VII. Issiq ichimliklar — choy, kofe, kakao va boshqalar
VIII. Sovuq ichimliklar va sharbatlar — mevalardan
tayyorlangan alkogolsiz ichimliklar.
IX. Hamir va qandolat mahsulotlari — pirojniylar,
tortlar, kekslar.
X. Non — qora bug‘doy noni
Ichimliklar odatda ikkiga bo‘linadi: alkogolli va alkogolsiz. O‘z navbatida alkogolli ichimliklar ham uch kichik guruhga bo‘linadi: vino aperitivlar, kuchli spirtli ichimliklar, likyorlar va pivo. Taomnomada vino ichimliklari quyidagicha tartibda boradi:
Vino — O‘zbekistonda vinoning juda ko‘p xillari tayyorlanadi. Ayniqsa, mustaqillik yillari musallas toifi vinolari sifatli qilib ishlab chiqilmoqda va manzarali chiroyli shishalarda qadoqlanmoqda. Bu bilan vinolarga bo‘lgan iste’mol ehtiyoji oshib bormoqda. Hatto chet davlatlarga chiqarib sotilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |