1-mavzu: O‘zbekistonning tabiiy sharoiti va resurslari Reja



Download 76,55 Kb.
bet5/5
Sana22.04.2022
Hajmi76,55 Kb.
#574964
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-mavu

5.Yer va tuproq resurslari. O’zbekistonning umumiy yer resurslari 44,9 mln ga atrofida, uning 58-60 foizi qishloq xo’jaligida foydalanishga yaroqli hisoblanadi. Sug’orma dexqonchilik maydonlari 4,3 mln gektarga yaqin, uning yarmidan ko’prog’i tekislik hududlariga, qolgan qismi tog’ va tog’oldi hududlarga to’g’ri keladi.
Lalmikor yoki tabiiy holda namlanib dehqonchilik qilinadigan yerlarning umumiy maydoni 750 ming ga, ularning 3/5 qismi tabiiy namgarchilik bilan to’liq ta’minlangan. Tabiiy yaylovlar 22 mln ga yoki respublika umumiy maydonining teng yarmiga yaqinini tashkil qiladi. Biroq, bu yerlarning barchasi ham suv bilan ta’minlanmagan.Respublikaning ko’pchilik qismida qo’ng’ir tusli sur tuproqlar (bo’z tuproqlar) tarqalgan. U.Tojiev, X.Namozov va ularning muallifdoshlari ma’lumotlariga binoan cho’l mintaqasida sur tusli qo’ng’ir, cho’l qumli va o’tloqi tuproqlar, sug’orilib dehqonchilik qilinadigan hududlar (Farg’ona, Chirchiq-Ohangaron, Mirzacho’l, Qashqadaryo, Zarafshon, Surxon vodiysi)da sur yoki bo’z tuproqlar ko’p uchraydi. Tog’li hududlarda esa jigarrang, qo’ngir tusli tog’-o’rmon tuproqlari tarqalgan. Qadimdan sug’orilgan vohalar, daryolarning quyi qismida (masalan, Xorazmda) allyuvial tuproqlar ham shakllangan.
6.O’simlik va hayvonot dunyosi. Respublikamiz, sanoat nuqtai nazaridan qaraganda, o’rmon zahirasiga ega emas. Bu yerda o’simliklar. xususan, namgarchilik yetarli bo’lgan tog’ yonbag’irlarda ko’prok, cho’l yaylovlari esa bahorda yam-yashil o’tloqlar bilan qoplanadi. Shu bilan birga O’zbekistonda, ayniqsa Surxondaryo viloyatida turli xil dorivor o’simliklar, tog’larda pistazorlar bor. O’simliklar, ajoyib landshaft turlari, chinor, baliqli ko’llarning rekreatsiya va turistik ahamiyatini ham ta’kidlash joiz. Hayvonot olamidan esa xo’jalik jihatdan parrandalar (kaklik, bedana, o’rdak, g’oz va b.) baliq va boshqalarni ko’rsatish mumkin.
7.Tabiatdan oqilona foydalanish va atrof muhit muxofazasi. Tabiat inson, va jamiyat vujudga kelishidan oldin ham mavjud bo’lgan. Butun taraqqiyot davomida insonning tabiatga, uning boyliklariga ta’siri kuchayib borgan. Shu sababli tabiatni, atrof muhitni muhofaza qilish hozirgi kunning eng dolzarb olamshumul (global) muammosi hisoblanadi.
Tabiat va jamiyat o’rtasidagi muvozanatni mumkin qadar dinamik holatla saqlash, tabiiy resurslardan foydalanish jarayonida ekologik xavfsizlikni ta’minlashga katta e’tibor qaratilishi ham bejiz emas. 1992 yilda Rio-de-Janeyroda bo’lib o’tgan BMTning atrof-muhitga bag’ishlangan konferentsiyasida qabul qilingan Barqaror rivojlanish kontseptsiyasi ayni shu maqsadlarni ko’zlaydi. Sodda qilib aytganda, bu g’oyaning tub mohiyati biror-bir tabiiy resursdan foydalanishda atrof muhitga zarar yetkazmasdan, uning kelajak avlod uchun ham qolishini, ulardan bizdan keyin ham bahramand bo’lishini nazarda tutadi.
So’nggi yillarda turli xil tabiiy boyliklarni qazib olish (neft, gaz, ko’mir har xil rudalar va b.), yangi yerlarni o’zlashtirish, o’rmonlarni qirqish, ayrim hayvonot turlarining yo’qolib borishi, cho’llanish, tuproq eroziyasi va sho’rlanish kabi noxush vaziyatlar yuzaga kelmokda-ki, ular kelajak avlod uchun xavf tug’diradi. Binobarin, atrof-muhitni muhofaza qilish, yer-suv melioratsiyasini amalga oshirish, kishilarning ekologik madaniyatini shakllantirish katta amaliy ahamiyatga ega.
Respublikamizda ham bunday muammolar yo’q emas. Ayniqsa, Orol dengizi sathining keskin pasayishi va qurib borishi bu mintaqada xavfli ekologik vaziyatni yuzaga keltirdi. Mirzacho’l, Qarshi cho’li, Xorazm va boshqa hududlarda tuproqning sho’rlanishi, Chirchiq-Oxangaron, Farg’ona vodiysi, Navoiy atrofi ekologik holati ham tabiiy resurslardan tug’ri foydalanish va atrof-muhit muhofazasi muammolarini izchil hal etishni talab qiladi.
Nazorat savollari
1.Tabiiy sharoit va tabiiy resurs tushunchalariga izoh bering.
2.Respublikamizdagi yoqilg’i-energetika resurslari joylashgan yirik konlarga ta’rif bering.
3.Respublikamizning yirik mineral xom-ashyo resurslari joylashgan konlari haqida so’zlab bering.
4.Respublikamiz qishloq xo’jaligi sohasini rivojlantirishda agroiqlim,er va suv resurslarining o’rniga baho bering.
Download 76,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish