1-MAVZU. PSIXOLOGIYA FANINING DOLZARB VAZIFALARIRIVOJLANISH TARIXI.
Reja:
1.Umumiy psixologiyaning predmeti, vazifalari
2. Psixologiyasining tuzilishi, psixologiya sohalari, psixologiyaning fanlar tizimida tutgan o'rni.
3.Psixikaning namoyon bo’lish shakllari.
4.Psixologiya fanining taraqqiyoti tarixi. Psixologiya fanining yirik ilmiy yo'nalishlari va maktablari.
Darsning maqsadi:
Umumiy psixologiyaning predmeti, vazifalari. Psixologiya tabiiy va ijtimoiy ilmiy fan sifatida. Psixologiyaning falsafa doirasidagi taraqqiyoti. Psixologiyaning asosiy muammolari. Psixologiyasining tuzilishi, psixologiya sohalari, psixologiyaning fanlar tizimida tutgan o'rni. Psixologiyafanining taraqqiyoti tarixi. Psixologiyafaniningyirik ilmiy yo'nalishlari va maktablarini o'rganish.
Tayanch so'z va iboralar:
Psixologiya, jon, ruh, shaxs, ruhiy holat, jarayon, hodisa, mexanizm, fakt, falsafa, psixologiya tuzilishi: ijtimoiy, mehnat, pedagogik psixologiya, tibbiyot,
olegofrenopsixologiya, maxsus, yirik ilmiy yo'nalishlar: biologik, evolyustion, genetik, bixeviorizm, kognitiv, ijtimoiy-madaniy.
1.Umumiy psixologiyaning predmeti, vazifalari. Psixologiya o'rganadigan hodisalarning o'ziga xos xususiyatlarini aniqlash bir muncha qiyinroq. Bu hodisalarni tushunish ko'p jihatdan psixologiya fanini egallash zaruratiga duch kеlgan odamlarning dunyoqarashiga bog'liqdir.
Har bir fanning o'z predmeti bo'lgani kabi, psixologiya ham o'z predmetiga ega. Ammo psixologiya o'rganadigan voqelik boshqa fanlardagidan tubdan farq qiladi. Chunki uning predmetini ko'z bilan ko'rib, ushlab yoki bevosita o'lchab bo'lmaydi. Ularni fikr yuritish, tasavvur qilish, his qilish orqaligina bilib olish mumkin. Psixologiya predmetiga quyidagi ta'rif berish mumkin:
Psixologiya inson ruhiyatining o 'ziga xos xususiyatlari ko'rinishlari va rivojlanishning umumiy qonuniyatlarini tadbiq etadi.
Ruhiy hodisalar “idrok”, “xotira”, “tafakkur”, “iroda”, “hissiyot” va boshqa shu kabi nomlar bilan guruhlargaajratilib, hammasi birgalikda psixika, kishining psixik, ichki dunyosi, uning ruhiy hayoti va hokazolar deb ataladigan tushunchalarni hosil qiladi.
Psixika nima? -degan savolga javob berishdan oldin, eng avvalo, psixik hodisalarning mohiyati va xarakteri haqidagi tasavvurlar asrlar davomida qanday o'zgarib borganligiga, qisqachabo'lsa-da, nazar tashlash shart.
Kishi psixikasining paydo bo'lishi va rivojlanishi eng murakkab muammolardan biri bo'lib, tabiat qonunlarining mohiyatini tushunib yetishga harakat qiladigan tadqiqotchilarni bu muammo hamma vaqt qiziqtirib kelgan. Materialistik yo'nalishidagi olimlar psixikaning paydo bo'lishini materiyaning uzoq davom etgan rivojlanishining natijasi deb izohlashadi. Ular materiyaning hayot kechirish usuli, uning tarkiban o'ziga xos ajralmas xususiyati ekanligi uchun ham materiya harakatining turli xil shakllarini o'rganadilar. Harakatsiz, hamisha mutlaqo harakatsizlikdagi materiya umuman bo'lmaydi. Olamdagi butun materiya jami noorganik va organik tabiat harakatlanish, o'zgarish va rivojlanish holatida bo'ladi.
Jonsiz, noorganik materiyadan tortib to eng oliy va murakkab materiya hisoblanmish kishi miyasiga qadar barcha materiyalar moddiy olamning yalpi xususiyati - in'ikos etish xususiyatiga, ya'ni ta'sirotlarga javob qaytarish qobiliyatiga egadir. I'ikos materiyaning mavjud bo'lish tarziga muvofiq javob qaytarishga qodirligi bilan namoyon bo'ladi.
Jonsiz tabiatda harakat jism va moddalarning mexanik, fizikaviy yoki kimyoviy ta'siri tarzida yuz berish mumkin. Jonli materiyaga o'tishda harakati tarzi ham sifat jihatidan o'zgaradi. Jonli materiyaga in'ikosning biologik shakllari xos bo'lib, jonli materiyaning ma'lum bir bosqichda esa in'ikosning yangi shakli sifatidagi psixika paydo bo'ladi.
Materiya harakatining biolgik shakli - hayot - tabiat rivojlanishining sifat jihatidan yangi bosqichdir. O'lik materiyaga o'tishni izohlaydigan qator gipotezalar mavjud. Ulardan biri A.I. Oparinga tegishli bo'lib, unga ko'ra organik moddalaratomlar turli shakllarda azotning, kislorodning, vodorodning, fosfor va oltingugurtning atomlari bilan bog'langan modda - uglerod negizida hosil bo'lgan birikimalarning paydo bo'lishi jonli materiya paydo bo'lishining zarur sharti hisoblanadi.
Oparining gipotezasiga ko'ra, tahminan ikki milliard yil ilgari atmosferada erkin kislorod ajralib chiqib, organik moddalardan tayyorlangan allaqanday “sho'rva”ga o'xshash bo'lgan. Organik birikmalarning rivojlanishgi jarayonida uglerodning juda ham murakkab birikmalari - benihoya katta molekulalar paydo bo'ldi.
Oqsilli molekula bilan muhit o'rtasida modda almashinuvi avval boshdanoq faol jarayon edi. Bu benihoya katta molekulalar koatservatlar degan nom bilan atala boshladi. Koatservat tomchilari ma'lum ma'noda tuyimli moddalar uchun ko'rashda o'zaro raqobat qilishardi, degan tahminlar ham bor. Bu tomchilarning ancha kulay kimyoviy tarkibiga yoki strukturaga ega bo'lgan ba'zi birlari boshqalariga nisbatan tezroq usdi. Ular ertaroq kattalashib, beqaror bo'lib qolishar va ancha mayda zarrachalarga parchalanib ketishardi. So'ngra jarayon yana takrorlanardi: usish, parchalanish va hokazo.
In'iksoning o'ziga xos qoldiq shakllari mavjud bo'lgan bunday organik strukturalar bir qancha geologik davomida faoliyat ko'rsatgan holdahozirgi zamon jonli sistemalari ajdodlarining paydo bo'lishiga olib kelganligini faraz qilish uchun asos bo'lgan.
Har qanday jonli organizm barcha tashqi kuzatuvchilarga nisbatan tanlangan holda (faol) munosabatda bo'ldi va bu bilan jonli materiyaning sifat jihatidan yangi xususiyatni - o'z-o'zini tartibga solish xususiyatini namoyon qiladi.
Uzoq davr davom etgan evolyutsiya natijasida hozirgi organizmlarda in'ikosning qo'zg'aluvchanligidan tortib to uning ancha yuksak darajasidagi shakllari - psixik hayotning ifodaga qadar turli xildagi shakllarni ko'ramiz.
O'simlik va hayvonlarga mansub shakllar evolyutsiyasining barcha bosqichlarida jamiki jonli organizmlar in'ikosning alohida, biologik shakli - ta'sirlanuvchanlikka ega bo'ladi. Ta'sirlanuvchanlik tirik organizmning biolgik ahamiyatiga ega bo'lgan (biotik) ta'sirotlarning ta'siriga javob berish qobiliyati demakdir.
Shunday qilib, sodda hayvonlarda tashqi muhitga yorug'lik bilan issiqlik qo'shilib, muvaqqat bog'lanishlar hosil qilinishiga nisbatan ham faol mo'ljal ola bilish tendentsiyasi mavjudligi namoyon bo'ladi.
In'ikos etish darajasi ko'p hujayralilarga o'xshab suvli muhitga hayot kechiradigan kovakchilar eng sodda ko'p hujayralilar jumlasiga kiradi. Lekin bu organizmlarning tuzilishi bir hujayralilirga nisbitan anchagina murakkabdir. Murakkabligi bu hayvonlarning ko'p hujayrali ekanligida emas, balki ulardagi hujayralarning nisbatan bir emasligidadir: masalan, tanasining tashqi qismida sanchiladigan hujayralar joylashgan bo'lsa, ichki qismi esa ovqat hazm qiladigan hujayralar bilan qoplangan bo'ladi. Ko'p hujayralarning organizmida, shuningdek, organizmning biror-bir qismida ro'y bergan qo'zg'alishning o'tkazgichi funksiyasini bajaradigan alohida sezuvchan protoplazmali hujayralar ham bo'ladi. Alohida sezuvchan (nerv) hujayralari o'zaro birikib, hayvonning butun tanasiga yoyilgan nerv shahobchasini tashkil etadi.
Shunday qilib gangliy funksiyali nerv sistemasining o'ziyoq, cheklanmagan miqdordagi ta'sirlari javob qilishning etarli darajada murakkab vositasidan iboratdir. Etakchi gangliy bilan idora qiluvchi ganglioz nerv sismtemasiga ega bo'lgan hayvonning xatti- harakatlari diffuziyali, turli nerv sistemasiga ega bo'lgan hayvonlarning xatti-harakatlaridan jiddiy farq qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |