3-Mavzu: O`zbekiston respublikasini yanada rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi-milliy taraqqiyotimizning yangi bosqichi
Mamlakatimizda Prezidentimiz SHavkat Mirziyoevning bevosita tashabbusi va rahbarligida qabul qilingan hamda izchil amalga oshirilayotgan O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi taraqqiyotning yangi bosqichini boshlab berdi. Bu jarayonning amaliy natijalari, belgi va xususiyatlari bugungi kunda hayotimizning barcha jabhalarida, eng muhimi, xalqimizning ongu tafakkuri, intilish va harakatlarida yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. SHu ma’noda, Harakatlar strategiyasi O‘zbekistonni tez sur’atlar bilan o‘zgarayotgan zamon talablari asosida jadal rivojlantirishning ilmiy-nazariy, amaliy-konstruktiv asoslarini belgilab beradigan, tarakqqiyotning yangi davri uchun muljallangan muhim dasturilamaldir, desak, ayni haqiqat bo‘ladi.
Harakatlar strategiyasi odamlarni ochiqlik, oshkoralik, shaffoflik muhitida yashash va ishlashga da’vat etmoqda. Har bir soha faoliyati ulkan ta’sir kuchiga ega bo‘lgan, fuqarolik jamiyatining ajralmas bir qismi bo‘lgan jamoatchilik nazorati ostida rivojlanishi zarurligini kun tartibiga qo‘ymoqda. Bunday muhitda insonning davlat, jamiyat va o‘zi oldida mas’uliyatni to‘la xis etib yashashi, so‘zi bilan ishi bir bo‘lishiga rioya etish fazilatlari asosiy mezon sifatida namoyon bo‘ladi. Harakatlar strategiyasi O‘zbekistonda huquqiy demokratik asosdagi xalq davlatini barpo etish yo‘lini har tomonlama asoslab beradigan hujjat xisoblanadi.
O‘zbekistonda 2016 yil 4 dekabrda bulib utgan O‘zbekistan Respublikasi Prszidenti saylovidan keyin xalk, davlatining mustahkam poydevorini kurish, demokratik imkoniyatlarni kengaytirish, konun chikdruvchi, ijro etuvchi va sud xokimiyatining mustakil xokimiyat sifatida faoliyat olib borishi bo‘yicha asosiy talabdan kelib chikadigan bosh tamoyil - xalkda xizmat kilish va uning oldida xisob berish masalasi kun tartibiga ku-yildi. Agar ana shu tamoyilga amal kilinmasa, har kan-day xokimiyat fakat byurokratik tuzilmadan iborat bulib kolishi xakli ravishda ta’kidlab kelinmokda. X,akikatan xam, xalkka yakdnlashish, uning ichiga kirib, eng dolzarb muammolarini xal etish, elu yurt dardu tashvishlari bi-lan yashash har kanday xokimiyatning borligini bildira-di. CHunki u shu tarika xokimiyatning birdan-bir manbai bo‘lgan xalk tomonidan e’tirof etiladi, kullab-kuvvat-lanadi.
Ijtimoiy jarayonlarni uzaro xamkorlik asosida maksadli optimallashtirish, ya’ni sinergetik yondashuv nazariyasi ksng kullanmokda. Sinergetikani xamma soxa-ga nisbatan keng kullash amaliyoti yo‘lga kuyilmokda. Masalan, jamiyatda sinergetika uzini uzi eng makbul tatpkil etish imkoniyati sifatida turli muassasa va soxalararo xamkorlik tarzida xam amal kilmokda.
«Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyati sari» konseptual tamoyil va uning mohiyati. O‘tgan asrning 80-yillari oxiri - 90-yillar boshida totalitar tuzumdan endigina xalos bo‘lgan, o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgan O‘zbekistonda yangi jamiyat va davlatni bunyod etish islohotlarining jahon tajribasining qanday yo‘lidan borishi hali aniq va ravshan emas edi. Lekin, mamlakat rivojining bosh yo‘li tanlandi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridayoq Birinchi Prezident I.A.Karimov quyidagi maqsadni ilgari surdi: «Respublikada sobitqadamlik bilan xalqchil adolatli jamiyatni bunyod etish - bosh vazifadir… Yangilangan jamiyatning siyosiy va davlat tuzilishi insonga uning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy turmush tarzini erkin tanlab olishini kafolatlashi kerak»
O‘zbekistondagi fuqarolik jamiyati barpo etish ham milliy, ham rivojlangan demokratik mamlakatlar tajribasida obdan sinalgan demokratik qadriyatlar asosida amalga oshirishga muhim ahamiyat berildi. Chunki, demokratik qadriyatlar nafaqat xalqaro tajriba va sinovlardan o‘tganligi uchun, balki o‘zbek xalqining milliy manfaatlariga mos kelganligi uchun ham islohotlar jarayonlariga tatbiq etila boshlandi. Mamlakatda fuqarolik jamiyati uchun muhim bo‘lgan demokratik qadriyatlarni Birinchi Prezident I.A.Karimov quyidagicha baholagan edi: «Ma’lumki, demokratik jamiyatning xalqaro miqyosda e’tirof etilgan tamoyillari bor. Insonning o‘z xohish-irodasini erkin bildirishi hamda uni amalga oshirishi, ozchilikning ko‘pchilikka bo‘ysunishi, barcha fuqarolarning teng huquqliligi, davlat va jamiyat boshqaruvida qonun ustuvorligi, davlatning asosiy organlari saylanishi, ularning saylovchilar oldida hisob berishi, tayinlash yo‘li bilan shakllanadigan davlat organlarining saylovchi tashkilotlar oldidagi javobgarligi va boshqalar shular jumlasiga kiradi»
Mamlakatda fuqarolik jamiyatiga xos bo‘lgan demokratik siyosiy tizimning o‘ziga xos xususiyatlari, uning demokratik tamoyillarini rivojlantirish masalalari Birinchi Prezident I.A.Karimovning birinchi va ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning sessiyalaridagi (1995-2004 yillar), shuningdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi (2005, 28 yanvar) ma’ruzalari «Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari» konseptual siyosiy dasturning asosini tashkil etdi.
O‘zbekistonda davlatning bosh islohotchiligi natijasi o‘laroq nafaqat fuqarolik jamiyati, balki huquqiy davlat ham shakllanadi. Huquqiy davlat unsurlari paydo bo‘lishi bilan fuqarolik jamiyati tuzilmalari shakllana boshlaydi. Shuning uchun ham fuqarolik jamiyatini yaxshi idrok etish uchun “huquqiy davlat” tushunchasini bilishga ehtiyoj tug‘iladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |