Tibbiyot psixologiyasi asoslarini tadqiq etgan klinisist psixologlar (V.M.Bexterov, S.P.Botkin, S.S.Korsakov, A.R.Luriya, V.N.Myasishchev va boshqalar) tadqiqotlarining kishi xulq-atvorida psixikaning qanday rol o'ynashini aniqlashdagi o'rni kattadir. Psixologiya va tibbiyotning tutashgan joyida bo'lgan tibbiyot psixologiyasi psixologiya fanining yutuqlarini kasalliklarning oldini olish bilan bog'liq masalalarni o'rganishda qo'llab kelayotir. Kasallikning zo'rayishi bir tomondan psixik omillarga (tushkunlikka berilish vasvasaga tushush, hadiksirash va shu kabilarga) bog'liq bo'lsa, ikkinchidan dardning o'zi ham, jumladan terapevtik muolajaning samaradorligini pasaytirib yuborishi mumkin bo'lgan alohida psixik holatlarni keltirib chiqaradiki, bu hol vrach va psixologning kuch-g' ayratlari birlashtirilishini zarurat qilib qo'yadi.
Yuqoridagilardan shuni xulosa qilish mumkinki, psixologiya tibbiyot, tabiatshunoslik fanlari bilan chambarchas bog'liq bo'lib, ular bir-birini nazariy va amaliy bilimlar bilan boyitib boradi.
Umumiy psixologiyani bu sohalar bilan bir qatorda qo'yish noto'g'ri chunki, umumiy psixologiya inson ruhiyatining umumiy qonunlarini turlarini metodologik va nazariy tamoyillari asosida o'rganish bilan shug'ullanadi.
Albatta, bugungi kunda psixologiya fani ko'plab fanlar bilan uzviy bog'liqdir. Buni psixofizika, psixofiziologiya, psixolingivistika, matematik psixologiya va hokazolar misolida ko'rish mumkin. Akademik B.M.Kedrovning klassifikasiyasi bo'yicha barcha fanlar 3 guruhga bo'linadi: gumanitar, falsafiy va tabiiy fanlar. Psixologiya faniga to'xtaladigan bo'lsak: B.M.Kedrov fikricha, bu katta uch guruhdan fanlar tizimida psixologiya mustaqil fan sifatida namoyon bo'ladi, hamda u inson psixik faoliyatini tabiiy- tarixiy va ijtimoiy tomonini o'rganadi.
Psixologiya fanining taraqqiyoti tarixi. Psixologiya predmetmi to'liq bayon etish psixologiya fanining o'zini ko'rib chiqishni taqazo etadi.
«Psixologiya» so'zi birinchi marta 1590 yilda nemis teolog olim R. Goklenius tomonidan qo'llanilgan edi. XVIII asrda esa nemis olimi X Volf birinchi marta ilmiy atamalar qatoriga «psixologiya» atamasini kiritdi. U dastlabki yirik ilmiy-psixologik asarlar: «Empirik psixologiya» (1732) va «Ratsional psixologiya» (1734) ni yaratdi.
Psixologiya - ham qadimiy, ham ma'hun darajada yangi fan. Qadimiy fan sifatida u ikki ming yil awal paydo bo'lgan.
Psixika haqidagi dastlabki ilmiy tasawurlar qadimgi dunyo (Hindiston, Xitoy, Misr, Bobil, Yunoniston) da falsafa bag'rida paydo bo'lgan va jamiyatdagi amaliyot, davolanish va tarbiya ehtiyojlaridan kelib chiqqan edi.
asrning 70-80-yillarida psixologiya mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi. Ilmiy psixologiyaning, xususan, eksperimental psixologiyaning asoschisi sifatida 1879 yilda Leyptsig shahrida dunyoda birinchi bo'lib eksperimental psixologik laboratoriyani ochgan nemis tadqiqotchisi V. Vundt tan olingan. Bunga mos ravishda ushbu yil psixologiyaning fan sifatida yuzaga kelgan sanasi bo'lib hisoblanadi. Dastlab eksperimental psixologiyaning asosiy mavzulari sifatida sezgilar va ta'sirlanish vaqti (F. Donders), keyinchalik esa - assotsiatsiyalar (G. Ebbingauz), diqqat (Dj. Kettel), bissiy holat (U. Djeyms, T.A. Ribo), ong va iroda (Vyurtsburgskaya shkola, A. Bine) xizmat qildi.
asrning birmchi yarmida amaliy psixologiyaning ko'plab maxsus bo'limlari yuzaga keldi - bu mehnat psixologiyasi, pedagogik psixologiya, tibbiyot psixologiyasi va boshqalar, shu bilan bir qatorda ilmiy psixologiyaning ko'plab maxsus sohalari - psixofiziologiya, oila, yosh, differentsial psixologiya va boshqalar ajralib chiqdi. Ilmiy amaliy psixologiya turli yo'nalishlar bo'yicha rivojlanib bordi, inqiroz ma'lum darajada bartaraf etilgan bo'lsada, ko'plab masalalar hal etilmagan edi.
XX asrning ikkinchi yarmida ilmiy-texnik inqilob psixologiyaga katta ta'sir ko'rsatdi. Fanda matematika, kibemetika, informatika nazariyalari metodlari, shuningdek, elektron- hisoblash texnikasi kengroq qo'llanila boshladi. Psixologiya tibbiyot va biologiya sohalaridagi eng so'nggi yutuqlardan faol tarzda foydafana boshladi.
Shunday qilib, psixologiya rivojlanish yo'lida uzoq tarixiy yo'lni bosib o'tgan holds, o'rganish predmeti va fan sifatidagi nomlanishini o'zgartirib bordi. L.D. Stolyarenko psixologiyaning fan sifatidagi rivojlanishini to'rt bosqichga ajratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |