1-mavzu. Psixologiya fanining dolzarb vazifalaririvojlanish tarixi. Reja



Download 57,56 Kb.
bet6/10
Sana28.03.2023
Hajmi57,56 Kb.
#922431
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1 mavzu

Sosiologiya fani ham yangicha munosabatlar sharoitida o'z taraqqiyotining muhim bosqichiga erishar ekan, psixologiya ushbu fan tomonidan qo'lga kiritilgan yutuqlardan foydalanadi hamda ularning qo'llanilishiga, ommalashishiga baholi qudrat xizmat qiladi. Ayniqsa, psixologiyadan mustaqil ravishda rivojlanib, ajralib chiqqan bugungi taraqqiyot davrimizda alohida ahamiyat kasb etgan ijtimoiy psixologiyaning sosiologiya bilan aloqasi uzviy bo'lib, ular jamiyatda ijtimoiy taraqqiyot va rivojlanishni ta'minlash ishiga xizmat qiladi. qolaversa, huquqiy-demokratik davlat qurish ishini sobitqadamlik bilan amalga oshirayotgan O'zbekiston aholisining huquqiy madaniyatini va demokratik o'zgarishlarga psixologik jihatdan tayyorligini amalda ta'minlash bu sohada muntazam tarzda ijtimoiy fikr, insonlar fikr va qarashlaridagi o'zgarishlarni o'rganish, bashorat qilish va taraqqiyot mezonlarini ishlab chiqishda ikkala fan metodologiyasi va metodlarini birlashtirish tadbiqiy ahamiyat kasb etadi.
Pedagogika bilan psixologiyaning o'zaro hamkorligi va aloqasi an'anaviy va azaliy bo'lib, ularni yosh avlod tarbiyasining zamon talablari ruhida amalga oshirishdagi roli va nufuziga xosdir. O'z-o'zidan ravshanki, bunday aloqa hamisha ham mavjud bo'lib kelgan va buni ilg'or psixologlar va pedagoglar tushuntirib berishga harakat qilishgan. Rus pedagogi va psixologi K.D.Ushinskiy pedagogika uchun o'z ahamiyatiga ko'ra psixologiya barcha fanlar ichida birinchi o'rinda turadi, deb ta'kidlagan edi. Kishini har jihatdan tarbiyalamoq uchun, - deb qayd etgan edi K.D.Ushinskiy, uni har jihatdan o'rganmoq darkor.
Respublikamizda amalga oshirilayotgan yangi "Ta'lim to'g'risida"gi qonun hamda "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi"ni amalga oshirilishi ham ikki fan hamkorligi va o'zaro aloqasini har qachongidan ham dolzarb qilib qo'ydi. Milliy dasturda e'tirof etilgan yangicha modeldagi shaxsni kamol toptirish, uni chuqur bilimlar sohibi bo'lib yetishishi, barkamolligini kafolatlovchi shart-sharoitlar orasida yangi pedagogik texnologiyalarni ta'lim va tarbiya jarayonlariga tadbiq etishda pedagogikaning o'z uslub va qoidalari yetarli bo'lmaydi. Shuning uchun ham psixologiya u bilan hamkorlikda yosh avlod ongining ta'lim olish davrlaridagi rivojlanish an'analaridan tortib, toki yangicha o'qitish texnologiyalarini bola tomonidan o'zlashtirilishi va undagi aqliy qobiliyatlarga nechog'li ta'sir ko'rsatayotganligini o'rganish, shu asosda ishni tashkil etish, psixologiyadagi metodlarni didaktik metodlar bilan uyg'unlashtirishni taqozo etadi. Ayniqsa, ma'naviy barkamollik tamoyillarini maktabda va yangi tipdagi ta'lim muassasalarida joriy etish ham shaxs psixologiyasini teran bilgan holda o' qitishning eng ilg'or va zamonaviy shakllarini amaliyotga tadbiq etishni nazarda tutadi.
Tabiiy fanlar - biologiya, fiziologiya, ximiya, fizika va boshqalar psixik jarayonlarning tabiiy fiziologik mexanizmlarini tushunish va shu orqali ularning kechish qonuniyatlarini ob'ektiv o'rganish uchun materiallar beradi. Ayniqsa, bosh miyaning hamda markaziy asab tizi-mining psixik faoliyatlarini boshqarishda va ularni muvofiqlash- tirishdagi rolini e'tirof etgan holda psixologiya fani tabiiy fanlar erishgan yutuqlar va ulardagi tadqiqot usularidan omilkorona foydalanadi. Masalan, shaxs qobiliyatlarini diagnostika qilish uning tug'ma layoqatlari hamda orttirilgan sifatlarini bir vaqtda bilishni taqozo etganligi sababli unga tabiiy layoqatning xususiyatlarini aniqlashda psixofiziologiyaning qator usullaridan o'z o'rnida foydalanadi va biologiya, anatomiya, fiziologiya, neyrofiziologiya kabi fanlarning shu kungacha erishgan yutuqlaridan foydalanadi. Shuning uchun tabiiy fanlar sohasida erishilgan barcha yutuqlar psixologiya fanining predmetini mukammalroq yoritishga o'z hissasini qo'shgan.

Download 57,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish