2. Billur va shisha idishlar.
Lyuks toifadagi va oliy toifa-dagi restoranlarda stollar billur idishlar bilan bezati-ladi va vino-aroq tarqatishda ulardan foydalaniladi.
Billur idishlar tantanali kechalarda, mehmonlarni qabul qilish paytlari, banketlarda ishlatilganda tengi yo‘q manzara vujudga keladi.
Billurdan yasalgan mahsulotlar ancha qalinligi, yal-tiroqligi, yorug‘lik aks etishi, musiqiy ohangi bilan ajralib turadi. Misol uchun oq vino, likyorga ishlatila-digan, uncha chuqur bo‘lmagan ryumkalar, chiroyli fujer-lar, mevalar solinadigan vazalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |