1-mavzu: O‘zbekistonning tabiiy sharoiti va resurslari Reja



Download 76,55 Kb.
bet1/5
Sana22.04.2022
Hajmi76,55 Kb.
#574964
  1   2   3   4   5
Bog'liq
2-mavu


1-mavzu: O‘zbekistonning tabiiy sharoiti va resurslari


Reja:
1.Tabiiy sharoit va tabiiy resurslar haqida tushuncha.
2.Relefi
3. Mineral resurslar va ularning geografik joylashishi.
4.Iqlimi va suv resurslari
5.Yer va tuproq resurslari.
6.O’simlik va hayvonot dunyosi
7.Tabiatdan oqilona foydalanish va atrof muhit muhofazasi.


Tayanch so’zlar:
Tabiiy sharoit va resurslar, yoqilg’i-energetika resurslari,rudali va noruda resurslari,agroiqlimiy, yer va suv, biologik resurslar, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish.


1.Tabiiy sharoit va tabiiy resurslar haqida tushuncha.
Har qanday mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, kÿp jihatdan, uning tabiiy sharoiti va tabiiy resurslariga bog’liq. Ular birgalikda hududning tabiiy-resurs salohiyatini belgilaydi, bu salohiyat esa foydalanadigan tabiiy boyliklar bilan bir qatorda, ulardan foydalanish mumkin bo’lgan imkoniyatlar, zahiralardan tashkil topadi. Binobarin, odatda, tabiiy resurs salohiyat baholanayotganda nafaqat real borliq, balki imkoniyat ham nazarda tutiladi va bu imkoniyatlardan foydalanish mamlakat iqtisodiy rivojlanish istiqbollari asosida yotadi.
Ushbu mavzuning negizini tashkil qiladigan o’zak tushunchalar - tabiiy sharoit va tabiiy resurslarni, umumiy va xususiy jihatlarini tushunib olish zarur. Eng avvalo, ta’kidlash lozimki, har ikkitasida ham “tabiiy” so’zi bor; demak, ularning vujudga kelishi va rivojlanish qonuniyatlari asosan tabiiy, ya’ni g’ayrinsoniy jarayonlar bilan bog’liq bo’ladi. Ammo jamiyat va fan-texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarishning rivojlanishi va aholi sonining o’sib borishi bilan tabiiy sharoit va tabiiy resurslarga antropogen va texnogen omillar ta’siri kuchayib, natijada, bizni o’rab turgan atrof muhitning “tabiiyligi” borgan sari sun’iylashib boradi. Aynan ana shu tabiat va jamiyat o’rtasidagi o’zaro aloqadorlikning hududiy jihatlarini o’rganish geografiya fanining bosh falsafiy masalasi hisoblanadi.
Albatta, har qanday ikkilik uchlikni keltirib chiqarayotganidek, tabiat va jamiyatning o’zaro munosabatlari inson, aholi orqali shakllanadi. Shu bois, iqtisodiy va ijtimoiy geografiya fanida ko’proq uchlik, ya’ni “tabiat - aholi - xo’jalik (ishlab chiqarish)” tizimi qo’llaniladi. Mazkur uchlik yoki “geotrionlarning” u yoki bu hududdagi
holati, darajasi uning tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy, demografik va ekologik vaziyatini belgilaydi. Chunonchi, agar ularni piramidasimon tasvirlaydigan bo’lsak Farg’ona vodiysida bu piramidaning pastki qismi, ya’ni tabiati nozikroq, aholisi o’zun (qalin qatlam), xo’jalik esa birmuncha qisqaroq ko’rinishni hosil qiladi. Ayni chog’da Qorakalpog’iston Respublikasida esa buning aksini qurish mumkin (tabiiy sharoit va resurslari ko’p, aholisi kam, siyrak, iqtisodiyoti zaifroq).
Tabiiy sharoit va tabiiy resurslarning umumiy jihatlari bilan bir qatorda ularning o’zaro farqlari ham mavjud. Umuman olganda, tabiiy sharoit ko’prok muhit ma’nosida tushuniladi, u ishlab chiqarishda bevosita ishtirok etmaydi, undan moddiy ne’matlar yaratilmaydi; tabiiy sharoit aholi yashashi va ishlab chiqarishni joylashtirish uchun sifat ko’rsatkichlar kasb etadi, ya’ni u qulay yoki noqulay bo’lishi mumkin. Masalan, joyning iqlimi, yer usti tuzilishi kabilar uning tabiiy sharoitini ifodalaydi. Tabiiy resurslar esa (resurs-zahira, boylik) ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etadi va ular miqdor ko’rsatkichlariga ega bo’ladi. Tabiiy resurslar tugaydigan va tugamaydigan kismlarga, tugaydiganlari esa, o’z navbatida, tiklanadigan va tiklanmaydiganlarga bo’linadi. Chunonchi, o’rmon, suv, tuproq va boshqalar nisbatan uzoq muddatda qayta tiklanishi mumkin. Tabiiy resurslarning bunday xususiyatlari ulardan oqilona foydalanishni taqoza etadi.
Biroq unutmaslik lozimki, tabiiy geografik komponentlarning tabiiy sharoit yoki resurs ekanligi ulardan qaysi maqsadda foydalanishga bog’liq. Shu sababdan, ma’lum bir sohada tabiiy sharoit hisoblangan komponent boshqa sohada resurs bo’lishi mumkin. Iqlim yoki relef sanoat geografiyasi nuqtai nazaridan umumiy tarzda tabiiy sharoit sanalsa, qishloq xo’jaligi uchun (harorat, namlik, tuproq) muhim agroiqlimiy resurslar hisoblanadi. Xuddi shunday, quyosh nuri, o’rmon, dengiz rekreatsiyada yetakchi tabiiy resurslardir.
Ko’rinib turibdiki, tabiiy sharoit va tabiiy resurslar o’rtasida katga farq yo’q, ular bir-birlariga (aniq holatda, maqsadda) o’tib turadi. Shuning uchun bo’lsa kerak, ba’zi xorijiy mamlakatlarda bu tushunchalar farq qilinmaydi va ular umumiy tarzda “tabiiy sharoit”, deb qabul qilingan (demak, tabiiy sharoit - tabiiy resurs ekan).
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyada tabiiy sharoit va tabiiy resurslarning faqat “tabiiyligi” emas, ularning inson hayoti va xo’jalik faoliyati uchun zarurligi asosiy sanaladi. Boshqacha qilib aytganda, yer, suv, o’rmon, qazilma boyliklar, eng avvalo, inson uchun kerak. Shu bois, ushbu fanda tabiat komponentlariga iqtisodiy geografik baho berishda antropotsentrik yoki demotsentrik tamoyilga asoslanish talab etiladi. Qolaversa, iqtisodiy geografiya fanining dastlabki kelib chiqishi, ilk davri, ildizi ayni tabiiy geografik sharoit va resurslarga borib taqaladi. Ijtimoiy va hududiy mehnat taqsimotining rivojlanishi har xil va turli joylardagi tabiiy imkoniyatlardan foydalanib borish jarayoni negizida amalga oshgan. Jumladan, birlamchi iqtisodiy geografiya fanining tarmoqlari - qishloq xo’jaligi, o’rmon xo’jaligi, baliqchilik, tog’-kon sanoati geografiyasi tabiiy geografiya ta’sirida vujudga kelgan.
Tabiiy sharoit va tabiiy resurslarga baxo berishda, xususan iqtisodiy geografiya fanida, nafaqat ularning borligi, miqdori, balki bu boyliklarning turi, hududiy joylashuv va majmualari katta amaliy ahamiyat kasb etadi. Binobarin, tabiiy resurslarning hududiy tarkibi yoki birikmalari mintaqa va mamlakat iqtisodiyotining rivojlanish darajasiga, xo’jalik tarmoqlarining turlanishiga (diversifikatsiyasiga) katta ta’sir ko’rsatadi. Masalan, qaysi bir hududda tog’ daryolari va rangdor metal konlari yoki daryo, o’rmon, suv yoki temir rudasi va kokslanuvchi toshko’mirning bir-biriga yaqin joylashuvi turli xil hududiy ishlab chiqarish majmualarining vujudga kelishiga, iqtisodiyotning hududiy mujassamlashuvi va aglomeratsiyasiga asos bo’lib xizmat qiladi.
Shuningdek, tabiiy sharoit va tabiiy resurslarning ahamiyati, foydalanish yo’nalishi iqtisodiyot tarmoqlari va aholi manzilgohlari joylashishiga har xil ta’sir ko’rsatadi. Shu sababdan, iqtisodiy- ijtimoiy baho berishda ularning ayni shu jihatlariga e’tibor berilsa, maqsadga muvofik bo’ladi. Chunonchi, relefni barcha sohalar, ayniqsa qishloq xo’jaligi na transport uchun, foydali qazilmalarni sanoat nuqtai nazaridan tahlil qilish va baholash zarur.
O’zbekistonning tabiiy geografik o’rni, berk havzada, materik o’rtasida joylashganligi uning iqlim xususiyatlari va tashqi geoiqtisodiy hamda geosiyosiy aloqalarni olib borishga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Yer maydonining nisbatan kattaligi mamlakatning umumgeografik kudratini ifodalaydi, u hududiy mehnat taqsimotining keng rivojlanishida ahamiyatlidir.

Download 76,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish