Rekreatsion iste’molni tadqiq etishning yo’nalishlari va metodlari. 1980 yillarda shu sohada tadqiqotlar olib borgan bir guruh olimlar (N.S.Mironenko, I.T.Tverdoxlebov) fikriga ko’ra, rekreatsion iste’molning tarkibi va hajmini o’rganish geografiyaning vazifasiga kirmaydi. Biroq, o’tgan o’ttiz yil davomida geografiyaning o’rganish ob’ekti ancha kengaydi va uning zamirida bir necha turkum fan tarmoqlari shakllandi. Jumladan, iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning o’zida sanoat geografiyasi, qishloq xo’jaligi geografiyasi, aholi geografiyasi, shaharlar geografiyasi, turizm geografiyasi, meditsina geografiyasi kabi fan tarmoqlari paydo bo’ldi. SHu bois rekreatsion faoliyat turizm geografiyasi, meditsina geografiyasining o’rganish ob’ektiga kirmasligini e’tirof eta olmaymiz.
Rekreatsion iste’mol hajmini, uning rivojlanish darajasini tizimli o’rganish uchun tabiiy, iqtisodiy, demografik, sotsiologik, ijtimoiy-psixologik, tibbiy-biologik jihatlariga e’tibor qaratish lozim. Rekreatsion iste’mol majmuali omillar ta’sirida bo’ladiki, ularni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
Ijtimoiy iqtisodiy omillar: ishlab chiqarishning rivojlanganlik darajasi; ishlab chiqarishning istemol darajasi; xizmat ko’rsatish; turizm va dam olish tizimining rivojlanganlik darajasi; aholining pul daromadi; mahsulot va xizmatlarning chakana bahosi: transport infrastrukturasining rivojlanganlik darajasi; aholining ta’til muddati; rekreatsion rayonlar va yo’nalishlar to’g’risidagi axborotlar bilan ta’minlanganligi; aholining ijtimoiy va kasbiy tarkibi; aholi hayotining madaniy darajasi; aholining urf-odatlari.
2. Demografik omillar: shahar va qishloq aholisi tarkibi (urbanizatsiya darajasi); aholining yosh va jins tarkibi; oila a’zolari soni va tarkibi; joylashuv xususiyatlari (turmush tarzi)
Ijtimoiy-psixologik omillar: mamlakatning madaniy va iqtisodiy aloqalari (kommunikatsiyalarning rivojlanganligi); madaniy turmush darajasi; modaning ahamiyati; shaxs qadr qiymati.
Tibbiy-biologik omillar: aholining salomatlik darajasi.
Tabiiy omillar: aholi yashaydigan tabiat zonasi; dengiz, daryo, tog’ massivlariga nisbatan geografik joylashuv xususiyatlari.
Rekreatsion iste’mol mamlakatlarning iqtisodiy hayoti va madaniy turmushida doimo yangi vazifalarni belgilash imkonini beradi. CHunki, rekreatsion iste’molning paydo bo’lishi uchun iqtisodiyot yoki ishlab chiqarishda mahsulotlar va xizmatlar taklifining paydo bo’lishi va iste’mol uchun to’lov qobiliyatining shu taklifga monand yoki mos kelishi lozim bo’ladi.
Rekreatsion iste’molni iqtisodiy baholash baholashning boshqa jihatlarini ham e’tiborga oladi. Tabiiy, tibbiy-biologik, sotsiologik va ijtimoiy-psixologik jihatlar shular jumlasidandir.
Rekreatsion iste’molni baholashning tabiiy jihatiga e’tibor qaratganda, rekreatsion geografiyaning tadqiqot usullariga bergan ta’rifimizdagi tarixiy qiyoslash usulidagi Qadimgi Bobil fojeasini eslang. Bugungi kundagi tabiat yoki atrof muhitdagi bo’layotgan o’zgarishlar insoniyatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga qanday ta’sir ko’rsatmoqda. Hatto, 1828 yildayoq, frantsuz fizigi Jozef Furьe koinotdan kelayotgan quyosh nurlarining qaytib ketish qonuniyatining buzilishini parnik hodisasiga o’xshatgan edi. 1896 yilda esa shved olimi Svante Arenius is gazining atmosferada ko’payib borayotganligini ta’kidlagan va buni energiya manbalari (ko’mir, neftь)dan keng foydalanilayotganligining oqibati ekanligini e’tirof etgan. 1990 yillarda BMTning hukumatlararo komissiyasi 100 yildan so’ng yer shari harorati 60 S ko’tarilishini, bu o’z navbatida oxirgi muz bosish davrining boshlanishiga olib kelishini ma’lum qilgan.
1997 yilda atmosfera chiqindilarini kamaytirish Kioto protokoli qabul qilindi. Unga ko’ra, sanoati rivojlangan mamlakatlar 2008-2012 yillar davomida atmosfera chiqindilarining hajmini 5,2 foizga qisqartirishi, jumladan, YeI davlatlari 8 foizga, AQSH 7 foizga, Kanada va Yaponiya 6 foizga qisqartirishi belgilangan.
Umuman olganda, rekreatsion iste’molni baholashda tabiiy shart-sharoit o’zgarishining barcha jihatlarni e’tiborga olish ham muhim ahamiyatga kkasb etadi.
Rekreatsion iste’molni baholashda tibbiy-biologik jihatni e’tiborga olish ham muhim ahamiyatga ega bo’lib, davolanish muassasalari, oromgohlar, shifo maskanlari hajmi, tarkibi va ular faoliyatining samaradorligini aks ettiradi. SHu o’rinda ekologik vaziyat mushkul kechayotgan, ya’ni suv bosishi, yerlarning sho’rlanishi, doimiy yong’inlar sodir bo’layotgan hududlarda ular faoliyatini samarali kechadi deb bo’lmaydi. SHu o’rinda mamlakatlardagi kasallanish, o’lim darajasining yuqoriligi ham e’tiborga olinadi. O’tgan yaqin tarixda, bu masala o’z yechimini topmaganligi sababli sobiq Ittifoqning eng chekka hududlaridan biri bo’lgan O’zbekiston uchun mustaqillikning dastlabki yillarida sohani rivojlantirish bilan bog’liq ko’pgina muammolarni bartaraf etish masalasini keltirib chiqardi. CHunki, bozor iqtisodiyotiga o’tish davomida respublika atrofidagi mamlakatlarning barchasida iqtisodiy tanglik yuzaga kelgan edi. Biroq, yuqorida ta’kidlaganimizdek, mustaqillik davrida mamlakat iqtisodiyoti va ijtimoiy turmush tarzining barqaror rivojlanishiga katta e’tibor qaratildi.
2004 yilning yanvar oyi boshida BMT sistemasidagi agentliklar va nodavlat muassasalari BMTning Yevropa bo’limida Jeneva salomatlik sohasida dunyoda bo’layotgan jarayonlarni muhokama etish va jarayonlarning kelgusi faoliyatini belgilash uchun to’plandilar. Yig’ilishda 2015 yilgacha onalar va bolalar o’limini ikki hissaga kamaytirish ko’zda tutilgan. Hozirgi kunda Afrikaning qashshoq mamlakatlarda ayollar o’limi 250 marta yuqoriligicha qolmoqda. Kasallik bilan murojaat qilgan bolalarning har 10 nafaridan 7 tasining hayoti o’lim bilan yakun topmoqda. Bu kabi sharoitdagi mamlakatlar aholisi rekreatsion faoliyat yoki iste’mol kuzatilmaydi.
Jadvalga ko’ra, onalar o’limi eng yuqori bo’lgan mamlakatlarga Tojikiston, Gruziya, Qirg’iziston, Qozog’iston, Rossiya, Ozarboyjon, Ruminiya, Latviya, Turkmaniston kabi mamlakatlarni kiritish mumkin. Aksincha, onalar o’limining kamayishiga erishgan davlatlarga Vengriya, CHexiya, Slovakiya, Litva, Estoniya kabi mamlakatlarni kiritish mumkin.
SHuningdek, bolalar o’limi yuqori bo’lgan davlatlar Turkiya, Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston kabi mamlakatlarni kiritish mumkin. Aksincha, bolalar o’limi salmog’ini qisqartirishga erishgan davlatlarga Ukraina, Latviya, Rossiya, CHexiya, Estoniya, Bolgariya kabi mamlakatlarni kiritish mumkin. Umumiy holatda, bu jarayonlar BMT tomonidan mamlakatlardagi sihat-salomatlikni belgilashdagi mezon sifatida qabul qilingan.
Rekreatsion iste’molni baholashning sotsiologik va ijtimoiy-psixologik jihatiga ko’ra, rekreatsion iste’molning ijtimoiy guruh va yakka tartibdagi darajasi atrof-muhit bilan bog’lab o’rganadi.
Rekreatsion makonni tashkil etish tartibi, shuningdek, makonning rekreantga ta’sir etishida uning sotsiologik va ijtimoiy-psixologik darajasi muhim o’rin tutadi. SHu sababli rekreatsion faoliyatni o’rganishda sotsiologik va ijtimoiy-psixologik jihatning roli yuqori. Sotsiologiya turli ijtimoiy guruhlarning rekreatsion iste’molining o’ta nozik jihatlarini o’rganadi. Ijtimoiy psixologiya rekreatsion muhitdagi ijtimoiy guruhlar va individlarning psixologik xususiyatlarini o’rganadi.
Bunda geografiyani avvalambor, ijtimoiy hududiy umumiylikning qimmatli yo’nalishi qiziqtiradi. Bu umumiylik umumiy hududdagi yashash omili sifatida hududdagi munosaabatlar tizimini bog’lab turadi (SHepanskiy,1969).
Do'stlaringiz bilan baham: |