Kiyim iluvchi. Restoranga kirishda ustki kiyimlarni yechadigan joy bo‘ladi. Bu yerda xizmat qiluvchi mehmonlarning ustki kiyimlarini va boshqa buyumlarini qabul qilib oladi, kiyim osilgach, osqich nomeri yozilgan jeton beradi. Kiyimlar qabul qilib oluvchi topshirilgan buyumlar uchun mas’ul hisoblanadi. Jeton qaytarilgach, topshi-rilgan buyumlar olib beriladi, kiyim qabul qiluvchi ustki kiyimni kiyishda mehmonga yordamlashadi. Kiyim tug-malari, ilgichlar uzilgan bo‘lsa, tikib beradi. Bu ishlar uchun xizmat haqi talab qilinmaydi.
Kiyim qabul qilib oluvchining eng muhim vazifasi restoranga keluvchilarning shaxsiy buyumlarini qabul qilib olish va saqlash qoidalarini bilishdir. Mijozlarning bosh kiyimlari va boshqa buyumlarini qabul qilmaslik mumkin emas. Shu o‘rinda «Mijozlarning yo‘qolgan buyumlari uchun ma’muriyat javobgar emas» degan yozuvlar qo‘yilishi ham noo‘rin.
Restoranga keluvchi mijoz garderob jetonini yo‘qotib qo‘ysa, kiyim qabul qiluvchi tegishli hujjatni rasmiylashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |