Kuchli spirtli ichimliklar — aroq, viski, rom, konyak.
Pivo — O‘zbekistonda ham ishlab chiqariladi, xorijdan ham keltiriladi.
Aralash ichimlik — kokteyl.
Alkogolsiz ichimliklar — ma’danli suvlar, limonadlar, sharbatlar.
Vino-aroq, tamaki mahsulotlari va ichimliklar bahosi preyskurantiga tegishli navbat bilan quyidagicha yoziladi: aroq, kuchli uzum vinosi, oq va qizil oshxona vinosi, konyak, likyor, pivo, ma’danli va meva suvlari, tamaki mahsulotlari. Ba’zan bu preyskurantga qandolat mahsulotlari va mevalar ham kiritiladi.
Preyskurantda 4 ta grafa chiziladi: birinchisida ichimlik nomi, ikkinchisida shisha sig‘imi (0,25; 0,33; 0,5; 0,75), uchinchisida to‘la shisha bahosi, to‘rtinchisida 100 g ning bahosi ko‘rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |