1-mavzu: Qoʻshma gap haqida ma'lumot. Bogʻlangan va bogʻlovchisiz qoʻshma gaplar. Reja



Download 80,65 Kb.
bet10/11
Sana08.11.2022
Hajmi80,65 Kb.
#862532
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1 mavzu Qoʻshma gap haqida ma\'lumot Bogʻlangan va bogʻlovchisiz

b) bunday qoʻshma gapning qismlarini mazmun va grammatik jihatdan bogʻlashda olmoshlar ham ma’lum rol oʻynaydi. Masalan, oldingi qismdagi biror boʻlak oʻrnida keyingi gapda kishilik olmoshi ishlatilib, ikki predikativ qismning bogʻlanishini ta’min etadi: Hamma yoqni jaranglatib Ukraina bulbuli sayraydi, uning sayrashiga osmondagi oy ham quloq solib turganga oʻxshaydi. (G.) Madamin koʻcha chetida domlani kutib serrayib turar, uning koʻzlari och boʻrining koʻzlariday yaltirardi. (P. T.)
Bogʻlovchi vositasiz birikkan qoʻshma gaplarning teng qismli turi murakkab holda ham boʻlishi mumkin. Masalan: Qobil bobo yalang bosh, yalang oyoq, yaktakchan ogʻil eshigi yonida turib, dagʻ-dagʻ titraydi, tizzalari bukilib-bukilib ketadi, koʻzlari javdiraydi, hammaga qaraydi. (A. Q.)
Ikkitadan ortiq qismdan tashkil topgan bunday qoʻshma gaplarda ba’zan eng oxirgi qism avvalgilarini yakunlashi, xulosalashi mumkin: Siz Olaxoʻja bilan, biz Abdurasul bilan: har kim oʻz tengi bilan.
Bogʻlovchi vositasiz birikkan qoʻshma gaplarning qismlari tobelanish intonaqiyasi yordamida birikadi. Bunday qoʻshma gaplardan: 1) shart mazmuni ifodalanadi va shunga koʻra shart ergash gapli qoʻshma gapga sinonim boʻladi; 2) payt mazmuni ifodalanadn va shunga koʻra payt ergash gapli qoʻshma gapga sinonim boʻladi; 3) toʻsiqsizlik mazmuni ifodalanadi va shunga koʻra toʻsiqsiz ergash gapli qoʻshma gapga sinonim boʻladi; 4) natija mazmuni ifodalanadi va shunga koʻra natija ergash gapli qoʻshma gapga sinonim boʻladi; 5) sabab mazmuni ifodalanadi va shunga koʻra sabab ergash gapli qoʻshma gapga sinonim .boʻladi; 6) oʻxshatish mazmuni ifodalanadi va shunga koʻra oʻxshatish ergash gapli qoʻshma gapga sinonim boʻladi; 7) izohlov mazmuni ifodalanadi.
Bogʻlovchi vositasiz birikkan qoʻshma gapning tobe qismli turidan shart mazmuni ifodalansa, birinchi qism keyingi qismdagi voqeaning yuzaga kelish shartini bildiradi. Bunda payt mazmuni ham anglashilib turadi. Qoʻshma gapning bu turi bir voqea-harakatdan ikkinchi voqea-harakatga tez koʻchish ma’nosini ifodalaydi. Bunda oldingi qismdagi intonaqiya balandroq, keyingi qismdagi intonaqiya pastroq boʻladi. Masalan: Oldiga yaqinlashdingshovqin soladi. Birovga ayta koʻrmangikkovimiz ham baloga qolamiz. (S. Ahm.) Toʻgʻri boʻlingbexavotir boʻlasiz. (Maqol.)
Misollardan koʻrinadiki, bunday qoʻshma gaplarning birinchi qismidagi fe’l kesim oʻtgan zamon shakli da, keyingi kom- ponentning kesimi esa hozirgi-kelasi zamon shakli da boʻladi.
Qismlarning kesimlari ot kesim boʻlishi ham mumkin: Oʻzi yuzsiz — soʻzi tuzsiz. (Maqol.)
Yuqoridagi tur qoʻshma gaplardan payt mazmuni ifodalansa, birinchi qism keyingi qismdagi voqea-hodisaning bajarilish paytini koʻrsatib keladi, birinchi qism ergash gapga, ikkinchi qism bosh gapga teng boʻladi: Arava notinch boʻldiqoʻshquloqdagi sut chayqaladi, toʻkiladi. (A. Q.) Boshim butunyaxshiligingizni unutmayman, oʻz otam kabi yodlayman. (0.) Dushman boʻldiu parizod oʻladi. (F. Y.)
Yuqoridagi tur qoʻshma gaplardan toʻsiqsizlik mazmuni ifodalansa, qoʻshma gapning qismlari mazmunan bir-biriga qarama-qarshi boʻlishiga qaramay, ulardan biridagi voqea yuzaga keladi. Bunday qoʻshma gaplar mazmunan toʻsiqsiz ergash gapli qoʻshma gapga oʻxshaydi. Misollar: Etlarimni nishtar bilan tilsinlar, xonumonimga oʻt qoʻysinlar, boshimda tegirmon toshi yurgizsinlarmen sizdan ajralmayman. (H. H.) It huradikarvon oʻtadi. (Maqol.)
Bu gaplar tuzilish jihatidan bogʻlovchi vositasiz birikkan qoʻshma gapning teng qismli turiga oʻxshasa ham, mazmunan tobeligi, intonaqion xususiyati jihatidan ulardan farq qiladi.
Bogʻlovchi vosntasiz birikkan qoʻshma gapning tobe qismli turidan natija mazmuni ifodalansa, qoʻshma gapning ikkinchi qismidagi voqea birinchi qismidagi voqeaning natijasi sifatida yuzaga kelganligi ifodalanadi: U shunchalik berilib termildi, soyning oʻrtasida suv ichayotgan otning pishillashi ham sezilmadi. (0.)
Yuqoridagi tur qoʻshma gaplardan sabab mazmuni ifodalansa, qoʻshma gapning bir qismida sabab, ikkinchisida sababdan kelib chiqadigan natija ifodalanadi: Ulugʻ ogʻam bor — xalq birligi bor. (Gʻ. Gʻ.) Onaxonning yuragi shuv etib ketdi: toʻpponchani oʻz koʻzi bilan birinchi koʻrishi edi. (As. M.)
Bunday qoʻshma gaplarda intonaqiyaning turiga (qaysi bogʻlovchining vazifasini bajarib kelayotganligiga) qarab tobe-hokim qism belgilanadi: Yurtboshim bormehnatda sharaf, e’tibor gapida shuning uchun bogʻlovchisining oʻrni sezilib turganligidan, oldingi qism ergash gap, keyingisi bosh gap sanaladi. Sizga ishonaman: singlimdek narsasiz gapida esa chunki bogʻlovchisining oʻrni sezilib turganligidan, oldingi qism bosh gap, keyingisi ergash gapdir.
Yuqoridagi tur qoʻshma gaplardan oʻxshatish mazmuni ifodalanishi mumkin: Qor yogʻdidon yogʻdi. Suv keldinur keldi. (Maqollar.) Bunday qoʻshma gap shu tur qoʻshma gaplarning boshqa koʻrinishlaridan mazmunangina emas, intonaqiyasi bilan ham farq qiladi: qismlari bir xil ohang bilan aytiladi.
Yuqoridagi tur qoʻshma gaplardan izohlov mazmuni ifodalansa, bunday qoʻshma gapdagi keyingi qism oldingi komponentni yoki uning biror boʻlagini izohlaydi. Shuning uchun bunday qoʻshma gaplar ega ergash gapli, kesim ergash gapli, toʻldiruvchi ergash gapli hamda aniqlovchi ergash gapli qoʻshma gaplarga sinonim boʻladi.

Download 80,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish