rin tutadi.
P.Sorokin «sotsial genetika»sida uning ijtimoiy taraqqiyot g’oyasi ilgari surilgan. Uningcha, «genetik sotsiologiya» yoki «sotsial genetika» sotsial evolyutsiya nazariyasi bo‘lib, u butun jamiyatning yoki uning muayyan tomonlari, institutlari rivojlanish chizig‘ini yoki tarixiy tendensiyalarini, shuningdek bu tendensiyalardan og’ish va chekinishlarni tushuntirib beradi. Sorokin birinchilardan bo‘lib sotsiomadaniy o‘zgarishlar dinamikasi nazariyasini ishlab chiqdi. Bu nazariya bo‘yicha, ijtimoiy voqelik o‘zgarishi qonunli jarayondir. Muayyan ijtimoiy — madaniy ulkan tizimlar (supersistemalar) bir-birlari bilan dialektik ravishda almashinadi. Muayyan jamiyat hukmron bo‘lib turgan dunyoqarashning «o‘tmaslashib qolishi» uning boshqa dunyoqarashga o‘rnini bo‘shatib berishga olib keladi. Bu o‘z navbatida ijtimoiy muassasalar va normalarning o‘zgarishiga, jamiyatning tubdan o‘zgarishiga olib keladi. Jamiyatni bog‘lab, birlashtirib turuvchi bir asos yemirilishni va boshqa muqobil madaniy tarzning (etosning) hukmronlikka intilnshi ijtimoiy, madaniy inqiroz, urush va boshqa ijtimoiy to‘fonlarga olib kelishi mumkin. Masalan, Sorokin fikricha, birinchi jahon urushi va 1917 inqilobi G‘arbiy Yevropa ijtimoiy-madaniy tizimidagi to‘ntarishlar natija bo‘lib, ularning o‘zi keyingi ijtimoiy larzalarga olib keladi.

Download 324,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish