Urbanizatsiya darajasi bo’yicha jaxondagi barcha mamlakatlarni uch guruxga bo’lish mumkin;
yuqori darajada urbanizatsiyalashgan mamlakatlar 1 shaxar axolisining ulishi 50% dan yuqori
o’rtacha darjada urbanizatsiyalashgan mamlakatlar shaxar aholisining ulushi 20%-50%
past jarayonda urbanzatsiyalashgan mamlakatlar shaxar aholisining ulishi 20% dan kam
Yuqori darajada urbanizatsiyalashgan mamlakatlar qatoriga Yevropaning barcha davltlari, Avstraliya, Yangi Zellandiya, hamda SHimoliy va Janubiy Amerikaning ko’pchilik mamlakatlari kiradi.
O’rtacha darajada urbanizatsiyalashgan mamlakatlarning asosiy qismi Janubiy, G’arbiy, Markaziy va Janubi-SHarqiy Osiyo regionlari hamda Afrikada joylashgan.
Past darajada urbanizatsiyalashgan mamlakatlarning xam ko’pchiligi Afrika va Osiyoda mavjud ekanligini takidlab o’tish joiz.
Xozirgi vaqtda urbanizatsiya doirasi rivojlangan mamlakatlarda 7% ni rivojlanayotgan mamlakatlar 37% ni tashkil etadi, dunyo bo’yicha bu ko’rsatkich 51% ga teng. Urbanizatsiya jarayoning o’sish sur’atlari mamlakatning iqtisodiy rivojlanganlik hamda urbanizatsiyalashganlik doirasiga bog’liq holda o’zgaradi. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda shaxar aholisining ulushi 75%-90% ga, ya’ni yuqori darajaga yetganligi tufayli urbanizatsiyalashish sur’atlari ancha pasaygan, ayrim xollarda yirik shaxarlardagi aholi soni kamaymoqda. SHunga qaramasdan urbanizatsiya jarayoni iqtisodiy rivojlangan davlatlarda taraqqiy etishda davom etib yangi-yangi shakllarningg shakllanishiga sabab bo’lmoqda.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda urbanizatsiyalashish jarayoni shaxar aholisining nisbatan past ulushga egaligi tufayli xar tomonlama va xamma yo’nalishlarda rivojlanmoqda. Lekin mazkur mamlakatlarda urbanizatsiya jarayoning sfat ko’rsatkichlarigamutannosib emas. SHaxar aholisi ko’p xollarda qishloqlarda ortiqcha bo’lib qolgan aholi xisobiga o’smoqda. Qashshoq qishloq aholisining katta qismi yirik va katta shaxarlarning xududida joylashib kulbasimon urbanizatsiyaning tarqalishiga sabab bo’lmoqda. SHunday urbanizatsiyaning shakllari Mexiko, Lenia, Manila, Knampen, Dakka, Koliekutta, Bombey, Kinmasa, va boshqa poytaxt shaxarlar atrofida keng tarqalgan. Umuman urbanizatsiya jarayoni rivojlanayotgan mamlakatlarda boshqarib bo’lmaydigan holda tarqqiy etmoqda hamda demografik iqtisodiy va ekologik muammolarning chuqurlashishiga sabab bo’lmoqda. Atrof muxitning ifloslanishi umumiy xajmi 3/4 qismi to’g’ri keladi. Iqtisodiy rivojlangan davlatlarda atrof muxitni muxofaza qilish bo’yicha tadbirlar xayotga tadbiq etilmoqda, rivojlanayotgan mamlakatlarda esa moddiy mablag’larning yetarli emasligi mazkur muommolarni to’la to’kis xal etishga imkon beryapti. SHaxar aholisining soni va ulushi tez o’sadi. O’saytganigiga qaramasdan jaxon aholisining yarmiga yaqin qaloq aholi manzilgohlarida yashashmoqda. Ularning umumiy soni 15-20 mln ni tashkil etadi.
Qishloq aholisi asosan guruxlashgan va aloxida joylashgan qishloqlar bo’yicha taqsimlanadi. Bunda tarixiy va tabiiy shart-sharoitlardan tashqari iqtisodiy omillar axamiyati katta bo’lganligini aytib o’tish lozimdir. Aholi taqsimlanishining guruhlashgan shakllari dehqonchilik ayniqsa xaydalanadigan va sug’oriladigan dehqonchilik va rivojlangan region mamlakatlarga xosdir. Aloxida joylashgan qishloqlar chorvachilik intensiv rivojlangan mamlakatlarda (AQSH, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Brazilya, Argentina) keng tarqalgan. Aholi joylashishining aromomi shakillari ham mavjud yaylov chorvachiligi rivojlangan xududlarning ko’pchiligida esa doimiy aholi manzilgohlari umuman barpo qilinmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |