Asosiy Adabiyotlar
G'ulomova L.X. “Aholi joylashuvini Aerokosmik materiallar asosida o’rganish” Toshkent “Universitet” 1991
G'ulomova L.X. “Geografiyada aerokosmik uslublar” Toshkent, 1993.
Alibekov L.A. “Geografik tadqiqotlarning kosmik metodi” Toshkent, 1983,
Гулямова Л.Х Сафаров Э.Ю, Абдуллаев И.Ў, “Геоахборот тизимлари ва технологиялари” Ўқув қолланма 2 қисм Тошкент – Университет 2013,
Asanоv G, Nabiхоnоv M, Safarоv I, “O‘zbеkistоn iqtisodiy va ijtimoiy gеоgrafiyasi” T. O‘qituvchi, 1994 y,
Ahmedov E.A. “O‘zbekiston shaharlari” Toshkent-2020,
A.S. Soliyev, S.Tashtaeva, M.Egamberdiyeva “Shaharlar geografiyasi” Toshkent “Innovatsiya-Ziyo” 2020 y
Bo‘riеva M.R. “Dеmоgrafiya asоslari” (ma’ruzalar matni). T. 2001,
Bo'rieva M.R, Tojieva Z.N. , Zokirov S.S. “Аholi geografiyasi va demografiya asoslari” (o‘quv qo‘llanma). Toshkent 2011,
Qo’shimcha adabiyotlar
O‘zR Davlat statistika qo`mitasi ma’lumоtlari,
Ғуломов Я. Ғ. “Хоразмнинг суғорилиш тарихи” Т. 1959,
Қурбанниёзов Р. Хоразм географияси. - Урганч.: 1999,
Толстов С.П. “ҚадимгиХоразм маданиятини излаб” Т.: ―”Фан”, 1964.
Ходжаниязов Ғ. “Қадимги Хоразм мудофаа иншоотлари” - Т.: Ўзбекистон, 2007,
Mavzu: GAT asosida Xorazm viloyati shaharlari hududiy kengayishining kartografik tahlili bo’yicha adabiyotlar sharhi
Ushbu mavzu doirasida jahon miqyosida aholi manzilgohlari geografiyasi (AQSh) bo‘yicha alohida yo‘nalish shakllangan bo‘lib, aholi manzilgohlarini rivojlanishi ilmiy jihatdan tadqiq qilib boriladi. Bundan tashqari MDH va mahalliy olimlar tomonidan aholi manzilgohlari va ularni ayrim jihatlari tadqiq qilingan. Jumladan N. Baranskiy, O. Ata-Mirzayev, A.Soliyev, A.Qayumov, T.Mirzaaliyev, E.Safarov, A.Egamberdiyev, G’ulomova L.X tadqiqotlarida aholi geografiyasi va aholi manzilgohlarining shakllanishi hamda aholini kartaga olishning ayrim masalalari yoritb berilgan. Jumladan:
Shaharlarni joylashishi, va rivojlanish xususiyatlari, zamonaviy urbonizatsiya muammolari, O’zbekiston shaharlari geografiyasi yoritilgan. [7]
O’zbekiston shaharlarni joylashish o’rni, egallagan maydoni va rivojlanish xususiyatlari, zamonaviy urbonizatsiya muammolari, shakllanishi to’g’risidagi zarur ma’lumotlar berilgan. [6]
Mamlakatimiz milliy iqtisodiyotini aholi va tabiiy sharoit bilan o’zaro aloqador holda o’rganib, uning hududiy tashkil etishni umumiy tamoyillarini ilmiy jihatdan asoslab beradi va iqtisodiyot va aholini mamlakatimizning ilgari o’zlashtirilgan rayonlarida ham, yangi o’zlashtirilgan rayonlarda ham hududiy joylashishni asoslashga imkon beradi. [5]
Demografik tadqiqotlar va ularning tarixi, aholi soni va dinamikasidagi o’zgarishlar bosqichlari, aholining joylashuv hususiyatlari, aholining diniy va etnik tarkibi va aholi takror barpo bo’lishi, demografik jarayonlar to’g’risida ma’lumotlar berilgan. [9]
O’rta osiyo ittifoqdosh respublikalari va shu jumladan O’zbekiston hududida aholi joylashuvi aerokosmik materiallar asosida o’rganishning muhim nazariy va amaliy va metodik masalalari bayon etilgan. [1]
Tasvirning optik qalinligi ko’rsatkichlarini matematik usullar orqali taxlil qilish, Suratda tasvirlangan obyektlarning geometrik va morfometrik ko’rsatkichlarini matematik apparat yordamida tahlil qilish va turli hodisalar orasidagi aloqalarni aniqlash. Bevosita va bavosita belgilar asosida suratda tasvirlangan obyektlarning fazoviy birligini va strukturali kompozitsiyalarini aniqlash, hamda etalon orqali, ya’ni ayrim xarakteli joyning tasviri bilan solishtirib, suratni o’qish. [2]
Do'stlaringiz bilan baham: |