1-Mavzu: Pеdаgоgik fikr tarixi va maktab amaliyotida o’qituvchi mahorati masalalari Reja



Download 0,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/47
Sana26.02.2022
Hajmi0,74 Mb.
#468330
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   47
Bog'liq
Hamma mavzular pedagogika (1)

4.Pedagogik boshqaruv mahorati. 
Dars jarayonida o‘quvchilar bilish 
faoliyatini boshqarish bir necha omillarga bog‘liq. Ularning eng 
asosiylaridan biri o‘quvchilarni o‘z faniga qiziqtira olishdir. Olimlar 
ta’kidlaganidek, faqat qiziqishgina psixik jarayonlar va ularning idrok, 
diqqat, xotira, tafakkur va iroda kabi funksiyalariga ijobiy ta’sir 
ko‘rsatadi. 
Ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchining bilishga oid qiziqishlari ko‘p 
qirrali qiyofalarda namoyon bo‘ladi: o‘quvchini harakatchan va 
qiziquvchanligi, o‘quvchining ayrim o‘quv faoliyatiga shuningdek
umuman o‘qishga bo‘lgan motivlari, o‘quvchi shaxsining o‘ziga xos 
belgilari va uning yo‘nalishini qaror topishi ana shular jumlasidandir. 
O‘quvchi yosh davriga xos tabiiy faolligi, biror bir aqliy qiziqish bilan 
qamrab olinmasa, uni qaysi tomon boshlab ketishini oldindan aytish 


qiyin. Shuning uchun ham K.D.Ushinskiy «zo‘rlash va majburlashga 
asoslangan o‘qitish» o‘quvchining aqliy rivojlanishiga hech qanday ta’sir 
ko‘rsatmasligini alohida ta’kidlab o‘tgan edi. Shuni ta’kidlash lozimki, 
qiziqishlar va motivlar o‘quvchilar o‘quv faoliyatlarining shakllanish 
darajasiga qarab shaxsning shakllantiruvchi (o‘quvchining nazariy fikri, 
o‘qish faoliyatini o‘quvchi shaxsi uchun ahamiyati) dastlabki omillar 
bilan o‘zaro murakkab munosabatlarda namoyon bo‘ladi. 
O‘quvchilarning o‘qishga (bilishga) bo‘lgan qiziqishlarini shakllantirish 
shartlari qanday? Mohir o‘qituvchi ularni darsda o‘quvchilarda 
shakllantirish uchun nima qilishi kerak? O‘quv faoliyatini faollashtirish 
va o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarni doimo rivojlantirib borish uchun nima 
qilish kerak? 
Mohir o‘qituvchi o‘quvchilarda o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarni 
shakllantirish va doimo rivojlantirib borish uchun quyidagilarga amal 
qilishi muhimdir: O‘quv- chilarni bilishga intilishini, fanga umuman 
olganda aqliy mehnatga qiziqishlarini rivojlantirish o‘quv jarayonini 
shunday tashkil etilishini ta’minlaydiki, unda o‘quvchi faol harakat qiladi, 
mustaqil izlanish va yangi omillarni «kashf etish» ga, muammoli 
vaziyatlarni o‘zi hal etishga intiladi. O‘quv faoliyati boshqa faoliyatlar 
kabi faqat turlicha bo‘lgandagina, qiziqarli bo‘ladi. Bir xil usulda axborot 
berish va bir xil usuldagi harakatlar tez orada zerikishni vujudga keltiradi. 
Fanga bo‘lgan qiziqishni shakllantirishda bu fanni va uning ayrim 
qismlarini o‘rganishning zarurligi, muhimligi va maqsadga muvofiqligini 
o‘quvchilarga anglatish juda zarurdir. O‘tilayotgan material oldingi 
material bilan qanchalik ko‘proq bog‘lab tushuntirilsa, u o‘quvchilarga 
shunchalik qiziqarliroq tuyuladi. O‘quv materialini o‘quvchilarni 
qiziqtiradigan narsalar bilan bog‘lab tushuntirish ham, ularni darsga 
qiziqtirishda muhim rol o‘ynaydi. O‘rtacha qiyinlikdagi o‘quv materiali 
ham o‘quvchilarda qiziqish uyg‘otmaydi. O‘quv materiali bir oz qiyinroq, 
lekin o‘quvchilar kuchi yetadigan bo‘lishi kerak. O‘quvchilar bajargan 
ishlarni tez-tez tekshirish ham ularni fanga bo‘lgan qiziqishini uyg‘otadi. 
O‘quv materialining aniqligi, hissiyotga boyligi, o‘qituvchining zavqlanib 
gapirishi ham o‘quvchiga, uni fanga bo‘lgan qiziqishini ortishiga juda 
katta ta’sir ko‘rsatadi. 
Yuqoridagi ta’riflarda pedagogik boshqaruv mahoratining qaysi jihati 
yaqqol ko‘zga tashlanadi? Pedagogik boshqaruv mahorati o‘qituvchilar 
tomonidan o‘qitish metodlarini tanlashga alohida e’tibor beradilar. 


O‘quvchilarning frontal, differensiyalashgan va yakka tartibdagi 
faoliyatlarining umumiy jihatlari ko‘proq bo‘lsa-da, ularni tashkil etish 
o‘qituvchidan o‘ziga xos ijodiy yondashishni talab qiladi. O‘quvchilik 
faoliyatining obyektini tarkibi va o‘ziga xosligi uning har bir aniq 
vaziyatga ijodiy yondashishini taqozo qiladi. Agar butun sinf, guruh va 
alohida shaxsga nisbatan bir xil metod bilan ta’sir ko‘rsatilar ekan, unda 
tarbiyasi ham, ijodiy yondashish ham barbod bo‘ladi. 
Ayrim hollarda o‘qishga qiziqtiruvchi metodlardan, boshqa hollarda esa 
burch va javobgarlikni his etishni rag‘batlantiruvchi metodlarga ko‘proq 
e’tibor berish tavsiya etiladi. Tajribali o‘qituvchilar o‘tilayotgan mavzuni 
xalq xo‘jaligi masalalarini hal etishdagi ahamiyatiga oid qiziqarli misollar 
keltiradilar, didaktik o‘yinlardan, o‘quvchilar faolligini rag‘batlantiruvchi 
turli usullardan foydalanadilar. Lekin o‘quvchi faoliyatida hamma narsani 
ravshan va qiziqarli holda tasavvur etish qiyin. Shuning uchun ham 
o‘qituvchi o‘quvchilarda paydo bo‘la- digan qiyinchiliklarni yengish 
uchun o‘ziga iroda va qat’iylikni ham tarkib topshirishi zarur.Ayrim 
pedagoglar kasbiy mahorat sirlarini egallash uchun avvalo ta’lim va 
tarbiya metodlarini takomillashtirishga intiladilar. Bu tabiiy hol, chunki 
aynan metodlar yordamida pedagog o‘z o‘quvchilarini turli o‘quv 
faoliyatiga jalb qiladi. Bu bilan o‘quvchilarda muayyan bilim, ko‘nikma, 
malakalar va xulqni shakllantiradi.Lekin aynan bir xil metod bilan 
ishlagan turli o‘qituvchilarning erishgan natijalari ham turlicha bo‘lishi 
aniqlangan. Buning ustiga, sinovdan o‘tkazilgan metodlardan 
foydalangan bo‘lsalarda, ayrim o‘qituvchilar, hatto eng quyi darajadagi 
o‘zlashtirish natijalariga ham erisha olmaganlar. Bunday o‘qituvchilar: 
«Hamma narsani metodik tavsiya asosida bajardim, nima uchun bolalar 
mavqey solish, qaysarlikni va dars tayyorlamaslikni yana davom 
ettirmoqdalar?» - deb hayron bo‘ladilar. Gap shundaki, o‘quvchilarni 
bilim olishga qiziqtirishda o‘qituvchi tomonidan tanlangan metodlar
usullar va topshiriqlardan boshqa sabablar ham ta’sir ko‘rsatadi. 
Pedagog faoliyatining boshqaruv mahorati uning shaxsi, xarakteri, 
o‘quvchilar bilan muomalasiga ham ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘ladi. Odatda 
bularning ta’lim-tarbiya jarayoniga ta’siri ahamiyatsizdek tuyuladi. Lekin 
tajribali pedagog uning xatti-harakati o‘quvchilarga qanday ta’sir 
ko‘rsatayotganligiga ahamiyat berib, unga kerakli tuzatishlar kiritib, 
takomillashtirib boradi. Bunday o‘qituvchilarning ilhombaxsh 
muammolaridan o‘quvchilarda o‘qishga intilish o‘zlarida yanada 
yaxshiroq o‘qishni uddalay olishiga ishonch hissi paydo bo‘ladi. Bu holda 


ta’lim va tarbiya metodlari pedagog shaxsida mujassamlangan sifatlarni 
amalga oshirish va undan o‘quvchiga axloqiy fazilatlarni o‘tkazish 
vositasiga aylanadi. Shuning uchun ham, pedagogik mahoratni o‘qituvchi 
shaxsi sifatlarining majmui sifatida qarab, uni o‘qituvchi yuqori darajada 
psixologik-pedagogik tayyorgarlikka ega bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lishini 
e’tirof etish lozim. 

Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish