A.S.Makarenko aytganidek
, "Agar pedagog mahoratni egallamas ekan,
agar u bolalar muhitidagi ilg’or kuchlarga tayana olmas ekan, ularning
o’stirishini rag’batlantirib, eng yaxshi faoliyatlarini rivojlantira olmas
ekan, u muqarrar ravishda shaxsiy ta’sir ko’rsatishni mo`tloqlashtirib
boradi, ya’ni o’ziga eng oson yo’lni tanlaydi.
Chinakam mahorat bilan obro`talablik bir biri bilan sig’isha olmaydi.
Agar chinakam mahoratli pedagog hamma vaqt munosabatlar sistemasi
bolalarning ijodiy kamolatiga yordam berishi lozimligini uylasa
obro`talab pedagog ularning mustaqil faoliyatini nihoyatda toraytirib,
ularning so’zsiz quloq solishlarini yoqtiradi, bu bilan bolalar muhitidagi
tarqoqlikka ko’maqlashadi."
Pedagogik mahorat o’ziga bolalar haqidagi ta’lim tarbiya jarayonini
tashkil etish va uning mazmuni, metodlari haqidagi keng bilimlarni
qamrab oladi. Bu bilimlar umumiy pedagogik madaniyatni tashkil etadi,
o’qituvchi-tarbiyachi bu madaniyatni egallamas ekan hech vaqt o’z
kasbining chinakam ustasi bo’la olmaydi.
Zamonaviy o’qituvchiga birgina umumiy madaniyatning o’zi kifoya
qilmaydi. Bolalarni ko`zatish, ularni o’sishidagi muhim narsalarni
jamiyatda vujudga kelgan asosiy g’oyalar bilan taqqoslash, ularni
rivojlanish yo’llari va usullarini aniqlash turli vositalar, tarbiyaviy ta’sir
ko’rsatish usullarining o’zaro bir-biriga o’tishi dialektikasini chuqo`r
tahlil qilish, pedagogik izlanishlar va yo`tuqlarni ilmiy jihatdan bir
sistemaga solish malakalari zarur bo’ladi.
Mutaxassislarning pedagogik mahorat tushunchasi mohiyatini ochib
berishga oid turlicha qarashlarini kuzatishimiz mumkin. Taniqli ukrain
pedagogi Zyazyunning fikricha, Pedagogik mahorat - bu o‘qituvchining
yuqori darajadagi kasbiy tayyorgarligini ta’minlovchi kasbiy va shaxsiy
sifatlari yig‘indisidir.
Pedagogik mahorat - bu o‘qituvchi nutqining ravon va ta’sirchan
o‘tilayotgan mavzuga o‘quvchi diqqatini torta oladigan, mavzuga mos
ko‘rgazmalar - ijod qilib va undan unumli foydalana oladigan, har qanday
sharoitda ham o‘quvchi qalbiga yo‘l topa oladigan, har bir dars bolaning
qiziqish va faoliyatini oshira oladigan kishini tushunamiz.
Pedagogik mahorat - izlanish, ijodiy mehnat mahsuli. Pedagogik mahorat
hamma o‘qituvchilar uchun bir qolipdagi ish uslubi emas, balki u har bir
o‘qituvchi o‘z ustida ishlashi, ijodiy mehnati jarayonida yuzaga keladigan
jarayondir. Pedagogik mahorat bir qator komponentlardan tarkib topadi.
U pedagogika va psixologiya bo‘yicha ilmiy bilimlarni, ya’ni kasbiy
bilimlar, kasbiy qobiliyat, pedagogik etika va pedagogik texnikani o‘z
ichiga oladi. Pedagogik mahorat - bu pedagogik (o‘quv tarbiyaviy)
jarayonining barcha shakllarini eng qulay va samarali holatda tashkil
etish, ularni shaxs kamoloti maqsadlari tomon yo‘llantirish,
tarbiyalanuvchilarda dunyoqarash, qobiliyatni shakllantirish va ularda
jamiyat uchun zarur bo‘lgan faoliyatga moyillik uyg‘otishdir.
Pedagogik mahoratning asosiy negizi bu - kasbga oid bilimlarni puxta
o‘zlashtirishdan iboratdir. O‘qituvchi o‘quv yurtidayoq ilmiy bilimlar
tizimini puxta egallab olishi kerak. Pedagogik mahoratni egallashda
psixologiya va pedagogika faniga doir bilimlar katta rol o‘ynaydi. Ilmiy
psixologik va pedagogik bilimlar sistemasining mavjudligi o‘qituvchiga
faqat o‘z sinfini hamda ayrim o‘quvchilarni o‘rganish va ularning to‘g‘ri
fe’l-atvorlarini tushunishgagina emas, balki bolalar jamoasi va uning har
bir a’zosini rivojlanish istiqbolini ham belgilash imkonini beradi.
Muvaffaqiyatli ishlash uchun har bir o‘qituvchi pedagogik mahoratga ega
bo‘lishi zarur. Pedagogik mahorat egasi oz mehnat sarf qilib, katta
natijaga erishadi. Ijodkorlik hamisha uning hamkori bo‘ladi. Pedagogik
ishga qobiliyatli, iste’dodli kishidagina pedagogik mahorat bo‘lishi
mumkin. Qobiliyat esa faoliyat jarayonida paydo bo‘ladi va rivojlanadi.
Qobiliyatli va mahoratli o‘qituvchi oldida esa hozirgi kun talabi asosida
vatanimiz ravnaqi uchun xizmat qila oladigan, buyuk vatanni dildan
sevadigan va bu yo‘lda o‘z jonini ham ayamaydigan yoshlarni vatanga
mehr - muhabbat ruhida tarbiyalash vazifasi turadi.
Uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish muammolari to‘g‘risida O‘zbekiston
Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A. Karimov: «O‘qituvchi va
murabbiylar- ning hayotiy talablarini qondirish, ularni rag‘batlantirish,
ularning o‘z ishi, kasbidan mamnun bo‘lishini ta’minlashimiz lozim va ...
bu masalani yechmasdan turib, kelajak avlod tarbiyasi to‘g‘risida
gapirishning o‘zi mutlaqo nomaqbuldir»,- deb ta’kidlagan edi.
O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni va «Kadrlar
tayyorlash Milliy dasturi» o‘qituvchilar oldiga juda katta va mas’uliyatli
vazifalar yukladi. Bu esa o‘qituvchilardan o‘z ustilarida muntazam
tinmay ishlashlari va yosh avlodni o‘z Vataniga, xalqiga munosib insonlar
qilib tarbiyalashni talab etadi.
O‘qituvchilik kasbi ulug‘ va sharafli, murakkab, o‘z o‘rnida mas’uliyatli
kasblardan biridir. Dunyodagi barcha insonlarni komil bo‘lib yetishishida
o‘qituvchi sababchi bo‘ladi. Barcha joylardagi hamma kasb-hunar, ilmli,
olimu fuzalolar o‘qituvchining mehnati samarasidir. O‘qituvchi
mehnatini biror narsa bilan taqqoslab bo‘lmaydi. O‘qituvchilik kasbini
egallashga intilayotgan har bir inson o‘zida avvalo iroda, sabr-matonat,
pedagogik mahoratni, o‘qituvchilik ixtisosligiga xos bilim, malaka,
ko‘nikmalarni egallashi lozimdir. Bugungi kun o‘qituvchisi:
dunyoqarashi keng, hamma voqea, hodisa ustida erkin fikr yurita olishi;
o‘zi o‘qitadigan fanni chuqur egallagan bo‘lishi; hozirgi zamon fan-
texnika talabiga muvofiq yaxshi dars berishi va uning har daqiqasidan
unumli foydalanishi; pedagogika, psixologiya hamda o‘z fanining
metodikasini yaxshi bilishi zarur.
Va nihoyat muallimda o‘qituvchiga xos bo‘lgan qobiliyatlar mujassam
etgan bo‘lishi lozim.
Pedagogik mahoratga pedagogik bilimlar, fahm-farosat bilan bir qatorda
pedagogik texnika sohasidagi malakalar ham kiradi, ular tarbiyaga ozroq
kuch sarflab ko‘proq natijalarga erishish imkonini beradi.
Pedagogik mahorat o‘ziga bolalar haqidagi ta’lim-tarbiya jarayonini
tashkil etish va uning mazmuni, metodlari haqidagi keng bilimlarni
qamrab oladi. Bu bilimlar umumiy pedagogik madaniyatni tashkil etadi,
o‘qituvchi-tarbiyachi bu madaniyatni egallamas ekan hech vaqt o‘z
kasbining chinakam ustasi bo‘la olmaydi.
Zamonaviy o‘qituvchiga birgina umumiy madaniyatning o‘zi kifoya
qilmaydi. Bolalarni kuzatish, ularni o‘sishidagi muhim narsalarni
jamiyatda vujudga kelgan asosiy g‘oyalar bilan taqqoslash, ularni
rivojlanish yo‘llari va usullarini aniqlash turli vositalar, tarbiyaviy ta’sir
ko‘rsatish usullarining o‘zaro bir-biriga o‘tishi dialektikasini chuqur tahlil
qilish, pedagogik izlanishlar va yutuqlarni ilmiy jihatdan bir sistemaga
solish malakalari zarur bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |