Shishadan yasalgan idishlar ikki usulda tayyorlanadi: puflab ichiga dam berib va presslanib. Dam beriladigan idishlar devorlari yupqa bo‘ladi, asosan rangsiz, yalti-roq oynalardan yasaladi. Presslangan idishlar devorla-ri puflanganga qaraganda qalin, rangsiz, rangli shisha-lardan yasalgan, oz miqdorda billurdan ham qilinadi. Shishadan qilingan oshxona idishlari juda ko‘p va xilma-xildir. Suv, vino, salat va boshqalarda foydalaniladi. Billur mahsulotlar, ayniqsa yiriklari, qalinlari, odat-da nur sindiruvchanlik xususiyatiga ega.
Restoranning kundalik xizmatida ko‘pincha shisha idishlar keng qo‘llaniladi. Rangli shishadan yasalgan idish-tovoq va boshqa anjomlar ayniqsa qo‘l keladi. Un1shg shakl va rangi restoran manzarasiga bezak qo‘shadi. Stol yasatilganda qadah va ryumka tanlanganda quyidagi ma’-lum qoidagi rioya qilinadi: ularning sig‘imi ichimlik quvvatiga mos bo‘lishi kerak, ichimlik qancha kuchli bo‘lsa, ryumkaning sig‘imi shuncha oz bo‘lishi lozim. Stol yasatilganda ularga e’tibor berish kerak
likyor uchun ryumkalar (sig‘imi 25—30 sm3);
konyak uchun ryumkalar — ichi keng, og‘zi torroq, past bo‘yli, 25 sm3 konyak sig‘adi. Bu ryumkalar konyak bilan birga olib kelinadi;
aroq uchun ryumkalar (sig‘imi 50 sm3) — aroq va bosh-qa kuchli ichimliklar uchun;
madryana ryumkalari (sig‘imi 75 sm3) — kuchli va de-sert vinolar: portveyn, madera, xeres, muskat, malag va O‘zbekitonda ishlab chiqariladigan har xil vinolar uchun;
chet mamlakatlarda ishlab chiqariladigan vinolar uchun turli xil ryumkalar;
qadahlar, silindr shaklida (sig‘imi 125 sm3), uzun, shampan va boshqa ko‘piradigan vinolar uchun;
fujerlar (sig‘imi 250—280 sm3) — ma’danli va meva suvlari uchun, pivoga ishlatish ham mumkin;
pivo krujkalari (sig‘imi 250 va 500 sm3) — ichi keng, og‘zi tor pivo barlarida foydalaniladi;
choy ichish uchun stakanlar (sig‘imi 200—250 sm3); __ shisha idish (sig‘imi 100—150 sm3) — meva sharbatari uchun;
gan viski, sodali va muz solingan ichimlik uchun;
tagi qalin choy stakani (sig‘imi 200—250 sm3) —
kofe uchun;
qopqoqli ko‘zacha (sig‘imi 2 l gacha)—suv, kvas va bosh-qa sharbatlar uchun;
kompot idishi—shirin ichimliklar uchun;
kryushon idishi (sig‘imi 3 l)—kryushon tayyorlab
berish uchun;
rozetka (diametri 90 mm)—qiyom, shakar, limon uchun;
qalin shishadan qilingan salat idishi — sirka, o‘simlik yog‘i, gorchitsa, tuz solingan ko‘katli salat uchun;
o‘lchov stakani (100, 200 ml) — oq yorqin shishadan, tamg‘aga ega bo‘lishi shart;
tuz, qalampir, gorchitsa uchun idishlar;
meva uchun vazalar (diametri 200, 240, 300 mm, uzun-ligi 200 mm) — 1, 2, 3 kg gacha meva ketadi. Ular har xil rangda: ko‘k, sariq, qizg‘ish, siyohrang bo‘lishi mumkin, uzun va past bo‘ylibo‘ladi;
gullar uchun vazalar (balandligi 10—15 sm);
vazalar (sig‘imi 3000 sm3) — kryushon tayyorlash uchun, 10 ta qadahi va quyadigan qoshig‘i bor;
qiyom uchun oyog‘i yo‘q vazalar;
pecheniy, konfet uchun bo‘yi uzun vazalar;
tekis tort, pirojniylar uchun o‘rta bo‘yli vazalar;
uzunchoq vaza — meva va yangi sabzavot uchun;
sirka, kunjut, kungabaqor yog‘i uchun idish;
qopqoqli grafin (sig‘imi 0,25 l va undan ko‘p) — aroq, vino, konyak va alkogolsiz ichimliklar uchun.
Do'stlaringiz bilan baham: |