Uy-joy va kommunal xizmat ko’rsatish:
CHakana savdo xizmati:
Umumiy oqatlanish xizmati:
Maishiy xizmat ko’rsatish:
Umumiy ta’lim:
Tibbiy xizmat ko’rsatish:
Ijtimoiy ta’minot:
Rekreatsiya va sayyoxlar xizmati:
Kredit-sugurta xizmati:
Xuquqiy tavsifdagi xizmatlar:
Jismoniy tarbiya va sport:
Aloqa xizmati ko’rsatish:
Transport xizmati ko’rsatish:
6-MAVZU: REKREATSIYA GEOGRAFIYASI
Reja:
Rekreatsiya geografiyasi nimani o’rganadi? Uning geografiya fanlari tizimida tutgan o’rni va axamiyati.
Rekreatsiya geografiyasini vujudga kelishi va rivojlanishi.
Rekreatsiya resurslari va ularning aholi xayotida, turizmni rivojlanishdagi axamiyati.
Axolining dam olishini hududiy tashkil etish.
Hududning rekrekatsiya saloxiyatini baxolash.
Rekreatsion geografiyaning predmeti va vazifalari. Rekreatsiya geografiyasi — insonlarning sog’lig’ini mustaxkamlashga, garmonik jihatdan rivojlanishiga xizmat qiluvchi sohalarni o’rganadigan ijtimoiy geografiyaning muhim bir tarmogidir.
Tibbiy — biologik munosabatlarda rekreatsion faoliyat organizmni tabiiy — psixologik funktsiyalarini qayta tiklashga yo’naltirilgan. Bu maqsadda insonlarning turli xil kasalliklarini davolash va dam olishini to’rri tashkil etish uchun kerakli o’ziga xos turli tabiiy, kimyoviy xususiyatlarga ega bo’lgan tabiat omillaridan foydalaniladi.
Rekreatsiya geografiyasining oldida insonlarning davolanishi va dam olishida har xil kasalliklarnint rivojlanish mexanizmlarini, hududiy rekreatsiya tizimlari (HRT) dan samarali foydalanish yo’llarini ishlab chiqish va ko’rsatishdek murakkab vazifalar turibdi. Bu sohaning nazariy asoslarini kengaytirish amaliy vazifalarni xal etishda ilmiy va metodologik yondoshuv rekreatsion tadbirlar samarasini ko’tarishga xizmat qiladi.
Dam olish maskanidagi funktsional kasallik bilan kasallanganlar uchun iqlim sharbiti, o’simlik va hayvonot olamining tavsifi, relьef, joyning estetik xususiyatlari asosiy rol o’ynaydigan bo’lsa, shamollash va distrofik kasalliklarni davolashda tabiatning eng muhim mineral suvlaridan, davolovchi balchiq va iqlim —terapevtik omillardan foydalanish muhim axamiyat kasb etadi. Mineral suvlarni, davolovchi balchiq, iqlimni va undan profilaktik hamda davolanish maqsadlarida foydalanishni o’rganadigan tibbiyot bilimlarining tarmoki «kurortologiya» nomini oldi.
V.S.Preobrajenskiy (1975) rekreatsiya geografiyasining ob’ektini aynan hududiy rekreatsiya tizimlarining shakllanishi va rivojlantirishning hududiy masalalarini tadqiq etishdan iborat deb belgilaydi.
Rekreatsiya geografiyasi fan sifatida ijtimoiy geografik fanlar oilasiga mansubdir, zero hududiy rekreatsiya tizimlarning asosiy funktsiyasi sotsial hisoblanadi. Mana shundan kelib chiqib hududiy rekreatsiya tizimlarning to’rtta asosiy tipi ajratiladi: 1 — davolash, 2 — sog’lomlashtirish, 3 —sport, 4 —anglash (poznovatelьnьsh).
Mazkur tiplarning yordami bilan HRT maqsadiga ko’ra ancha murakkab tibbiy — biologik va ijtimoiy masalalarni hal etadi. HRT ning rekreatsiya davolash tipida davolashning asosiy funktsiyasi tabiiy omillarga tayanganligi bilan tavsiflanadi: mineral suvlari, davolovchi balchiq, iqlim sharoiti.- Bunday tizimlarga Kavkazning mineral suvli kurortlari, Yevpatoriya, Anapa kurort — shaxarlari va boshqalarni misol qilish mumkin. HRTning bu tipi tabiat majmuasi oldiga juda katga balьneologik resurslarga bo’lgan talabni qo’yadi. Bundan tashqari hududning obodligi, xyzmat ko’rsatish darajasini ko’tarish talabini xam eng oldinga suradi.
Geografik muammolarni o’rganish geografiya fanining barcha tarmoqlarining tadqiqot ob’ektiga aylandi. Muammolarning vaqt o’tishi davomida dolzarb ahamiyat kasb etib borishi, tadqiqotlar samarasida tadqiqot ob’ektining chuqurlashib borishi oqibatida geografiyaning paydo bo’lishi zaruriyatini keltirib chiqardi.
Rekreatsion geografiya XX asrning ikkinchi yarmidan rivojlana boshladi. Mazkur fanning rivojlanishida V.S.Pereobrajenskiy, A.A.Mints, P.G.TSarfiya, I.P.Gerasimov, A.A.SHoshina, A.P.Avtsin, A.D.Lebedov va boshqalarning xizmatlari katta.
Hududiy rekreatsion tizimlar, turli xil rekreatsion tizimlarning shakllanishi, rivojlanishi va tarqalishi rekreatsion geografiyaning o’rganish ob’ekti bo’lib hisoblanadi (Pereobrajenskiy, 1975).
Hududiy rekreatsion tizimlar to’rtta asosiy turga bo’linadi:
I – davolovchi;
II – sog’lomlashtiruvchi;
III – sport;
IV – bilish.
Davolovchi hududiy rekreatsion tizimlarda davolash tibbiy omillar vositasida amalga oshiriladi. Ularga mineral suvlar (ichiladigan, cho’miladigan, balchiqlar), iqlimiy shart-sharoit kiradi.
Hududiy rekreatsion tizimlarni ikkinchi va uchinchi turida kishilarni sog’lig’ini mustahkamlaydigan chora-tadbirlar qo’llaniladi. Mazkur chora-tadbirlar kishilarning charchog’ini yozishga va mehnat qobiliyatini tiklashga va oshirishga yo’naltirilgan. Bunda piyoda yurish, sayohat, ekskursiyalar, turli xil tomoshalar, havo va quyosh vannalari, cho’milish (dengizda, daryoda, ko’lda) katta o’rin tutadi.
Hududiy rekratsion tizimlarning to’rtinchi turi yangi xodisalar, jarayonlar va barcha narsalarni bilishga asoslangan. Bunda davolash, sog’lomlashtirish va umummustahkamlash tadbirlariga ko’proq e’tibor beriladi.
Rekreatsion geografiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
tabiiy resurslarni rekreatsion maqsadlarda baholash;
asosiy iqlimiy mintaqalar va tabiat zonalari hamda landshaftlarning tabiiy rekreatsion imkoniyatlarini baholash;
rekreatsion iste’molni o’rganish va baholash;
rekreatsion faoliyatning tarkibini va asosiy turlarini aniqlash;
O’zbekistonda rekreatsion jarayonlarning rivojlanish xususiyatlarini o’rganish.
Do'stlaringiz bilan baham: |