Inson kamoloti - bu insonning keng ma’noda ichki va tashqi omillar ta’sirida shakllanishi jarayonidir. Bu jarayonda tarbiyaning muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlanadi.
Komil inson tarbiyasi - bu ta’lim-tarbiya jarayoni orqali amalga oshiriladi va pedagogika fani asosida tarkib toptiriladi. Buning uchun quyidagi manbalarni chuqur o’rganish, tahlil qilish, o’zlashtirish va o’z turmush tarzimizda (kundalik faoliyatimizda) joriy etishimiz lozim:
- “Avesto”dagi “Ezgu o’y, ezgu fikrga amal” tizimi bo’yicha fikr yurita olishlikni amalga oshirish va yoshlar tarbiyasida ulardan foydalanish;
- Qur’oni Karim, Hadisi Shariflardagi manbalar bo’yicha yoshlar ongiga ma’naviy ruhiy poklikning mezonlari va tamoyillarini singdirish;
- Abu Nasr Farobiyning fozil odamlar haqidagi ta’limoti asosida ta’lim-tarbiya berish;
- Abu Rayhon Beruniy va Abu Ali ibn Sinolarning pedagogik va falsafiy qarashlari asosida ta’lim-tarbiya berish;
- Yusuf Hos Hojib va Ahmad Yugnakiy asarlarida tasvirlangan benuqson insonlar haqidagi ta’limotlari asosida ta’lim-tarbiya berish;
- Abduholiq G’ijduvoniy, Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband, Mashrab, Imom al-Buhoriy, At-Termiziy, Marg’iloniy, Motrudiy, So’fi Olloyor va boshqalarning komil inson haqidagi ta’limotlari asosida ta’lim-tarbiya berish;
- Amir Temur “Tuzuklari” va Qozizodaning “Hukmdorga o’gitlar” ta’limotlari asosida ta’lim-tarbiya berish;
- Alisher Navoiyning adolatli jamiyat va komil inson ta’limoti asosida ta’lim-tarbiya berish;
- Mirzo Boburning dinlararo bag’rikenglik, millatlararo totuvlik va bunyodkorlik g’oyalari asosida ta’lim-tarbiya berish;
- O’zbek xalq pedagogikasi namoyandalarining barkamol inson ta’lim va tarbiyasi haqidagi nazariyalari asosida ta’lim-tarbiya berish va shu kabilar.
9. Mustaqillik pedagogikasi. Bu O’zbekistonning mustaqillikka erishishi natijasida va erkin fikrlashga to’liq imkoniyatlar yaratilishi bilan bog’liq holda yuzaga kela boshladi. Natijada pedagogikada sog’lom aql, ijodiy muhit, milliy ruhiyat va an’analar, marosimlar, urf-odatlarga mos tarzda ta’lim-tarbiyani olib borish imkoniyati yaratildi.
Zamonaviy milliy pedagogikamizga millat ruhiyatining nozik jihatlariga kirib borish imkoniyati yaratildi va dunyo tarbiyashunosligidagi eng so’nggi yutuqlarni ham hisobga olish imkoniyati yaratildi. Ana shu sababli ham bugungi milliy pedagogikamiz muntazam ravishda taraqqiy etmoqda va unga barkamol avlodni shakllantirishdek muhim vazifa qo’yilgan. Ayni paytda barcha pedagogik tadbirlarda yoshlar ta’lim-tarbiya jarayonining obyektigina emas, balki subyekti, ya’ni ijrochisi ham ekanligiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu ta’lim-tarbiya oluvchilarning mustaqil va erkin fikrlashlarini ta’minlashga imkon bermoqda. Eng asosiysi yoshlarda tarbiyalanish va o’qishga ehtiyoj uyg’otishga yo’naltirilgan holda ta’lim-tarbiya ishlari olib borilmoqda.
Demak, bugungi pedagogikamiz uchun muayyan bilimlar yig’indisi emas, balki bola shaxsi bosh qadriyatga aylandi. Shu sababli ham bugungi yoshlarga qo’yiladigan talab, faqatgina bilimli bo’lish emas, balki izlanuvchan, tashabbuskor, fidoyi, intellektual salohiyatli bo’lishni ham talab qilmoqda va albatta unga mos bo’lgan yechimini kutayotgan muammolar ham mavjuddir.
PEDAGOGIKA fanining dolzarb muammolari:
Do'stlaringiz bilan baham: |