O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi,
198-modda.
Shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan hamda fuqarolik huquqi bilan
belgilangan harakatlar bitim deyiladi. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik
kodeksiga muvofiq bitimlarga quyidagi talablar qo‘yiladi:
1. Qonuniylik. Qonunga zid harakatlar ta’qib qilinadi va jazolanadi. Misol
uchun, giyohvandlik vositalari va qurol-yarog‘ bilan savdo qilishni
qonuniy deb bo‘lmaydi.
2. Taraflarning yetarlicha huquqiy layoqati. Eslang, 18 yoshga to‘lmagan
shaxslar to‘liq hajmda o‘z huquqlarini amalga oshirishi va yuridik
burchlarga ega bo‘lishi mumkm emas. Demak, bitimlar aksariyat hollarda
muomalaga to‘liq layoqatli shaxslar tomonidan tuziladi.
3. Ixtiyoriylik. Ixtiyoriylik qoidasi qo‘rqitish, yanglishish, aldash va
zo‘rlik bilan
tuzilgan bitimlarni taqiqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |