1 mavzu. “Sitologiya, gistologiya va embriologiya” faniga kirish. Umumiy sitologiya asoslari va hujayralar nazariyasi


 – savol. Gistologiya fanini o‘rganish uslublari



Download 0,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/9
Sana31.03.2022
Hajmi0,58 Mb.
#520556
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Sitologiya, gistologiya va embriologiya” faniga kirish. Umumiy sitologiya asoslari va hujayralar nazariyasi. (1)

4 – savol. Gistologiya fanini o‘rganish uslublari. 
To‘qimalarni turli usullar bilan o‘rganish uchun ularga ma`lum tartibda ishlov 
beriladi. Birinchi navbatda to‘qimalar chirimasligi, o‘z-o‘zini emirib yubormasligi 
va tiriklik paytidagi o‘z strukturasini saqlab qolishi uchun fiksatsiya (fixus-
mustahkam) qilinadi. Fiksatsiya qiluvchi moddalarga 5-20% li formalin eritmasi
etil spirti, osmiy kislota va shuningdek bir necha kimyoviy moddalarning 
aralashmasidan iborat murakkab birikmalar kiradi. Fiksatsiya qiluvchi 
suyuqliklarni tayyorlash va ularni qo‘llash maxsus qo‘llanmalarda batafsil bayon 
qilingan. 
Tekshirilayotgan organ (to‘qima) bo‘lakchasi fiksatsiya qilingach, uni parafin, 
selloidin 
yordamida 
yoki 
sovuqlik 
ta`sirida 
muzlatib 
zichlashtiriladi. 
Zichlashtirilgan materialdan yupqa qilib kesadigan maxsus asbob - mikrotom 
yordamida yupqa (qalinligi 1-50 mikrometr) kesmalar tayyorlanadi. Suyuq 
to‘qimalar (qon, sperma)dan surtmalar, yupqa pardalardan yaxlit (total) preparatlar 
tayyorlash mumkin. To‘qimalarning strukturalarini differensiatsiya qilish va aniq 
kuzatish 
uchun 
kesmalar 
bo‘yaladi. 
Kesmalarni 
bo‘yashda 
to‘qimalar 
strukturalarining ma`lum ko‘rsatkichli pH ga ega bo‘yoqlarni qabul qilishi hisobga 
olinadi. pH ning ko‘rsatkichiga qarab bo‘yoqlar uch guruh: kislota yoki asos 
xossali hamda neytral bo‘yoqlarga bo‘linadi. Kislotali bo‘yoqlar - kislotalar yoki 
ularning tuzlari (pikrin kislotasi, eozin, floksin, azokarmin va boshqalar)dir. Bu 
bo‘yoqlarning kislota xususiyati nitroguruh (NO2), xinoid guruh (O=N=O), 
gidroksil guruh (OH), karboksil guruh (СOOH)larga bog‘liq. Kislotali bo‘yoqlar 
bilan bo‘yaluvchi strukturalar oksifil (atsidofil, eozin bo‘yog‘i ishlatilganda-


eozinofil) strukturalar deb nomlanadi. Asos xossali bo‘yoqlar (safronin, pironin, 
tionin, azur va boshqalar)ning asos (ishqor)lik xossasi aminoguruh (NH2), 
monomtilaminguruh (NH-CH3), imidoguruh (NH) va boshqalarga bog‘liq. 
To‘qimalarning asos xossali bo‘yoqlar bilan bo‘yaladigan qismlari bazofil 
strukturalar deyiladi. Ham kislota, ham asos xossali bo‘yoqlarni qabul qiluvchi, 
ya`ni neytrofil strukturalar ham mavjud. 
To‘qimalar tarkibidagi ma`lum moddalar bilan reaksiyaga kirishadigan va ularni 
ma`lum rangga bo‘yaydigan bo‘yoqlar (masalan, sudan III, osmiy kislota faqat 
yog‘ va yog‘simon moddalarni aniqlash imkonini beradi) maxsus bo‘yoqlar 
deyiladi. 
Ma`lum bir maqsadni ko‘zlab bo‘yalgan kesmalar suvsizlantiriladi va predmet 
shishasiga yopishtiriladi. Shu yo‘l bilan tayyorlangan gistopreparat mikroskop 
yordamida o‘rganiladi. Ko‘pchilik tadqiqotlar yorug‘lik nuri yordamida 
ishlaydigan mikroskoplarda olib boriladi. 
Hozirgi 
paytda 
2000-2500 
martagacha 
kattalashtiradigan 

Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish