Psixologiyaning falsafa doirasidagi taraqqiyoti. Psixologiyaning asosiy muammolari. Naturfaylasuflar-Fales (er.old. VII-VI asr), Anaksimen (er.old. V asr), Geraklit (er.old. VI-V asr) ruhni olamning ibtidosini tashqil etuvchi narsa (suv, havo, olov)ning odamlar va hayvonlarga jon ato etuvchi shakli tarzida talqin qilishgan.
Faylasuflar orasida Aflotun (er.old. 427-347 y.y.) alohida ajralib turadi. U jonning qismlari to'g'risidagi tushunchani yaratdi. Shunday qismlardan a) aql-idrokni, b) jasoratni, v) orzu-istakni alohida ajratib ko'rsatadi va ularni tananing turli qismlari (bosh, ko'krak, qorin bo'shlig'i)ga joylashgan bo'ladi degan fikrni ilgari suradi.
Arastu (er. old.384-322 y.y.) ning ta'limoti ancha muvaffaqiyatli ilgarilab ketdiki, u psixologik fikrlarni tabiiy-ilmiy asosda qayta ko'rib, uni biologiya va tibbiyot bilan bog'ladi. Arastuning "Jon to'g'risida"gi asari psixologiyani bu davrga kelib o'ziga xos bilimlar sohasi sifatida ajralib chiqqanligidan dalolat beradi.
Eramizdan oldingi II asrda rumolik vrach Galen fiziologiya va tibbiyotning yutuqlarini umumlashtirib, psixikaning fiziologik negizi haqidagi tasavvurlarni boyitdi va ong haqidagi tushunchaga yaqinlashib keldi.
Eramizning III asrida Platon, so'ngraesa IV-V asrlarda Avgustinong haqidagi tushunchaga faqat idealistik tus berishgan edi. Barcha bilimlar ruhda mujassamlashgan, u esa o'ziga qaytish qobiliyatiga ega bo'lib, o'z xususiy faoliyatini va uning ko'z ilg'amaydigan mahsulini haddan ziyod aniqlik bilan egallaydi..
Niderlandiyalik materialist Spinoza ( 1632-1677) ham Gobbs kabi olamning bir butunligi to'g'risidagi g'oyaning astoydil himoyachisi edi. U ongni katta ko'lamga ega materiyadan sira kam bo'lmagan real narsa deb hisoblardi. Uning shoh asari bo'lmish "Etika"ning teoremalaridan birida "g'oyalar tartibi vaaloqasi qanday bo'lgan bo'lsa, narsalarning tartibi vaaloqasi ham shunday dir" deyiladi.
Materialistlar Gartli (1705-1757) bosh bo'lgan ingliz, Didro (1713-1784) bosh bo'lgan fransuz, A.Radishchev (1748-1802) bosh bo'lgan rus materialistlari olamni bilishda tashqi tajribani asos qilib olib, inson psixikasining ichki mazmuni asosida odamning atrof- muhit bilan o'zaro munosabati yotadi, degan edilar.
Vilgelm Vund 1879 yili Leypsigda birinchi eksperimental psixologiya laboratoriyasini tashkil qildi. Oradan ko'p o'tmay, 1881 yili Berlin universiteti qoshida eksperimental psixologiya instituti tashkil qildi.
XIX asrning oxirida Rossiyada Tokarskiy, Bexterev, Langerlar, 1911 Chelpanov rahbarligida eksperimental psixologiya laboratoriyasi ochildi. XIX asrning oxirlaridan boshlab, psixologiyaning boshqa sohalari: hayvonlar psixologiyasi, tarixiy psixologiya, yoshga aloqador kishilar psixologiyasi maydonga keldi. Qondiruvchi tadbiqiy fanga aylandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |