3-rasm. Emulsiyali usulda polivinilxlorid olishning texnologik sxemasi:
1-aralashtirgich, 2-polimerizator, 3-degazator, 4-yig’gich, 5-mo’tadillovchi qurilma, 6-purkovchi quritkich.
Polimerlash jarayoni bosim 0.5…0.8MPa va temperature 40…600C da o’tkaziladi. Monomer konversiyasi -90% .Tarkibida 40% polimer bo’lgan lateks degazator 3 ga uzatiladi, unda vakuum ostida reaksiyaga kirishmagan vinilxloriddan ajratiladi va reftifikatsiyadan so’ng siklga qaytariladi. Degazator 3 dan lateks yig’gich 4 ga oqib tushadi va undan sodaning suvli eritmasida mo’tadillash qurilma 5 ga o’tkaziladi .So’ng ,lateks purkovchi quritkich 6 ga yuboriladi va 1600C li issiq xavo yordamida quritiladi. Qoldiq namlik 0,4% gacha quritilgan kukunsimon polimer elashga va qoplashga uzatiladi.
Emulsiyali usul kamchiliklari: polimer emulgator qoldiqlari bilan ifloslangan; dielektrik xossalari past.
Do'stlaringiz bilan baham: |