2. Fuqaroviy ong va uning namoyon bo‘lish omillari
Fuqaroviy ongning mazmun-mohiyatini anglab etish uchun uning omillarini bilishga zarurat seziladi. Fuqarolik ongi demokratik qadriyatlar, ideallar, huquq va erkinliklar nuqtai nazaridan shaxs, jamiyat va davlat o‘zaro munosabatlarni anglab etish demakdir. Albatta har bir davlat va jamiyatda demokratik qadriyatlar o‘ziga xos tamoyillir va me’yorlar asosida rivojlanadi. Fuqarolik ongi jamiyat taraqqiyotining shunday bosqichidagi ruhiy holatini anglatadiki, bu davrda demokratik me’yorlar va qadriyatlar hayotning asosiga aylangan bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |