1-mavzu: Qo‘shma gap. Qo‘shma gap haqida umumiy ma’lumot. Komponent (qism)larning birikish usuliga ko‘ra qo‘shma gap turlari: bog‘langan qo‘shma gap, ergashgan (ergash gapli) qo‘shma gap, bog‘lovchisiz qo‘shma gap



Download 106,64 Kb.
bet7/21
Sana26.01.2023
Hajmi106,64 Kb.
#902905
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21
Bog'liq
ona tili shippi

yetibdi. (Maqol) Yigitning so‘zi o‘lguncha, shaytonning bo‘yni uzulsin. (Maqol)
3.Harakat nomi yordamida ergash gaplar bosh gapga birikkanda, ergash gap kesimining tarkibida ko‘makchilar ham qo‘shilib keladi. Harakt nomining -sh) –ish), -v (-uv) shakllari «bilan» ko‘makchisi yordamida qo‘llanib, payt ergash gaplarni bosh gapga bog‘laydi: Rais chiqib ketishi bilan, majlisning salobati yo‘qoldi. (A.Qahhor) Bir qaldirg‘och kelishi bilan, bahor bo‘lmaydi. Atirgul kelishi bilan, sevgi haqidagi suhbat yana qizib ketdi.(Oybek) Latofat ko‘zdan uzoqlashuvi bilan, Slobirjon o‘kina boshladi. (O.YOqubov)
Shart fe’li yordamida birikish.
Fe’lning shart shakli sodda gapda, ko‘pincha, shart holi vazifasida keladi. Mas: Hurmat qilsang, hurmat ko‘rasan.
«KERAK» so‘zi bilan birga qo‘llangan shart fe’li gumon, taxmin mazmunini ifodalovchi sabab ergash gaplarning kesimi bo‘lib keladi: Yozayotgan narsasi juda qiziq bo‘lsa kerak, dambada iljayib qo‘yardi. (A.Qahhor) Kimdir tashqarida kutib turgan bo‘lsa kerak, Shoira tez-tez deraza tomonga qarab qo‘yardi.

  1. Buyruq fe’li yordamida birikish.

Buyruq fe’li shart fe’liga nisbatan nofaolroq bo‘lib, bu vosita, asosan, o‘rin ergash gapni bosh gaga bog‘lashda ishtirok etadi, bo‘lishsiz shaklda qo‘llanadi: Ular qayerga bormasin, do‘stlik qo‘shig‘i baralla yangraydi.

  1. Yuklamalar yordamida birikish.

Yuklamalar sodda gapdagina emas, qo‘shma gaplarda ergash gapni bosh gapga biriktiruvchi vosita hisoblanadi.
-


4-MAVZU: Ergashgan qo‘shma gapning turlari: ega ergash gapli qo‘shma gap, kesim ergash gapli qo‘shma gap, to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap

O‘zbek tilidagi ergashg gaplarning tasnifi umuman boshqa tillardagi ergash gaplarning tasnifiga yaqin turadi.


Ergash gaplarni sodda gap bo‘laklariga o‘xshatishga asoslangan tasnifga ergash gapli qo‘shma gaplarni bosh va ergash qismlarning bog‘lanish vositalariga ko‘ra shakliy tasniflash qarama-qarshi qo‘yiladi. Bunday tasniflash A.M.Peshkovskiy, M.N.Peterson, L.A.Bulaxovskiy, A.B.Shapirolar tomonidan ilgari surilgan va himoya qilingan. Ergash gapli qo‘shma gaplar orasida ikki asosi tip farqlangan: bog‘lovchi vazifasidagi so‘zlar gaplar (nisbiy ergashish) va bog‘lovchili gaplar (bog‘lovchili ergashish).
Tarkibiy-mazmuniy tasnifning yaratilishida N.S.Paspelovning ishlari muhim rol o‘ynaydi, u ergash gapli qo‘shma gaplarning ikki asosiy tipini ajratgan: ikki a’zoli tip va bir a’zoli tip. Ikki a’zoli va bir a’zoli gaplar o‘rtasidagi farqni N.S.Paspelov bosh va ergash qismlar o‘rtasidagi aloqadorlikning turli tabiati bilan bog‘laydi: ikki a’zoli gaplarda ergashg qism bilan yaxlitligicha bog‘lanadi, bir a’zoli gaplarda ergash qism bosh gapdagi bir so‘zga tegishli bo‘ladi.
Ergash gaplarning bosh gapni yaxlitligicha izohlashi yoki uning biror bo‘lagi bilan aloqador bo‘lishi haqidagi qarash turkiyshunoslikda ham keng tarqalgan. Masalan, M.Asqarova shunday ta’kidlaydi: “Ergash gap esa mazmun va strukturasiga ko‘ra bosh gapdan ko‘ra boshqacharoq tuzilib, bosh gapning biror bo‘lagini yoki bosh gapni yaxlitligicha izohlaydi”.
N.A.Baskakov hozirgi turk tilidagi ergash gaplarni quyidagicha guruhlarga ajratadi:
1. Bosh gapdagi substantiv bo‘laklar bilan aloqalanadigan ergash gaplar. Bu guruhga ega va to‘ldiruvchi ergash gaplar kiradi.
2. Bosh gapdagi atributiv bo‘laklar bilan aloqalanadigan ergash gaplar. Bu guruhga kesim va aniqlovchilar kiradi.
3. Bosh gapdagi atributiv – hol bo‘laklar bilan aloqalanadigan ergash gaplar. Bu guruhga sabab-natija, shart, to‘siqsiz, maqsad, payt, o‘xshatish va chog‘ishtirish ergash gaplari kiradi.
Bosh va ergash gaplar tasnifida har ikki qism orasidagi shakl va mazmun birligiga amal qilinadi. Shunga ko‘rab hozirgi zamon o‘zbek tilida ergash gaplarni 14 xilga bo‘lib o‘rganiladi.
1.Ega ergash gap.
2.Kesim ergash gap.
3.To‘ldiruvchi ergash gap.
4. Aniqlovchi ergash gap.
5. Ravish ergash gap.
6. Daraja- miqdor ergash gap.
7. Chog‘ishtirish –o‘xshatish ergash gap.
8. Sabab ergash gap.
9. Maqsad ergash gap.
10.Payt ergash gap.
11.O‘rin ergash gap.
12.Shart ergash gap.
13.To‘siqsiz ergash gap.
14. Natija ergash gap.
Bosh gapda olmosh bilan ifodalangan eganing yoki qo‘llanilmagan eganing mazmunini izohlab, to‘ldirib, konkretlashtirib keladigan ergash gap ega ergash gap deyiladi. Masalan, Kimki mehnatni sevsa, hurmatga sazovor bo‘ladi. («Saodat») gapida birinchi kompenent (ergash gap) ikkinchi komponentdagi (bosh gapdagi) u olmoshi bilan ifodalangan eganing mazmunini konkretlashtirgan: u hurmatga sazovor bo‘ladi. – Mehnatni sevgan hurmatga sazovor bo‘ladi.

Download 106,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish