Xizmatga tayyorlanish. Zalga banket stollari qo‘yil-maydi, ammo zalning qulayroq joylarida — devor yonla-rida, ustunlar atrofida va boshqa joylarda stollar bo‘la-di. Banket boshlanishiga qadar bu stollarga sigaretalar, gugurt, kuldon, salfetkalar solingan vazalar qo‘yiladi.
Idishlarga solingan gazaklar, ryumka, qadahlarga qu-yilgan ichimliklarni ofitsiantlar patnislarda olib yurib mehmonlarga tavsiya qiladi. Yengil, asosan sovuq taomlar oz-ozdan solinib tarqatiladi. Baliqli taomlar, shirinliklar ko‘p bo‘ladi.
Issiq taomlardan qiymalangan mol go‘shti, qo‘y go‘shti-dan tayyorlangan gazaklar, kotletlar, pishirilgan yoki yog‘da qovurilgan sosiskalarni tavsiya etish mumkin.
Kokteyl-banketlari alkogolsiz deyilsa ham, ehtiyoj bo‘lganda aroq, kon’yak, likyor, vino, pivo, shampan vino-si, sharbatlar, suvlar beriladi.
Kokteyl-banketlarida cheklangan miqdorda chinni, shisha idishlar, metall buyumalardan foydalaniladi. Ryumka, qadahlar ko‘proq kerak bo‘ladi. Ammo bunday ban-ketlarda oddiy, lekin chidamli arzonroq turadigan idish-tovoqlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Kokteyl-banketlari uchun ishlatiladigan idish-anjom-lar miqdori keladigan odamlar miqsoriga, gazak va ichim-liklar assortimentiga, xizmat qilayotganlar soni va ma-lakasiga, banket o‘tkazilayotgan zalning muvofiqligi va boshqa sabablarga bog‘liq.
Kokteyl-banket restoranda o‘tkazilmay, boshqa bino-da bo‘ladigan bo‘lsa, u yerni banket zali singari ko‘rinish berishga yaqinlashtirib bezash kerak. Bunday hollarda hamma narsa shu yerning o‘zida tayyorlanadi, gazak tayyorla-nadi, idish-tovoqlar yuviladi. Agar banket o‘tkazish uchun ikki xona bo‘lsa, birida bufet joylashadi, boshqasida gazak tayyorlanadi.
Bufet uchun ajratilgan stollarga qalin mato va das-turxon yoziladi. Kleyonka yoki polietilen plyonkalar so lingan stollarga suyuqliklar to‘kilsa, ular namni shi-mib olmaydi.
Bufetni ishga tayyorlash,kokteyl tayyorlash va ryumka, qadahlarga quyilgan ichimliklarni stollarga tez qo‘yish uchun bir necha bufetchilar yoki tajribali ofitsiantlar tayinlanadi. Bufetchilar xizmat qiladigan bo‘lsa, ularga yordamchi tayinlanadi, yordamchi tezlik bilan ichimliklar quyib beradi, bufetga muz, toza idishlar keltiradi, bo‘sh shisha, banka, ballonlarni olib ketadi.
Banketga tayyorlanishda bufet stollariga, albatta ichimliklarni hisobga olgan holda, ryumka, stakan, qadah-lar guruhlab qo‘yib chiqiladi. Qolgan idishlar-anjomlar bufetda saqlanadi. Bufet stolida patnis, ichimliklar va muz uchun joy qoldiriladi.
Banket boshlanishiga qadar hamma ichimliklar haro-rati talab meyoriga keltirilishi lozim.
Havo isib ketgan paytlar muzlar mayda bo‘laklarga bo‘linib, oddindan tayyorlab qo‘yiladi.
Banket boshlanishiga bir necha daqiqa qolganda ichim-liklarning bir qismi bufetga keltiriladi, shishalar og‘zi ochiladi, sharbatlar ko‘zachalarga quyiladi, kokteyl tay-yorlanadi.
Birinchi mehmon kelganiga qadar ryumka, stakan, qadah-larning to‘rtdan bir qismi ichimliklar bilan to‘ldiri-ladi va patnislarga qo‘yilib, usti salfetka bilan yopi-ladi. Idishlarga ichimlik juda to‘latilmaydi, uchdan ikki qismigacha quyiladi. Ichimliklar quyilgan bo‘yi baland idishlar patnis o‘rtasiga, bo‘yi pastlari chetroqqa qo‘yi-ladi, oralari 1—2 sm dan kam bo‘lmaydi. Navi, mazasi, tusi, quvvati har xil bo‘lgan ichimliklar bir xil ryumka-larga quyilgani uchun ularni guruh-guruhlarga ajratib terish kerak.
Patnis ustiga yopiladigan salfetka patnisga mos tu-rishi lozim. Sochiq-salfetkalar katta bo‘lsa, patnis che-tidan osilib qoladi va ko‘rinishi xunuk bo‘ladi. Bufetda Hamma vaqt zahirada salfetka, sochiq, kuldon va boshqa-lar bo‘lishi zarur.
Bufetchi, ofitsiantlar shisha idishlar, ichimliklar, muz va boshkalar bilan banket zalini yasatayotgan bir payt-Da, oshpazlar gazaklar tayyorlaydi, ularni idishlarga so-
l adi. Banket boshlanishidan bir necha daqiqa oldin ofi-siantlar ularni yordamchi stollarga olib kelib qo‘yadi. Mehmonlarga ichimliklar, gazaklarni dumaloq yoki cho‘zin-choq patnislarda tarqatish ancha qulay.
Oldindan tayyorlanadigan gazakli idishlar miqdo-ri ofitsiantlar sonidan bir necha barobar ko‘p bo‘lishi
kerak.
Kokteyl—banketlariga ryumkalar, qadahlar, stakanlar ko‘p talab qilinishini hisobga olgan holda ularni yuvish-ni yaxshi tashkil qilish lozim. Ayniqsa, bu narsa banket uchun moslanmagan joylarda mehmon kutilganda zarur. Yuvish xonasiga ikkita stol qo‘yiladi, bittasi foydala-nilgan idishlar uchun, ikkinchisi yuvilgan va tozalab ar-tilgan idishlar uchun. So‘ngra ular bufetga olib boriladi va ichimliklar bilan to‘ldiriladi. Idishlarni oqib tur-gan issiq suv bilan yuviladi va sochiq bilan artiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |