1-mavzu: Qoʻshma gap haqida ma'lumot. Bogʻlangan va bogʻlovchisiz qoʻshma gaplar. Reja



Download 80,65 Kb.
bet3/11
Sana08.11.2022
Hajmi80,65 Kb.
#862532
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1 mavzu Qoʻshma gap haqida ma\'lumot Bogʻlangan va bogʻlovchisiz

b) va bogʻlovchisi yordami bilan tuzilgan qoʻshma gapda turli vaqtda yuzaga kelgan voqea-hodisa yoki harakat ifodalanishi mumkin, ya’ni qismlardan anglashilgan voqea-hodisa yoki harakatning yuzaga kelish payti bir-biri bilan duch kelmaydi; predikativ qismlarning kesimlari fe’l bilan ifodalansa, ba’zan bir xil, ba’zan har xil zamon shaklida qoʻllanadi. Qoʻshma gap qismlarining joylashish tartibi predikativ qismlar anglatgan voqea-hodisalarning yuzaga kelishidagi izchillikka bogʻliq. Masalan: 1. Soy guvillab oqar va uning muzdek shamoli qirgʻoqda tartibsiz oʻsgan oʻtlarni silkitar edi. 2.Unutilmas damlar yetib keldi va biz oʻz qahramonlarimizning betiga dadil qaramoqdamiz.
Va bogʻlovchisi yordami bilan tuzilgan qoʻshma gap qismlari anglatgan voqea-hodisalar bir vaqtda yoki turli vaqtda yuzaga kelgan boʻlishidan qat’i nazar, koʻpincha qismlarning fe’l kesimlari bir xil zamon shakliga ega boʻladi. Bunday qoʻshma gaplarda, qismlardagi voqea-hodisalarning yuzaga kelish payti ma’nosi bilan birga, qisman boʻlsa-da, harakatning bajarilishidagi sabab va natija ma’nolari ham ifodalana oladi: Siddiqjonning yuragi jiz etdi va koʻziga kelgan yoshni tez-tez kiprik qoqib yutdi. (A. Q.) Otning yoliga yopishib qorniga tepdi va ot uni qirga tomon olib ketdi.
Ham bogʻlovchisi ba’zan bogʻlangan qoʻshma gap qismlarini bir-biriga bogʻlab keladi. Bunda vabogʻlovchisi bilan bogʻlangan qoʻshma gaplardagiga oʻxshash voqea-hodisalar bir vaqtda yoki turli vaqtda yuzaga keladi. Lekin bogʻlangan qoʻshma gaplarda hambogʻlovchisi vabogʻlovchisiga nisbatan juda oz ishlatiladi. Uyushiq boʻlaklarning bogʻlanishidaesahambogʻlovchisiyakka holda yoki takrorlangan holda juda koʻp qoʻllanadi. vabogʻlovchisi bunday xususiyatga ega emas. Demak, hambogʻlovchisi qoʻshma gapdan koʻra sodda gapda koʻproq ishlatiladi: Polga ham gilam singari oʻt tashlangan, stolda ham, deraza tokchasida ham oʻtlar yotardi.
Bu qoʻshma gapning tarkibidagi hambogʻlovchisi ikki sodda gapni bir-biriga bogʻlash uchun emas, shu qoʻshma gap tarkibidagi uyushiq boʻlakni (oʻrin holini) ta’kidlash uchun xizmat qilgan. Ikki sodda gap esa bogʻlovchisiz — intonaqiya vositasida bogʻlangan.
Boshqa bir misolni koʻzdan kechiraylik: Akmal qiz bilan ingliz tilida gaplashar, ham Komila uning fikrlarini juda tez anglar va amalga oshirishga tirishar edi.
Bu misolda ikkita biriktiruv bogʻlovchisi boʻlib, bularning birinchisi (ham)ikki qismni bir-biriga bogʻlab kelgan, keyingisi (va)esa uyushiq boʻlakni bogʻlash uchun qoʻllangan.
Ham bogʻlovchisi, sodda gaplardagi uyushiq boʻlaklarning har birida takrorlanib kelganidek, ba’zan bogʻlangan qoʻshma gapdagi har bir sodda gapni bogʻlashda ham takrorlanib ishlatiladi. Bunday vaqtda qoʻshma gap qismlari uchun umumiy boʻlgan gap boʻlaklari ham qoʻllanadi, ular koʻpincha eganing aniqlovchisi yoki oʻrin holi boʻlib keladi. Sodda gap kesimlari tarkibli boʻlganda, toʻliqsiz fe’l (kesimning keyingi elementi) har ikki gap uchun umumiy boʻlishi ham mumkin. Masalan: Uning ham koʻzi qattiq, ham tili tez edi. (0.)
Takrorlanib ishlatilgan ham bogʻlovchisi bogʻlangan qoʻshma gap qismlarida ba’zan ma’noni kuchaytirish, ta’kidlab koʻrsatish uchun qoʻllanadi.Boshqa oʻrinda u yuklama vazifani bajaradi, masalan: Urush ham tugadi, otasi ham qaytib keldi, tirikchiliklari ham yaxshilandi.
-da yuklamasi biriktiruv bogʻlovchisi vazifasini bajarib, ikki yoki undan ortiq sodda gaplarni bogʻlaydi.
Bogʻlangan qoʻshma gap qismlari -da yuklamasi vositasida bogʻlanganda, harakatning odatdagidan koʻra tezroq bajarilishi ifodalanadi.Bunda voqea-hodisa bir paytda emas, balki ketma-ket yuzaga kelgan boʻladi. Misollar: Jon singlim, idoraga borib, shu xatni Joʻraboy akaga ber-da, oʻzing gʻirillab orqaga qayt. (S.Ahm.) Eshik gʻirch etib ochildi-da, ruxsat soʻrab Darveshali kirdi. (O.)

  • -u(-yu)yuklamasi birdan ortiq sodda gaplarni bogʻlab kelganda,va bogʻlovchisiga yaqin vazifani bajaradi - bogʻlangan qoʻshma gapda ifodalangan birdan ortiq voqea-hodisaning bajarilish paytini, sababini koʻrsatib keladi.

-u(-yu)yuklamasi yordami bilan bogʻlangan qismlar soni ikkita boʻladi. Masalan: Yarim soat oʻtar-oʻtmas oradagi begonalik pardasi koʻta rildi-yu, Siddiqjon sarguzashtini qisqacha soʻzlab berdi. (A. Q.) Shu payt oftob yana bulut ostiga kirdi-yu, xonani shom qorongʻiligʻi bosdi. (A.Q.)
-u(-yu) yuklamasi yordami bilan tuzilgan bogʻlangan qoʻshma gapda harakatning yoki voqea-hodisaning biridan ikkinchisiga koʻchishdagi tezlik ifodalanishi bilan birga, voqeaning toʻsatdan, kutilmaganda yuzaga kelganligi ham anglashiladi: Oʻrmonjon qariyalar bilan oʻtkazgan bir suhbatida allanimadan gap chiqdi-yu, kimdir yer islohotidan burun boʻlgan daryo toshqini haqida gapirib qoldi. (A.Q.) Darvoza sharaqlab ochildi-yu, qushdek uchib Raisa kirdi.
Bunday qoʻshma gaplarda ikkinchi qismdagi voqea toʻsatdan yuzaga kelgan boʻladi.
Demak, bogʻlangan qoʻshma gap qismlarini bogʻlashda biriktiruv bogʻlovchilari va shu bogʻlovchilar vazifasidagi -da, -u(-yu) yuklamalari ishlatiladi.

Download 80,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish