Iqtisodiy omillar
Ijtimoiy omillar
Demografik yoki «iste’molchi» omili
Mexnat resurslari omili
Aholi joylashuvi
Transport omili
Tabiiy-geografik
Aholiga xizmat ko’rsatish sohalari va ularning muassasalarini hududiy tashkil etishning omillari orasida, ayniqsa aholi va uning joylapguvi xususiyatlari muxim ahamiyatga ega. CHunki, bir tomondan aholi ham xizmat ko’rsatuvchi ham iste’molchi bo’lsa, ikkinchi tomondan xizmat ko’rsatish muassasalari bevosita aholi manzilgoxlarida joylashtiriladi.
Muayyan turdagi xizmat ko’rsatish muassasalarini joylashuvini baholagdda, ularning xizmat ko’rsatish radiuslarini aniqlash lozim:
bunda, R1 — xizmat ko’rsatish radiusi;
S1-i turdagi muassasalarning xizmat ko’rsatish areali (maydoni);
p —1 turdagi xizmat ko’rsatish muassasalari soni.
Xizmat ko’rsatish radiusi ko’rsatkichi xizmat ko’rsatish sohalarini aholining mujassamlashuvi bilan qanchalik bog’liqligini ifodalaydi.
SHuningdek, aholiga xizmat ko’rsatish muassasalari tizimini qanchalik maqsadga muvofiq hududiy tashkil etilganligini muassasaga ega bo’lgan qishloqlarning o’rtacha xizmat ko’rsatish radiusi (CH):
CH —o’rtacha xizmat ko’rsatish radiusi;
3 — xizmat ko’rsatish hududining maydoni;
p —xizmat ko’rsatish muassasasiga ega aholi
manzilgoxlar hamda xizmat ko’rsatish muassasalariga ega bo’lmagan qishloqdan xizmat ko’rsatish markazigacha bo’lgan o’rtacha masofa (e): bilan va pguningdek, har 10 kv.km hududga to’g’ri keluvchi muassasalar soni, ular o’rtasidagi o’rtacha masofaning katta — kichikligi kabilar bilan ham aniqlash maqsadga muvofiqdir.
Aholiga xizmat ko’rsatish sohalarini hududiy tashkil etish masalasida o’tgan asrning 30 — 40 yillarida nemis olimlari V.Kristaller (1893—1969) va Avgust Lyoshlar (1906—1945) tomonidan mashhur «markaziy joylar» nazariyasi yaratildi. Unga ko’ra xizmat ko’rsatishning hududiy tashkil etilishi talab va taklif asosida aniqlanadi hamda xizmat ko’rsatish pog’onali (ierarxik) tarzda tashkil etiladi. Bunda, xizmat ko’rsatish markazlarining roli juda katta. Ular tarmoq (tibbiy, savdo va va h.k) hamda kompleks xizmat ko’rsatishga bo’linadi.
Aholiga xizmat ko’rsatishni hududiy tashkil etilishi shaxar va qishloq joylarda turlichadir. SHaxarlarda xizmat ko’rsatish muassasasi va korxonalarini joylashuvi, avvalo, shaharning katta — kichikligiga, shakliga, binolarning zichligi, va shuningdek, yirik korxonalarning joylashuviga bog’liq. Qishloq joylarda esa xizmat ko’rsatishni hududiy tashkil etilishi avvalo, aholi joylashuviga, transport tizimlarini rivojlanganlik darajasiga hamda yirik xizmat ko’rsatish markazlari sifatida shaxarlarning yaqin joylashuvi va boshqalarga bog’liqdir.
SHunday qilib, xizmat ko’rsatish sohalari geografiyasi, ijtimoiy geografiyaning aholi geografiyasi bilan yonma-yon rivojlangan muhim tarmoqlaridan biridir. Uning ijtimoiy natijasi jamiyat rivojlanishiniig muxim jabxasi bo’lgan— xizmat ko’rsatish sohalarini rivojlanishining hududiy qonuniyatlarini o’rganishi bilan belgilanadi.
Avvalambor, xizmat—bu muayyan bir xizmat oluvchining (aholi, shaxs) xizmatga bo’lgan ehtiyojlarini bevosita qondirishga qaratilgan mexnat natijasidir. Ular o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda «ishlab chiqarmayditan» ya’ni «toza ko’rinish»dagi (masalan, xuquqshunos, vrach qabuli; kutubxonachi, sotuvchi, ofitsiant xizmati) va «ishlab chiqarish shaklidagi xizmat» yoki «narsa» ko’rinishidagi xizmatlar (masalan, shaxsiy buyurtma asosida kiyim, poyabzal tikish, mebel tayyorlash va xokazolar)ga ajratiladi. Bir qator mualliflar va xususan B.A.Manak aholiga xizmat ko’rsatish sohalarini o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, ikki yirik guruhga ajratadi:
1.Aholining moddiy talab —ehtiyojlariga xizmat qiluvchi sohalar:
Savdo.
Umumiy ovqatlanish.
3.Maishiy xizmat.
Uy —joy kommunal xo’jalik.
Yo’lovchitransporti.
b.Aloqa.
7 .Ijtimoiy ta’minot, kredit va sug’urta.
II. SHaxsning ma’naviy extiyojlari va rivojlanishiga xizmat ko’rsatuvchi sohalar:
Ta’lim.
sog’liqni saqlash.
Madaniyat, san’at.
Jismoniy tarbiya va sport.
Kurort — rekreatsiya xizmati.
Ilmiy adabiyotlarda xizmat ko’rsatish sohalarining muassasalari va korxonalarining yig’indisi ijtimoiy infrastruktura deb ham yuritiladiki, ularni ma’nodosh sifatida tushunish katta xato bo’lmaydi.
Moddiy ishlab chiqarishga bevosita bog’liq bo’lmagan, ammo, ishlab chiqarish jarayonining normal kechishini ta’minlovchi shart — sharoitlar yig’indisiga ishlab chiqarish infrastrukturasi (transport, aloqa, energiya va suv ta’minoti va boshqalar) deyilsa, aholining kundalik turmush sharoitlarini ta’minlab turuvchi shart— sharoitlar yig’indisi esa ijtimoiy infrastruktura (sog’liqni saqlash, maorif, madaniy, maishiy xizmatlar va boshqalar) deb yuritiladi.
3.Xizmat ko’rsatish sohalarining tarkibi xizmatlar o’z mohiyatiga ko’ra bir qancha turlarga ajratiladi. Bu o’z navbatida ularni o’rganish, rivojlantirish va shuningdek, boshqarishda katta ahamiyatga ega.
Sobiq ittifoq hamda O’zbekiston davlat reja komiteti iqtisodiyot instituti mutaxassislari tomonidan yaratilgan ishlanmalarga ko’ra, aholiga xizmat ko’rsatish sohalari quyidagicha tarkibga va xizmat turlariga ajratilgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |