Fuqaro – o‘zining fuqaroligi huquqiy jihatdan e’tirof etilgan hamda muayyan jamiyat (davlat) a’zosi bo‘lgan shaxsdir. Fuqarolik esa huquqiy va axloqiy me’yorlarga ongli rioya etish, ma’lum huquqlardan foydalanish hamda muayyan burchlarni bajarishga mas’ullik bilan yondashadigan, o‘z mehnati va jamoadagi faolligi, ma’naviy etukligi asosida muayyan davlatga mansublikni anglatadi.
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksining 16-moddasida “fuqaro (jismoniy shaxs) tushunchasi” quyidagicha belgilangan: “Fuqarolar (jismoniy shaxslar) deganda O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, boshqa davlatlarning fuqarolari, shuningdek fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tushuniladi”179.
Fuqaroviylik bir davlatga mansublikni anglash, davlatga sodiqlik hamda vatanparvarlik hissi sifatida ham talqin etilishi mumkin. Bunda davlatni, konstitutsiya va qonunlarni, davlat ramzlarini hurmat qilish, davlat tuzumini va qonun ustuvorligini himoya qilishga tayyor turish fazilatlariga ega bo‘lgan shaxs nazarda tutiladi.
O‘zbekiston Respublikasida fuqarolik quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
-yagona fuqarolik, ya’ni ikki va ko‘p fuqarolik tan olinmaydi;
-fuqarolikda tenglik prinsipi mavjud;
-fuqarolikka ega bo‘lish, fuqarolikdan chiqish ixtiyoriylikka asoslanadi;
-fuqarolikdan majburiy chiqarishga yo‘l qo‘yilmaydi;
-O‘zbekiston fuqarolari huquqlari, erkinliklari, manfaati mamlakat tashqarisida ham davlat tomonidan himoya qilinadi.
1992 yil 2 iyulda qabul qilingan va 2004 yil 3 dekabrda tahrir qilingan “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi qonun asosida O‘zbekistondagi fuqarolik holatlari mustahkamlab qo‘yildi180. SHaxs fuqaro bo‘lsagina, u barcha huquqlardan to‘la foydalana oladi va jamiyatni rivojlanishi, mamlakatni xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan burchlarni bajaradi. SHaxsning fuqaroligi uni dunyoni qaerda yashashidan qat’iy nazar huquq va manfaatlarini himoya qilishga asos bo‘ladi. YA’ni fuqarolarni fuqarosizlarga nisbatan himoyalanish imkoniyatlari kengrokdir.
Erkinlik shaxsning o‘z ixtiyori buyicha yashash, hayot kechirish imkoniyati bo‘lib, shaxs faqat qonunlarga itoat etishi zarur. Mamlakatimizda har bir kishining erkinligi, uning shaxsiy daxlsizligi bilan ta’minlanadi. Daxlsizlik deganda shaxsning erkinligini cheklovchi hech qanday harakatlarga yul qo‘yilmasligi tushuniladi. Qonunda belgilangan asoslardan tashqari hech kimning erkinligi cheklanishi, erkinlikka zarar etkazilishi mumkin emas. Qonun tegishli hollarda kishilarning erkinligini cheklashga yul qo‘yadi, xolos. YA’ni ular jinoiy harakatlari sodir etsa, yoki shunday harakat sodir etishda gumon qilinsa, shaxsni jamiyatdan ajratishga zarurat tug‘iladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 24-42-moddalarida fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklarini himoya qilish uchta yo‘nalishda amalga oshiriladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |