M a s a l a. Yigirma qavatli binoda lift ishlamoqda. U 8- qavatdan 6 qavat pastga tushdi, so‘ngra 12 qavat yuqoriga ko‘tarildi. 4 qavat pastga tushdi. 7 qavat yuqoriga ko‘tarildi. 13 qavat pastga tushdi. Lift qaysi qavatda turibdi?
Liftning qaysi qavatda turganligini topish uchun 8 – 6 + 12 – 4 + 7 – 13 ifodaning qiymatini hisoblash kerak. Bu qiymat 4 ga teng. Demak, lift 4- qavatda turibdi.
Masala yechimidagi 8 – 6 + 12 – 4 + 7 – 13 ifoda algebraik yig‘indidir, chunki uni yig‘indi shaklida bunday yozish mumkin:
8 + (–6) + 12 + (–4) + 7 – 13 .
Quyidagilar ham algebraik yiq‘indiga misol bo‘la oladi:
3 – (–7) + (–2), a – b + c – d, a + (–b) – (–c) .
Do'stlaringiz bilan baham: |