1-mavzu: «Restoran biznesi»fanining maqsadi va vazifalari Reja



Download 3,44 Mb.
bet129/154
Sana31.12.2021
Hajmi3,44 Mb.
#217908
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   154
Bog'liq
1-19

Buyurtma qabul qilish. Banketlar, tantanalar, to‘ylar-ga buyurtma qabul qilish yakka yoki guruh buyurtmalaridan tubdan farq qiladi. Bunday buyurtmalar bir necha kun, hatto oy oddin beriladi. Aynan belgilangan kun resto-ran bo‘sh bo‘lishi kerak. Shuning uchun buyurtmachi oldin-roqharakat qilishi maqsadga muvofiqdir. Bunday tanta-nali kechalar o‘tkazishda faqat taom, ichimliklargina emas, yana qator masala va tadbirlar bo‘yicha kelishib olinadi. Buyurtma beruvchi bilan restoran ma’muriyati o‘rtasida og‘zaki yoki yozma qator bandlardan iborat shartnoma tuzi-ladi. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, buyurtma bosh ofitsi-antga berilsa, u bilan kelishilsa, banketlar, tantanalar muvaffaqiyatli o‘tadi, chunki restorandagi butun xizmat jarayoni uning rahbarligida o‘tadi. Buyurtma qabul qilish-dan oldin bosh ofitsiant buyurtmachiga zalni ko‘rsatadi, sharoit bilan tanishtiradi, stollar qo‘yilishi rejasi-ni kelishib oladi. Eng hurmatli mehmonlar qayerga o‘ti-radi, boshqa mehmonlar joyi qayerda — bularning hamma-si kelishiladi.

Stollarni gullar bilan bezash, san’atkorlar o‘rni, raqs joylari va boshqa masalalar hal qilinadi. Bosh ofitsiant buyurtmachini restoran tartib qoidasi bilan tanishtiradi. Xizmat ko‘rsatish tartibini, shuning bilan birga idish tovoqga yetkazilgan zararni to‘plashni ham tushuntiradi. Restoran ma’muriyati taom va ichimliklar bahosii pasaytirish yoki ayrim taom va ichimliklar shirinliklar va b majburan tiqishtirishga haqqi yo‘q.

Buyurtmani rasmiylashtirshga tantana o‘tkaziladigan sanasi boshlanish vaqti tugashi tantani o‘tkaziladigan joyi qatnashuvchilar soni dastlabki taomnomava burtmaning homaki bahosi ko‘rsatidai. Buyurtma maxss buyurtmalar kitobida belgilangan shaklda ruyxatdan o‘tkaziladi. Buyurtma qabul qilish kitobidagi varaqaning 1, 6, 12, 13 bandlarii oldin to‘ldiriladi. Buyurtmachi dastlabki kelishuvdan so‘ng buxgalteriya kirim orderi asosida50% dpn kam bo‘lmagan miqdorda kassaga avans to‘laydi va kvitansiya oladi. Keyinchalik tantana boshlanishiga ikki kun qolganda bosh ofitsiant buyurtmachi bilan birgalikda buyurtma schyotni rasmiylashtiradi.

buyurtma schyot 5 nusxada tuziladi, restoran rahbari tomonidan tasdiqlanadi va kassagatopshiriladi. Kassir buyurtmachidan qolga pullarni ham qabul qilib oladi. Buyurtmachi schyotni imzo tasdiqlaydi va to‘landi shtampini bosadi. .. buyurtma schyotning birinchi nusxasini buyurtmachiga beradi. Ikkinchisini kassiga qoladi.3 4 5 nusxadlari ofitsiant brigadiriga oshxonaga va bufetga berilai. Qolgan pul to‘langan orderga summa yoziladi. Order raqami buyurtmani hisobga olish kitobiga qayd qilinadi. Kassir buyurmta schyotasosida nazorat kassa mashinasida chek yozadi. Va buyurtma bajarayotgan ofitsiantlar brigadiriga beradi. Brigadir ikkinchi nusxagaqo‘l qo‘yib chekni oadi. Oshxona va bufetnning moddiy mas’ul shaxsi chek va buyurtma schyot bo‘yicha mahsulot beradi.

Issiq taomlar ichimlik qandolat va boshqalar mahsulotlarga buyurtma kamaytirisa . bordiyu u buyurtmachining taklifi bila ham bo‘lsa mahsulot bahosining pul buyurtmachiga qaytariladi. Buyurtmachining yozma arizasiga asosan chiqim kassa orderi yoziladi.restoran direktori va buxgalter qo‘l qo‘yadi. Bosh ofitsiant buyurtmadagi taomlarni o‘chirib tashlaydi. Bu holda buyurtmachi arizasida bosh ofitsiantning tasdiqlovchi belgisi bo‘ladi. Buyurtmachining xoishiga qarab bu qaytariladigan summaga boshqa mahsulot berilishi mumkin, bu haqdabuyurtma schyotga qayd qilinadi.

Restorandagi tantana paytida qo‘shimcha buyurtma beriladigan bo‘lsa ofitsiant schyotbo‘yicha rasmiylashtiradi. Buyurtma schyotga o‘chirib yozish mumkin emas. . Buyurtma schyotga turli sabablarga ko‘ra xizmat ko‘rilayotgan kunga o‘zgarishlarkiritilayotgan bo‘lsa . Buyurtma schyotning orqa tomomniga tegishli bandda belgilanadi va buyurtmachi bilan kelishib uning imzosi qo‘yiladi.

Restoran buyurtma qabul qilib bo‘lgantammo o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan sabablargako‘ratadbir o‘tkaza olmaydigan bo‘lib qolsa ma’muriyat yaqin o‘rtadagi restoranlardan birortasida tantanalarni o‘tkazib berish chorasini ko‘radi. Bu haqda buyurtmachiga belgilagan sanadan 7 kun oldin habar berishi kerak. Restoran tantanili kechani belgilangan tartibda musiqv xizmati bilan o‘tqazishni amalga oshiradi. Mavzu kechalari o‘tkazilganda restoran ma’muriyati tantanianing musiqa dasturiga o‘zgartirish kiritishga erishadi.




Download 3,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish