1-mavzu: O‘zbekistonning tabiiy sharoiti va resurslari Reja



Download 76,55 Kb.
bet2/5
Sana22.04.2022
Hajmi76,55 Kb.
#574964
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-mavu

2.Relefi, ya’ni yer usti tuzilishi birmuncha murakkabroq; respublika maydonining 80 foizga yaqinini (aniqrog’i 78,7 %) tekisliklar, qolgan qismi esa tog’ va tog’oldi hududlar tashkil qiladi. Tog’li hududlar mamlakatning janubi, janubi-sharqiy va sharqiy qismida joylashgan, tekisliklar uning markaziy, shimoliy va shimoli-g’arbiy qismlarini egallaydi O’zbekistonning chekka shimoli-g’arbida joylashgan Ustyurt platosining maydoni 40,0 ming kv.km atrofida yoki u mamlakat umumiy hududining 9 foizga yaqinini ishg’ol qiladi. Tekislik qismi cho’l va chala cho’llardan iborat bo’lib, uning asosini Qizilkum cho’li tashkil etadi.Tog’li hududlar, I.Hasanov va P.G’ulomovlar bo’yicha, 3 ta asosiy tog’ tizimlarini o’z ichiga oladi. Bular: Chotqol-Qurama, Nurota-Turkiston va Hisor-3arafshon tog’ tizimlaridir. O’z navbatida, Chotqol-Qurama tog’ tizimi Tyanshanning g’arbiy davomi bo’lib, u deyarli bir-biriga parallel cho’zilgan Qorjantog’, Ugom, Piskom, Chotqol va Qurama tizmalaridan tashkil topgan. Bu yerda eng baland nuqta Sayram cho’qqisi Ugamda, dengiz sathidan 4236 m balandlikda joylashgan.
Nurota-Turkiston tog’ tizimiga Nurota, Morguzar, Qoratog’ va Oqtog’lar kiradi. Uchinchi tog’ tizimi, ya’ni Hisor-Zarafshon tog’ mintaqasi Hisor, G’uzor, Boysun, Bobotog’, Ko’hitangtog’, Surxontog’larni o’z tarkibiga oladi. O’zbekistonning eng baland nuqtasi - Hazrati Sulton cho’qqisi ham (4643 m) ayni shu hududda, Hisor tog’larida joylashgan. Shuningdek, uncha baland bo’lmagan Chaqilkalon, Qoratepa hamda Ziyovuddin-Zirabuloq tog’liklari ham ushbu tizimga tegishlidir.Tog’liklar orasida muhim xo’jalik ahamiyatiga ega bo’lgan tog’ oraligi botiqlar, voha va vodiylar joylashgan. Ularning eng muhimlaridan biri Farg’ona vodiysi turli tomonlardan Mug’ultog’, Qurama, Chotqol, Farg’ona tizmalari hamda Turkiston-Oloy tog’ tizimi bilan o’rab olingan.Respublika hududida, bundan tashqari, Zarafshon, Kitob-Shahrisabz, Surxon tog’ oralig’i botiqlari ham mavjud.
Mamlakatimizning tekislik qismida uncha baland bo’lmagan, tarqoq joylashgan yassi tog’lar ko’zga tashlanadi. Ular Sulton Uvays, Bo’kantov, Yetimtov, Tomditov, Ovminzatov, Quljuktov va boshqalardir. Eng baland nuqta - Oqtosh cho’qqisi (922 m) Tomditovda joylashgan. Bu “qoldiq” kichik tog’lar katta mineral resurslarga boy. Bo’kantov - “bu kon tov”ga o’xshaydi.
Umuman olganda, cho’l voha va vodiylar tog’ va tog’oldi hududlar (adirlar) O’zbekiston tabiiy sharoitining o’ziga xos geografik xususiyatlarini aks ettiradi. Ayni vaqtda xuddi shunday tabiiy geografik vaziyat respublikada hududiy mehnat taqsimotining keng rivojlanishiga qulay imkon yaratadi. Ayniqsa, Farg’ona vodiysi - O’rta Osiyo durdonasining ma’lumu mashhur bo’lishi, eng avvalo, uning adiru- soylariga bog’liq. Bu xududni madaniylashtirgan, sug’orma dehqonchiligini rivojlantirgan So’x, Isfara, Shohimardon, Chortoqsoy, Kosonsoy va boshqa soylardir. Ularning quyilish qismida qadimdan sug’orma dexqonchilik rivoj topgan; har qaysi soyning quyi qismida shaharlar vujudga kelgan. Xususan, bu borada So’x yoyilmasi tipik misol bo’lishi mumkin. Keyinchalik adir ostidan bu yoyilmalarda (konus yotkiziqlarini) birlashtiradigan kanallar barpo etilgan. Eng so’nggi yillarda esa Farg’ona vodiysining quyi qismi o’zlashtirilgan. Binobarin aytish mumkinki, Farg’ona vodiysi bu soylar va ularning quyi qismida shakllangan vohalar yig’indisi yoki hududiy majmuasidir.

Download 76,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish