2.Mehnat huquqi munosabatlari.
5. Ish vaqti, dam olish vaqti, mehnatga haq to‘lash
6. Mehnat intizomi
o‘rin tutadi.
ijroiya organlari o‘z vakolatlari doirasida qabul qiladigan qarorlardan iboratdir.Konstituttsiyaning 37-moddasida: «Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko’rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir», deb belgilab qo’yilgan.
Mehnat shartnomasi (kontrakt) asosida vujudga keladigan xodimlar va ish beruvchilar o’rtasidagi mehnatga oid huquqiy munosabatlar O’zbekiston Respublikasi mehnat munosabatini tartibga solishda tegishli asoslarda xalqaro shartnoma yoki konvensiyalar qoidalarida ham qo’llaniladi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va Mehnat kodeksiga ko‘ra
barcha fuqarolar mehnat huquqlariga ega bo‘lish va ulardan foydalanishda teng
imkoniyatlarga egadir. Jinsi, yoshi, irqi, millati, tili, ijtimoiy kelib chiqishi,
mulkiy holati va mansab mavqeyi, dinga bo‘lgan munosabati, e’tiqodi, jamoat
birlashmalariga mansubligi, shuningdek xodimlarning ishchanlik qobiliyatlariga
va ular mehnatining natijalariga aloqador bo‘lmagan boshqa jihatlariga
qarab mehnatga oid munosabatlar sohasida har qanday cheklashlarga yoki imtiyozlar
belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi va bular kamsitish deb hisoblanadi.
Mehnat sohasida o‘zini kamsitilgan deb hisoblagan shaxs kamsitishni
bartaraf etish hamda o‘ziga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararni qoplash
to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat qilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va Mehnat kodeksiga muvofiq
mehnatni huquqiy tartibga solishning quyidagi tamoyillari belgilangan:
—— har bir shaxs mehnat qilish;
—— erkin ish tanlash;
—— haqqoniy mehnat shartlari asosida ishlash va qonunda belgilangan tartibda
ishsizlikdan himoyalanish;
—— o‘z mehnati uchun haq olish;
——muddatlari chegarasi belgilangan ish vaqtini o‘rnatish, bir qator kasblar
va ishlar uchun ish kunini qisqartirish, har haftalik dam olish kunlari,
bayram kunlari, shuningdek haq to‘lanadigan yillik ta’tillar berish
orqali ta’minlanadigan dam olish;
—— xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan sharoitlarda mehnat qilish;
—— kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
—— ish bilan bog‘liq holda sog‘lig‘iga yoki mol-mulkiga yetkazilgan zararning
o‘rnini qoplash;
—— kasaba uyushmalariga hamda xodimlar va mehnat jamoalarining manfaatlarini
ifoda etuvchi boshqa tashkilotlarga birlashish;
—— qariganda, mehnat qobiliyatini yo‘qotganda, boquvchisidan mahrum
bo‘lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot
olish;
—— o‘zining mehnat huquqlarini himoya qilish, shu jumladan sud orqali
himoya qilish va malakali yuridik yordam olish;
—— jamoalarga doir mehnat nizolarida o‘z manfaatlarini quvvatlash
huquqiga egadir.
O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 97- moddasiga binoan, mehnat shartnomasini bekor qilish asoslariga quyidagilar kiradi:
taraflarning kelishuviga ko’ra;
taraflardan birining tashabbusi bilan;
muddatning tugashi bilan;
taraflarning ixtiyoriga bog’liq bo’lmagan asos- larga ko’ra; mehnat shartnomasida nazarda tutilgan asoslarga ko’ra;
yangi muddatga saylanmaganligi (tanlov bo’yi- cha o’tmaganligi) yoxud saylanishda (tanlovda) qatna- shishni rad etganligi munosabati bilan.
Mehnatga oid munosabatlarni bekor qilish to’g’risi- dagi shart mehnat shartnomasida bu shartnoma ish beruvchi tomonidan korxona rahbari, uning o’rin- bosarlari, bosh buxgalter bilan, korxonada bosh buxgalter lavozimi bo’lmagan taqdirda esa, bosh buxgalter vazifasini amalga oshiruvchi xodim bilan tuzilganda, shuningdek, qonunda yohl qo’yiladigan boshqa hollarda ham nazarda tutilishi mumkin.
Tayanch tushunchalar
Jamoa shartnomasi - korxonada ish beruvchi bilan xodimlar o’rtasidagi mehnatga oid, ijtimoiy-iqtisodiy va kasbga oid munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjatdir.
Jamoa shartnomasining taraflari - bir tarafdan, xodimlar tomonidan kasaba uyushmalari yoki o’zlari vakolat bergan boshqa vakillik organlari orqali, ikkinchi tarafdan, bevosita ish beruvchi yoki u vakolat bergan vakillar tomonidan tuziladi.Jamoa kelishuvlar - bosh, tarmoq, hududiy turlarga bo’linadi.
Bosh kelishuv - O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi (xodimlarning boshqa vakillik organlari) va ish beruvchilarning respublika miqyosi- dagi birlashmalari o’rtasida, taraflarning taklifiga ko’ra esa O’zbekiston Respublikasi hukumati bilan tuziladi.
Tarmoq kelishuvlari - tarmoq kelishuvlari tegishli kasaba uyushmalari (xodimlarning boshqa vakillik organlari) va ish beruvchilar (ularning birlashmalari) o’rtasida taraflarning taklifiga ko’ra esa O’zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi bilan tuziladi.
Hududiy kelishuvlar - hududiy kelishuvlar tegishli kasaba uyushmalari (xodimlarning boshqa vakillik organlari) va ish beruvchilar (birlashmalar) o’rtasida, taraflarning taklifiga ko’ra esa mahalliy ijro etuvchi hokimyat organlari bilan tuziladi.
Mehnat shartnomasi (kontrakt) - xodim bilan ish beruvchi o’rtasida tuziladigan kelishuv. Savol va topshiriqlar.
1. Mehnat qоnunchiligi asоslariga nimalar kiradi?
2. Mehnat huquqi fanining maqsadi, vazifasi,
yuridik fan tizimidagi o‘rnini izоhlab bering.
3. Mehnat shartnоmasini tuzish tartibi qanday?
4. Qanday hоllarda mehnat shartnоmasi bekоr
qilinadi?
5. Mehnatning insоn shakllanishidagi o‘rni
nimada?