1-mavzu. «Pedagogik fanlarni oʻqitish metodikasi» fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Reja


Baholash mezonlari va ulardagi xatoliklar



Download 1,28 Mb.
bet73/75
Sana09.07.2022
Hajmi1,28 Mb.
#763322
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75
Bog'liq
2 5359687889087108816

Baholash mezonlari va ulardagi xatoliklar
Tekshirishdan tashqari nazorat oʻz ichiga baholashni (jarayon sifatida) va baho (natija sifatida)ni ham oladi.
Baholash deb bilim, koʻnikma va malakalarni oʻquv dasturida koʻrsatilgan eta-Ion (koʻrsatkich, qolip, oʻlchagich)lar bilan solishtirishni aytamiz.
Baho deb baholashning ball shaklida koʻrsatilgan son jihatdan oʻlchanishiga aytiladi. Oʻzlashtirish tabellari, guruh jurnallari, reyting daftarchalari va shu kabilarda baholash shartli belgilar, kod signallari, xotiralash belgilari va hokazolar baho koʻrinishida qayd etiladi. Har bir baholovchi flkrga oldindan kelishilgan (belgilangan) ball, koʻrsatkich (masalan, oʻrin - 1, 2, 3, 4 va hokazo) tayinlanadi. Bunda baho oʻlchash va hisoblashlar natijasida olinadigan son emas, balki baholovchi fikrga yuklangan ma'no ekanini unutmas-lik muhim. Baholarni son sifatida qoʻllashga berilib ketishning oldini olish uchun bir qator mamlakatlarda baholash harflarda (A, B, C, D va hokazo) ifodalanadi.
Bahoni amalda egallangan bilim, koʻnikma va malakalar bilan davlat ta'lim standartiga koʻra oʻzlashtirilishi belgilangan bilim, koʻnikma va malakalar umumiy hajmi oʻrtasidagi nisbat sifatida tushunish (ta'riflash)dan ta'lim darajasining miqdoriy mazmuni kelib chiqadi.
Oʻzlashtirish (ta'lim samaradorligi) koʻrsatkichi


B = — 100% ',-■■
T
nisbat asosida hisoblanadi.
Bunda: -
B - oʻzlashtirish (ta'lim samaradorligi) bahosi;
A - amalda oʻzlashtirilgan bilim va malakalarning hajmi;
T - oʻzlashtirish uchun taklif etilgan bilim va malakalarning toʻliq hajmi.
Koʻrinib turibdiki, oʻzlashtirish koʻrsatkichi (baho) bu oʻrinda 100 % - axborotni toʻliq oʻzlashtirish va 0 % - uning umuman mav-jud emasligi oʻrtasida boʻladi. Ma'lumki, baholash funksiyasi ta'lim darajasini qayd etish bilangina cheklanmaydi.
Baho - pedagog ixti-yoridagi oʻqishni, ijobiy motivatsiyani ragʻbatlantirishning va shaxsga ta'sir koʻrsatishning yagona vositasi. Aynan xolis (obyektiv) baholash ta'sirida, ta'lim oluvchilarda adekvat oʻz-oʻzini baholash, shaxsiy muvaffaqiyatlarga tanqidiy munosabat yuzaga keladi. Shu bois bahoning ahamiyati, vazifalarining xilma-xilligi ta'lim oluvchilar oʻquv faoliyatlarining barcha jihatlarini aks ettiradigan va ularni aniqlashni ta'minlaydigan koʻrsatkichlarni izlab topishni talab etadi.
Toʻgʻri tashkil etilgan hisobga olish natijasida ta'lim beruvchi ta'lim oluvchilarning oʻzlashtirishini aniq baholay oladi, ularning oʻz bilimlarini takomillashtirishga intilishini yuzaga keltiradi, aqliy va axloqiy rivojlanishiga ta'sir etadi.
Ta'lim oluvchilarning oʻzlashtirish natijalarini hisobga plishda quyidagilarga e'tiborini qaratishi lozim:
• oʻquv dasturi asosida mavzu va boʻlimni oʻrganishda ta'lim oluvchilarning bilim, koʻnikma va malakalarini har tomonlama nazorat qilish;

  • har bir yakunlangan mavzu boʻyicha ta'lim oluvchilarning faoliyati toʻgʻrisida toʻliq xulosa chiqarish;

  • oʻrtacha arifmetik ma'lumotlarga tayanibgina ta'lim oluvchilarning oʻzlashtirish darajasini baholamaslik;

• ta'lim oluvchilarning mavjud bilimlariga aniq, batafsil ma'lumot (tavsif) berish uchun ularning bir necha oʻquv yilidagi statistik oʻzlashtirish ma'lumotlarga asoslanib tahlil etish.
Demak, oʻzlashtirishni nazorat qilish va hisobga olish nazorat, oʻqitish, tarbiyalash va rivojlantirish vazifalarini bajaradi.
Nazorat qilish vazifasi oʻquvchilarning bilim, koʻnikma va malakalar darajasini aniqlash va baholashdan iborat. Bu oʻquv materiallarini oʻrganishning keyingi bosqichiga oʻtish imkoniyatlarini aniqlashti-radi hamda ta'lim beruvchining oʻquv metodlarini va usullarini toʻgʻri tanlaganini nazorat qiladi.
Oʻqitish vazifasi ta'lim oluvchilarning bilimini tekshirishda aniq koʻrinadi. Yangi mavzuni mustahkamlash jarayonida yoki uy vazifalarini tekshirishda ta'lim oluvchilarning oʻtilgan mavzuni takrorlashga, ular uchun tushunarsiz boʻlgan ma'lumotlarni bilib olishlariga imkon tugʻiladi. Chunki, guruhdagi boshqa ta'­lim oluvchilar javob berayotgan ta'lim oluvchining fikrini diqqat bilan tinglashadi va avval egallagan bilimlarini mustahkamlab, qoʻshimcha ma'lumotlar bilan boyitishadi. Oʻrtoqlarining javobla-riga qoʻshimcha qilishga yoki yechilmay qolgan savollarga javob berishga shaylanish orqali oʻrganilgan mavzuni aniqlashtirishga harakat qiladi.
Nazoratning tarbiyaviy vazifasi shundan iboratki, ta'lim oluvchi­lar tekshirishga tayyor boʻlish uchun darslarni oʻz vaqtida tayyorlaydilar, boʻsh vaqtlaridan unumli foydalanishga harakat qiladilar, intizomga oʻrganadilar.
Agar nazoratning oʻqitish va tarbiyalash vazifalari toʻgʻri amalga oshirilsa, shaxsning tafakkurini rivojlantirishga, his-tuygʻulari va axloqiy sifatlami tarbiyalashga imkon tugʻiladi. Bu esa oʻz-oʻzidan nazoratning rivojlantiruvchi vazifasi sanaladi.
Ta'lim oluvchilarning bilim, koʻnikma, malakalarini baholash turlari va mezonlari. Ta'lim oluvchilarning bilim, koʻnikma va malakalarini baholash mezonlari hamma vaqt bahstalab mavzu boʻlib kelgan. Chunki u turli adabiyotlarda turlicha yoritilgan. Biroq mavjud qarashlarni umumlashtirib aytish mumkinki, ta'lim oluvchilarning bilim, koʻnikma va malakalarini baholash mezon-iari har bir fanning maqsad va vazifalariga, shuningdek, guruhda-gi ta'lim oluvchilarning oʻzlashtirish darajasigatayangan holda bel-gilanadi.
Respublikamiz oliy oʻquv yurtlarida Oliy va oʻrta maxsus ta'lim Vazirligining 2010-yil 25-avgustdagi 333-sonli buyrugʻi bilan tasdiq-langan «Oliy ta'lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi toʻgʻrisidagi muvaqqat Nizom»iga oid nazorat turlari quyidagicha:

  • Joriy nazorat (JN);

  • Oraliq nazorat (ON);

  • Yakuniy nazorat (YaN).

Reyting nazorati jadvallari, nazorat turi, shakli, soni hamda har bir nazoratga ajratilgan maksimal ball, shuningdek, joriy va oraliq nazoratlarining saralash ballari haqidagi ma'lumotlar fan boʻyicha birinchi mashgʻulotda talabalarga e'lon qilinadi.
Joriy nazorat - talabaning fan mavzulari boʻyicha bilim va amaliy koʻnikma darajasini aniqlash hamda baholash usuli. Joriy nazorat fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda, seminar, laboratoriya va amaliy mashgʻulotlarda ogʻzaki soʻrov, test oʻtkazish, suhbat, nazorat ishi, kollokvium, uy vazifalarini tekshirish va shu kabi boshqa shakllarda oʻtkazilishi mumkin.
Oraliq nazorat - semestr davomida oʻquv dasturining tegishli (fanning bir necha mavzularini ichiga olgan) boʻlimi tugullangan-dan keyin talabaning bilim va amaliy koʻnikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Oraliq nazoratining soni (bir semestrda ikki martadan koʻp oʻtkazilmasligi lozim) va shakli (yozma, ogʻzaki, test va hokazo) oʻquv faniga ajratilgan umumiy soatlar hajmidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Yakuniy nazorat - semestr yakunida muayyan fan boʻyicha nazariy bilim va amaliy koʻnikmalarni talabalar tomonidan oʻzlashtirish darajasini baholash usuli. Yakuniy nazorat, asosan, tayanch tushun-cha va iboralarga asoslangan «Yozma ish» (tibbiy oliy ta'lim muassa-salari uchun «Yozma ish» yoki OTKS (obyektiv tizimlashtirilgan kli-nik sinov) shaklida oʻtkaziladi.
Ta'lim yoʻnalishi va mutaxassisliklari ayrim fanlarining xususi-yatlaridan kelib chiqqan holda fakultet Ilmiy kengashi qarori asosi­da koʻpi bilan 40 % faniardan yakuniy nazoratlar boshqa shakllarda (ogʻzaki, test, himoya va hokazo) oʻtkazilishi mumkin.
Talabaning fan boʻyicha mustaqil ishi JN, ON hamda YaN turlarida baholanadi.
Talabalarning bilim saviyasi, koʻnikma va malakalarini nazo­rat qilishning reyting tizimi asosida talabaning har bir fan boʻyicha oʻzlashtirish darajasi ballar orqali ifodalanadi.
Har bir fan boʻyicha talabaning semestr davomidagi oʻzlashtirish koʻrsatkichi 100 ballik tizimda butun sonlar bilan baholanadi. Ushbu 100 ball baholash turlari boʻyicha quyidagicha taqsimlanadi:
YaN - 30 ball; JN va ON - 70 ball (fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda 70 ball kafedra tomonidan joriy va oraliq nazoratlari-ga taqsimlanadi).
Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi namunaviy mezonlar tavsiya etiladi:
86-100 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • xulosa va qaror qabul qilish;

  • ijodiy fikrlay olish;

  • mustaqil mushohada yurita olish;

  • mohiyatini tushunish;

  • bilish, aytib berish;

  • tasavvurga ega boʻlish.

. 71-85 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
• mustaqil mushohada yurita olish;
• olgan bilimlarini amalda qoilay olish;

  • mohiyatini tushunish;

  • bilish, aytib berish;

• tasavvurga ega boʻlish.
55-70 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • mohiyatini tushunish;

  • bilish, aytib berish;

  • tasavvurga ega boʻlish.

Quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi (qoniqarsiz) 0—54 ball bilan baholanishi mumkin:

  • aniq tasavvurga ega boʻlmaslik;

  • bilmaslik.

Shuningdek, 86-100 ball - «a'lo», 71-85 ball - «yaxshi», 55-70 ball - «qoniqarli», 0-54 ball - «qoniqarsiz» baho deb baholanadi.
Talabaning fan boʻyicha bir semestrdagi reytingi quyidagicha aniqlanadi:

bu yerda:

Download 1,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish