1-Mavzu: O`zbekiston milliy taraqiyotining yangi bosqichida fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi


-Mavzu:Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning o`ziga xos xususiyatlari va ustuvor yunalishlari



Download 153,85 Kb.
bet7/31
Sana16.03.2022
Hajmi153,85 Kb.
#493435
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   31
Bog'liq
27 ta mavzu

6-Mavzu:Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning o`ziga xos xususiyatlari va ustuvor yunalishlari
Ayni vaqtda mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘lining chuqur taxdili, bugungi kunda jahon bozori kon’yunkturasi keskin o‘zgarib, globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgani davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarishni taqozo etmoqda.
Shularni e’tiborga olib, Harakatlar strategiyasining uchinchi yo‘nalishida makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolishning quyidagi vazifalari belgilab olindi:
makroiqtisodiy mutanosiblikni saqlash, qabul qilingan o‘rta muddatli dasturlar asosida tarkibiy va institutsional o‘zgarishlarni chuqurlashtirish hisobidan yalpi ichki mahsulotning barqaror yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash;
xarajatlarning ijtimoiy yo‘naltirilganini saqlab qolgan holda, davlat byudjetining barcha darajalarida mutanosiblikni ta’minlash, mahalliy byudjetlarning daromad qismini mustahkamlashga qaratilgan byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish;
soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini soddalashtirish siyosatini davom ettirish, soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish va tegishli rag‘batlantiruvchi choralarni kengaytirish;
ilg‘or xalqaro tajribada qo‘llaniladigan instrumentlardan foydalangan holda, pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish, shuningdek, valyutani tartibga solishda zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish, milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash;
bank tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish va barqarorligini ta’minlash, banklarning kapitallashuv darajasi va depozit bazasini oshirish, ularning moliyaviy barqarorligi va ishonchliligini mustahkamlash, istiqbolli investitsiya loyihalari hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlashni yanada kengaytirish;
sug‘urta, lizing va boshqa moliyaviy xizmatlarning hajmini ularning yangi turlarini joriy qilish va sifatini oshirish hisobidan kengaytirish, shuningdek, kapitalni jalb qilish hamda korxona, moliyaviy institutlar va aholining erkin resurslarini joylashtirishdagi muqobil manba sifatida fond bozorini rivojlantirish;
xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan, etakchi xalqaro va xorijiy moliyaviy institutlar bilan aloqalarni kengaytirish, puxta o‘ylangan tashqi qarzlar siyosatini amalga oshirishni davom ettirish, jalb qilingan xorijiy investitsiya va kreditlardan samarali foydalanish.
Iqtisodiyotni liberallashtirish sharoitida makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar hamda valyuta bozori holati ustidan tizimli monitoringni amalga oshirish, zaruriyat tug‘ilganda, milliy valyuta va ichki bozordagi narxlarning barqarorligini oshirish, makroiqtisodiy muvozanatni saqlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlashga yo‘naltirilgan qonunchilikni takomillashtirish bugungi kunning muhim masalalaridan hisoblanadi.
Ushbu masalalarni amalga oshirish asnosida Harakatlar strategiyasida tahliliy ma’lumotnomalarni tayyorlash, unda iqtisodiyotning yuqori o‘sish sur’atlarini, shuningdek, milliy valyuta va narxlar darajasining barqarorligini ta’minlash nazarda tutilgan. Iqtisodiyotning rivojlanishi ko‘p jihatdan milliy valyutaning va ichki bozordagi narxlarning barqarorligiga bog‘liqdir. Buning uchun tovar va xizmatlarning iste’mol narxlari (tariflari) o‘zgarishini kuzatish metodikasini takomillashtirish muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Ma’lumki, Markaziy bank tomonidan belgilanadigan qayta moliyalash stavkasi moliya bozorini tartibga solishning asosiy ko‘rsatkichidir. Shu borada, ya’ni moliya bozorlarini va tijorat banklarining investitsiyaviy imkoniyatlarini barqarorlashtirish uchun Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkalarini belgilash tizimini takomillashtirish maqsadga muvofiqdir.
Shuning uchun ham Harakatlar strategiyasida ushbu sohani yanada rivojlantirish va Markaziy bankning asosiy regulyatori bo‘lmish qayta moliyalash stavkasini o‘rnatishning xalqaro metodikasidan kelib chiqib, shuningdek, iqtisodiyotning ochiqligi va moliya bozorlarining rivojlanganlik darajasini hisobga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini ishlab chiqish belgilangan.
O‘tgan yillarda amalga oshirilgan bank-moliya sohalaridagi tizimli tadbirlar natijasida, ya’ni 2016 yil davomida o‘tkazilgan sterilizatsiya operatsiyalarining o‘rtacha hajmi 2015 yilga nisbatan 1,3 martaga oshdi. Bu esa bank tizimidagi likvidlikni samarali boshqarishga, pul massasining prognoz ko‘rsatkichlaridan ortiqcha o‘sishining oldini olishga va shu orqali ichki bozorda narxlar barqarorligini ta’minlashga xizmat qildi.
Ayni damda, tovar va xizmatlarni xarid qilishda nakd pulsiz, naqd pul ko‘rinishidagi hisob-kitoblarni amalga oshirish amaliyoti keng tarqalgan. Ammo ne’matlarni nakd pulsiz ko‘rinishda ayriboshlash amalga oshirilganda sotuvchilar tomonidan sun’iy ravishda narxlarning oshirib ko‘rsatish holatlari yuzaga kelmokda. Mazkur holat ikki xil ko‘rinishdagi to‘lovlar o‘rtasidagi tafovutning bir-biridan keskin farqlanishiga va natijada iste’molchilarning haqli noroziligiga sabab bo‘lmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, narxlarning bozor qonunlariga zid bo‘lgan holatda o‘sishiga olib kelmoqda.
Yuzaga kelayotgan noiqtisodiy kamchiliklarni bartaraf etitp bo‘yicha 2017-2021 yillar davomida nakd pulsiz ko‘rinishda tovar va xizmatlar sotishda sun’iy yuqori narxlar o‘rnatganlik uchun javobgarlikni oshirish hamda bozor mexanizmlarini joriy qilish tartibini ishlab chiqish belgilangan. Ikkinchidan, mahsulotlar, ishlar va xizmatlarga narxlarni deklaratsiya qilish tartibini bosqichma-bosqich qisqartirish hamda keyinchalik 2020 yilda uni bekor qilish vazifasi belgilangan.
Uchinchidan, nakdsiz hisob-kitoblar hajmi va qamrovini oshirish, shu jumladan, iqtisodiyot sohalarida to‘lovlarning zamonaviy elektron shakllarini joriy etish va tadbirkorlik sub’ektlarini rag‘batlantirish, shuningdek, bankdan tashqari aylanishini qisqartirish lozim. Buning uchun aholiga muayyan vaqt davomida belgilangan limit doirasida bank mablag‘lari hisobidan tovar va xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beruvchi kredit kartalarini muomalaga kiritish; bank plastik kartalari orqali hisob raqamlarga masofadan xizmat ko‘rsatish tizimlaridan («SMS-banking», «Internet-banking», «Mobil-banking») foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish; bank plastik kartalari orqali jismoniy shaxslarning depozit hisob raqamlarini boshqarish imkoniyatini kengaytirish; to‘lov terminallaridan foydalanganlik uchun ijara to‘lovi miqdorini ikki martaga qisqartirish; plastik kartadagi mablag‘larni boshqa kartaga o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun tariflarni kamaytirish; valyuta va soliq nazoratini soddalashtirishni o‘z ichiga olgan elektron tijoratni rivojlantirishni rag‘batlantirish, plastik kartalar bo‘yicha o‘zaro hisob-kitob qilish tizimida olinmagan tovar va foydalanilmagan xizmat uchun to‘lovni qaytarishning tartib-taomillari va texnologiyalarini joriy etishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish ko‘zda tutilgan.
Hech kimga sir emaski, ichki va xalqaro savdoni amalga oshirishda valyuta kursi asosiy ta’sir ko‘rsatadigan omil sifatida qaraladi. Iqtisodiyotni erkinlashtirish bosqichida O‘zbekiston Respublikasi valyuta tizimida valyuta munosabatlarini tartibga solish amaliyotini takomillashtirish borasida qator muammolarning mavjudligi namoyon bo‘lmokda. Jumladan, valyutaviy nazorat jarayoniga aslida nazorat funksiyasiga ega bo‘lmagan tijorat banklarining faol tarzda jalb etilganligi valyutaviy nazoratning ta’sirchanligi va samaradorligiga, joriy valyuta bozori likvidlilik darajasining past darajada ekanligi esa, milliy valyutaning nominal almashuv kursini talab va taklif asosida shakllantirish jarayoniga salbiy ta’sir qilmokda.
Chunonchi, valyuta kursi va pariteti o‘rtasida uzviy aloqadorlik mavjud bo‘lib, valyuta kursi naqd va naqdsiz pul aylanmalariga bevosita va bilvosita ta’sir ko‘rsatadi. Ammo pul tizimining ayrim elementlari rivojlanishda davom etib, tizimning o‘ziga, iqtisodiyotning holatiga, ayrim davriy oraliqlarda, bevosita va kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, pullar taklifining keskin oshishi inflyasiya darajasining o‘sishiga va shuning asosida pul qiymatining pasayishiga olib keladi. Yoki milliy valyutaning real almashuv kursining oshishi mamlakat eksport salohiyatining pasayishiga va shu tariqa xorijiy valyutalar taklifining kamayishiga olib kelishi mumkin.
2016 yilda so‘mning hamkor davlatlar va boshqa asosiy xorijiy valyutalarga nisbatan almashuv kursining qadrsizlanishi mamlakatimiz eksport qiluvchi korxonalari raqobatdoshligining kuchsizlanishiga sabab bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining xorijiy valyutalar va oltin bilan amalga oshiriladigan svop operatsiyalari hajmini oshirish va milliy valyutaning nominal almashuv kursini AQSh dollari, evro va Yaponiya ienidan tashkil topgan «valyuta savati»ga nisbatan aniqlashni joriy qilish yo‘li bilan milliy valyuta so‘mning devalvatsiya sur’atini pasaytirish lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki AQSh Federal zaxira tizimi, Evropa Markaziy banki va Yaponiya Markaziy banki bilan valyutaviy svop operatsiyalarini uzluksiz ravishda amalga oshirishni yo‘lga qo‘yishi lozim. Buning natijasida, birinchidan, joriy valyuta bozorining likvidliligini ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar barham topadi; ikkinchidan, Markaziy bankning rasmiy xalqaro valyuta zaxiralarini boshqarish imkoniyati kengayadi.
Shu borada to‘planib qolgan muammolarni bartaraf etish uchun valyutani tartibga solishning ilg‘or bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish kun tartibidagi birlamchi masalalardan hisoblanadi. Shuning uchun ham valyutani tartibga solishning yangicha mexanizmlarini ishlab chiqish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorini tayyorlash Harakatlar strategiyasida belgilab qo‘yildi. Qaror loyihasida quyidagilarning aks etishi nazarda tutilgan:
valyuta bozoridagi xorijiy valyutaga bo‘lgan talab va taklifdan kelib chiqib, bozor mexanizmini hisobga olgan holda, ichki va tashqi bozorlarda mahalliy ishlab chiqaruvchilarning raqobatdoshligini ta’minlovchi va qo‘llab-quvvatlovchi valyuta kursi siyosatini takomillashtirish;
tadbirkorlik sub’ektlarining o‘z valyuta mablag‘larini erkin tasarruf etish huquqi to‘liq amalga oshirilishini ta’minlash;
har qanday manipulyasiyalarning oldini oladigan mexanizmlarni joriy etgan holda, xorijiy valyutaning birjada erkin muomalada bo‘lishini ta’minlash;
tijorat banklari tomonidan jalb qilingan va o‘z resurslari hisobidan xorijiy valyutani tegishli qoidalarga rioya qilgan holda erkin sotish tizimini joriy qilish;
byudjetga qo‘shimcha tushumlar, tijorat banklarining joriy kreditlari va O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining mablag‘lari hisobidan iqtisodiyotning tayanch tarmoqlarini vaqtinchalik moliyaviy qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rish.
Tarmoqlar va mintaqalarni barqaror rivojlantirish hisobiga ijtimoiy muammolarning hal etilishini ta’minlovchi mahalliy byudjetlarning daromad manbaini kengaytirish.
Byudjet mablag‘lari mamlakatning makroiqtisodiy barqarorlikka erishish yo‘lida Hukumat tomonidan yaqin va uzoq davrlarga mo‘ljallangan davlat dasturlarini amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Davlat byudjetining iqtisodiy kategoriya sifatidagi mohiyati u bajarayotgan funksiyalarda namoyon bo‘ladi. Uning asosan ikkita funksiyasi mavjud: taqsimlash; nazorat. Davlat aynan byudjetning taqsimlash funksiyasiga tayanib, ixtiyoridagi markazlashgan moliya resurslarini shakllantiradi va ularning yordamida umumdavlat iste’mollarini pul resurslari bilan ta’minlaydi.
Moliyaviy nazorat tizimi sub’ektlar (nazorat qiluvchilar), ob’ektlar (nazorat qilinuvchilar), nazoratning usul va vositalarini birgalikda jamlab, o‘z ichiga oladi. Moliyaviy nazoratning muhim shakllaridan biri bu davlat byudjet-moliya nazorati hisoblanadi. Byudjet nazorati orqali davlat va mahalliy hokimiyat organlari uchun muntazam ravishda tasdiqlangan byudjetning daromad va xarajatlar rejalarining to‘liq va sifatli bajarilishini nazoratga olish, ularning bajarilishiga ta’sir qiluvchi turli salbiy omillarni aniqlash va ularni bartaraf etish uchun zudlik bilan zarur chora-tadbirlarni belgilash imkoniyati yaratiladi.
Davlat mablag‘lari haqidagi ma’lumotlarning shaffofligini ta’minlash, pul-kredit siyosati vositalarini yanada takomillashtirish, ularning samaradorligini oshirish, nakd pul muomalasi mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish bugungi voqelik nuqtai nazaridan dolzarb bo‘lib qolmoqda. Buning uchun davlat mablag‘lari haqidagi ma’lumotlarni davlat sektorida hisobga olishning xalqaro standartlariga moslashtirish orqali ularning shaffofligini ta’minlash hamda pul-kredit siyosati vositalarini yanada takomillashtirish, shu jumladan, iqtisodiyotning rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan qayta moliyalashtirish stavkasini tartibga solish mexanizmlarining samaradorligini oshirishni amalga oshirish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Xalqaro globallashuv jarayonlarining chuqurlashib borayotgani mamlakatlarning valyuta siyosatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmokda va qator davlatlarda «golland kasali»ning yuzaga kelishiga turtki bermoqda. «Golland kasalligi» tabiiy resurs manbalarining kashf etilishi natijasida mamlakat sanoatlashuv darajasining pasayib ketishi, davlat milliy valyutasining kuchli revalvatsiyalanishi va natijada mamlakat eksport tovarlari raqobatdoshligining sezilarli darajada pasayishini anglatadi. «Golland kasalligi»ga uchragan davlatda asosiy eksport tovarlarini ishlab chiqarishga asoslangan mamlakat qayta ishlash sanoatida keskin pasayish yuz beradi va mamlakatning an’anaviy eksport tushumlari manbai bo‘lgan qayta ishlash sanoatiga nisbatan kuchli salbiy ta’sir vujudga keladi. Tabiiy resurslar uchun qulay baholar sharoiti yo‘qolgach, mamlakatning kuchsizlangan an’anaviy sanoati orqali iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashi ancha og‘ir kechadi.
Harakatlar strategiyasida ko‘tarilgan yana bir muhim masala bu soliq ma’muriyatchiligi sifati va samaradorligini yaxshilashdan iboratdir. Ushbu masalani hal etish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish maqsadga muvofiq hisoblanadi:
soliq qonunchiligini tanqidiy o‘rganish va tahlil qilish, huquqni qo‘llashda ortiqcha va murakkab normalarni bartaraf etish, soliqqa tortish bazasini hisoblash jarayonini soddalashtirish, yagona bazadan undiriladigan soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni unifikatsiya qilish, shuningdek, soliq qonunchiligi barqarorligini ta’minlashga qaratilgan takliflar tayyorlash;
soliq yukini, xususan: yakka tartibdagi tadbirkorlardan undiriladigan qat’iy belgilangan soliq miqdorini, shu jumladan, faoliyat ko‘rsatish (masalan, uzoq va borish qiyin bo‘lgan) joylarini hisobga olgan holda, qayta ko‘rib chiqish; yirik korxonalar uchun soliq yukini maqbullashtirish hisobidan uni izchil pasaytirish bo‘yicha takliflar tayyorlash.
Ta’kidlash joizki, bugungi kunda O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan kichik tadbirkorlik sub’ektlariga nisbatan amalda qo‘llanilayotgan soliqqa tortish tartiblari ular faoliyatiga bevosita ta’sir etib, kelgusi moliya yiliga nisbatan tegishli qarorlarni qabul qilishlarida katta ahamiyat kasb etmoqda. Aynan davlat soliq siyosati instrumentlari orqali ularning iqtisodiy faollik darajasini oshirishga erishilmoqda. Chunki kichik tadbirkorlik sub’ektlarining iqtisodiy faolligini belgilovchi omillarga korxona to‘laydigan soliqlar va yig‘imlarning ta’sir doirasi yuqoridir.
Kichik tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini soliqqa tortish tizimida amalga oshirilgan islohotlar va o‘zgarishlarga nazar soladigan bo‘lsak, mazkur islohotlarni quyidagi uch bosqichga bo‘lishimiz hamda har bir bosqichda erishilgan tendensiyalarni taxdil qilishimiz mumkin: I bosqich (1991-1997 yillar); II bosqich (1998-2004 yillar); III bosqich (2005 yildan hozirgi kunga qadar).
Bundan tashqari, soliqqa tortish tizimida mazkur sub’ektlar zimmasidagi soliq yukining optimal darajasini aniqlash masalasi dolzarb muammolardan bo‘lib, soliqlar orqali davlat ular faoliyatini cheklashi yoki maqsadli tarzda rag‘batlantirishi mumkin. Davlat mazkur sub’ektlar faoliyatiga investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish hamda jamg‘armalarni kengaytirishda soliq dastagidan unumli foydalanishi kelgusida iqtisodiy o‘sishni ta’minlash omili ekanligi, soliq stavkalarining nasaytirilishi, iqtisodiyotda yalpi taklifga ijobiy ta’sir etib, aholi va tadbirkorlar daromadlarining ko‘payishiga, natijada esa jamgarmalarning oshishiga hamda kanitalning jamlanishiga, aksincha, soliq stavkalarining me’yordan oshishi iqtisodiyotda mehnat va iqtisodiy faollikning nasayishiga, jamg‘armalarning iqtisodiyotdan chetlanishiga, xufyona iqtisodiyotning rivojlanishiga olib keladi.
Iqtisodiyotda optimal soliq yuki darajasini amalda ushlab turish orqali soliq to‘lovchilarning iqtisodiy faolligini oshirishga, ishlab chiqarish jarayonini rivojlantirishga, bu orqali esa mamlakatda iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga erishish mumkin. Soliq imtiyozlaridan foydalangan holda, kichik korxona o‘z faoliyatini kengaytirishga, ishlab chiqarish salohiyatini oshirishga hamda oxir-oqibat o‘zining iqtisodiy ko‘rsatkichlarini ko‘tarishga erishmas ekan, taqdim etilgan soliq imtiyozlari faqatgina ular sonini ko‘paytirishga xizmat qilishi mumkin. Shuning uchun kichik tadbirkorlik sub’ektlariga nisbatan amalda bo‘lgan soliq imtiyozlarining soni, hajmidan tashqari, ularning mazkur sub’ektlar faoliyati davomidagi samaradorlik ko‘rsatkichini ham tahlil qilib borish zarur.

7-Mavzu:Ijtimoiy sohadagi islohatlarni chuqurlashtirish. Aholini ijtimoi himoya qilish va sog`liqni saqlash tizimini takomil-lashtirish hotin qizlarning ijtimoiy siyosiy faolligini oshirish
Yurtimizda yiliga 1,5 million odamni ishga joylashtirishga ehtiyoj bo‘lsa-da, o‘tgan yili Bandlikka ko‘maklashish markazlari atigi 248 ming kishini yoki 16,5 foizini ishga joylashtirgan. Buning asosiy sabablari ish faoliyatidagi eskirgan shakl va usullar hamda bandlik muammolarini hal etishdagi rasmiyatchilik bilan bog‘liq
Bunday holat bandlikka ko‘maklashishning faol siyosat choralarini amalga oshirish, ya’ni ish o‘rinlarini yaratish, avvalo YOSHlarni va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi toifalarini ish bilan ta’minlash, tadbirkorlik faolligini rag‘batlantirish chorasini ko‘rishga zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Mehnat vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2016 yilda Bandlikka ko‘maklashish markazlariga ish so‘rab murojaat qilganlarning 93,2 foizi ishga joylashtirilgan.
Yangi ish o‘rinlarini tashkil etishda erkin iqtisodiy zonalarning ham o‘rni katta. Xususan, mamlakatimizda «Navoiy» «Angren» va «Jizzax» erkin iqtisodiy zonalari tashkil etilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 yanvardagi 4931-son farmoni bilan «Urgut», «G‘ijduvon», «Qo‘qon» va «Hazorasi» erkin iqtisodiy zonalari tashkil etildi. Bu iqtisodiy zonalarda meva-sabzavot va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, saqlash va qadoqlash, tuqimachilik, gilam to‘qish, poyabzal va charm-galantereya, ekologik jihatdan xavfsiz kimyo, farmatsevtika, oziq-ovqat, elektrotexnika sanoati, mashinasozlik va avtomobilsozlik, qurilish materiallari ishlab chiqarish va boshqa yo‘nalishlarda yangi zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish yangi ish o‘rinlarining yaratilishiga zamii yaratadi.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida mehnat bozori talablariga asosan, professional kadrlarni qayta tayyorlash yuzasidan qisqa muddatli trening va o‘quv kurslarini o‘tkazish bo‘yicha nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini rag‘batlantirish, nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini litsenziyalash tartibini soddalashtirish, davlat akkreditatsiyasiga ega bo‘lgan nodavlat ta’lim muassasalari uchun davlat namunasidagi hujjatlarni berish bo‘yicha mavjud cheklovlarni bartaraf etish nazarda tutilgan.
Shuningdek, Harakatlar strategiyasida o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi muassasalarida kerakli talabdan ortiq hajmda tayyorlanayotgan gumanitar ta’lim yo‘nalishlarini qisqartirishni va mos ravishda agrar sektor, qurilish va ishlab chiqarish sohasi, uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasi mutaxassislari tayyorlashni kengaytirishni ko‘zda tutuvchi )fta maxsus va kasb-hunar ta’lim mutaxassislik yo‘nalishlarini qayta ko‘rib chiqish rejalashtirilgan. Joriy va istiqboldagi kadrlarga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqqan holda mutaxassislarni tayyorlash, agrar sektor, qurilish va ishlab chiqarish sohasi, uy-joy kommunal xo‘jaligini malakali mutaxassislar bilan hamda bitiruvchilarni kafolatlangan ish bilan ta’minlash imkonini beradi.
Hududlarda aholi bandligini ta’minlash hamda qo‘shimcha daromad manbaini yaratish maqsadida tijorat banklari tomonidan mikrokreditlar ajratish hajmini yanada oshirish quyidagi sohalarda nazarda tutilgan:
fuqarolarning shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirish;
qoramol, qo‘y, echki, quyon boqish va go‘sht etishtirish;
parrandachilik va asalarichilikni rivojlantirish;
ixcham issiqxonalar tashkil etish;
urug‘ va ko‘chatlar etishtirish.
Buning natijasida aholi tomorqasidan foydalanish samaradorligi oshadi, ishlab chiqariladigan sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi ko‘payadi.
Harakatlar strategiyasida olis va tog‘li hududlarda turizm va ekoturizmni tashkil etish, dorivor o‘simliklarni etishtirish, yig‘ish va qadoqlash bo‘yicha dasturlar ishlab chiqish kuzda tutilgan. Bunda, tog‘ oldi hududlaridagi qishloqlarda 10-15 ta xonadonlarda sayyoxlarga xizmat ko‘rsatish uylari tashkil etilib, ya’ni uyning bitta yoki ikkita xonasi devorlari so‘zana, adras bilan bezatilib, ko‘rpacha to‘shalib, xontaxta qo‘yilib, hojatxona va oshxonaning sanitar holatlari tartibga keltirilib, chet ellik sayyoxdarga tabiiy manzaralarni ko‘rsatish bilan birga non yopish, milliy taomlarni tayyorlash, milliy urf-odatlar bilan tanishtirish kabi xizmatlar ko‘rsatilishi rejalashtirilgan.
Harakatlar strategiyasida xotin-qizlarning va kollej bitiruvchilarining bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka jalb qilish, tadbirkor ayollarni qo‘llabquvvatlash maqsadida:
«Mahallaning eng namunali tadbirkor ayoli» tanlovining mahallalararo va tuman (shahar) bosqichlarini o‘tkazish;
«Tadbirkor qizning eng yaxshi loyihasi 2017» respublika tanlovini o‘tkazish;
Qo‘rg‘ontepa, Olot, Paxtakor, Dehqonobod, Koson, Nurota, Uzun va Qo‘shko‘pir tumanlarida ayollarni kasbga o‘qitish va qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish;
pedagogik ma’lumotga ega bo‘lgan, biroq bola parvarishlash munosabati bilan vaqtincha ishlamayotgan ayollarga oilaviy maktabgacha ta’lim tarbiyachisi sifatida kasanachilik faoliyati tashkil etish.
Bu tadbirlarning amalga oshirilishi xotin-qizlarda va kasb-hunar kollejlarining bitiruvchi qizlarida tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantiradi, ularning huquqiy va iqtisodiy bilimlarini oshiradi.
O‘zbekistonda tashqi mehnat migratsiyasi masalalari Birinchi Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan 5 tamoyil (ish joyi va mehnat sharoiti, ish vaqti, turarjoy bilan ta’minlash, malakali tibbiy xizmat, migrantning xavfsizligi ta’minlanganligi) asosida amalga oshirilmokda.
Mehnat vazirligining Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha agentligi faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida quyidagilarni amalga oshirish rejalashtirilgan:
hududlarda fuqarolarni chet ellarda ishga joylashtirish bo‘yicha xo‘jalik hisobidagi byuro, shuningdek ishga joylashtirilayotgan fuqarolarga o‘zini tutish etikasi, borayotgan mamlakatning madaniyati va tili, qonunchiligi asoslariga o‘rgatishni yuklagan holda, Chet ellarga ketayotgan fuqarolarni oldindan ko‘niktirish va o‘qitish markazining hududiy tuzilmalarini tashkil etish;
fuqarolarga chet elda ishga joylashish uchun ruxsatnomalarni bekor qilish va xorijiy mamlakatlarga chiquvchi fuqarolarni hisobga olishning xabardor qilish tartibini joriy qilish;
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijiy mamlakatlarga (AQSh, Kanada, Yaponiya, Evropa Ittifoqi va Fors ko‘rfazi mamlakatlariga) ishga yuborish hajmi va yo‘nalishini kengaytirish maqsadida xorijiy mamlakatlarning vakolatli organlari bilan muzokaralar o‘tkazish.
«Aholi bandligiga ko‘maklashish nodavlat tashkilotlari (rekruting agentliklari) to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.
Loyiha mehnat bozori infratuzilmasini oshirish, aholi bandligini ta’minlash imkoniyatlarini, aholi daromadlari va turmush darajasini oshirishga xizmat qiladi.
Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalarini tashkil qilish ham mehnat bozoridagi ta’sirchan siyosatning muhim uslubi sanaladi. Bundan maqsad ish izlovchilarni taklif etilayotgan bo‘sh joylar bilan tanishtirish, shuningdek, ularga mehnat bozori, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari va yangi kasbga o‘qitish to‘g‘risida to‘liq ma’lumot berishdan iborat.
Chorak asrlik mustaqil taraqqiyotimiz davrida mamlakatimizda inson hayotini yaxtttilash, uning qulay turmush sharoitlarini yaratish maqsadida ulkan ishlar amalga oshirildi. Demokratik fuqarolik jamiyatini barpo etish, bunda aholini ijtimoiy himoya qilish, uning sog‘ligini kafolatlash yo‘nalishida jahon va milliy tajribaga asoslangan holda yaxlit tizim yaratildi.
Ayni vaqtda zamon talabi, mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘lining chuqur tahlili, aholini ijtimoiy himoyalash va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va amalga oshirishni taqozo etmoqda.
Olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida ishlab chiqilgan Harakatlar strategiyasida Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida belgilandi.
Utgan davr mobaynida O‘zbekiston sobiq Ittifokdan meros bo‘lib qolgan tizimlashmagan, umumiy shaklga ega bo‘lgan ijtimoiy himoya tizimini tubdan yaxshilab, tizimli, manzilli xarakterga ega bo‘lgan va ko‘lami bo‘yicha aholining barcha qatlamlarini har tomonlama himoyalashni tashkil etishga qaratilgan takomillashgan tizimni joriy etdi va bugungi kunga kelib aholiga ijtimoiy kafolatlarni ta’minlamoqsa.
Bugungi kunda Davlat byudjetining qariyb 60 foizi ijtimoiy sohani rivojlantirishga yzshaltirilmoqda. 1991 yilga taqqoslaganda, aholining real daromadlari 12 barobardan ziyod ko‘paydi, ish haqi, pensiya va ijtimoiy nafaqalar salmoqli darajada oshdi. Iste’mol tovarlari ishlab chiqarishni jadal sur’atlar bilan oshirish va aholining ularga bo‘lgan talabini qondirish ta’minlanmoqda.
Taraqqiyotimizning bugungi bosqichida ijtimoiy sohaning aholiga majburiy ijtimoiy kafolatlarni ta’minlash, aholining ehtiyojmand qatlamlarining ijtimoiy himoyasini hamda keksalar va imkoniyati cheklangan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llabquvvatlashni kuchaytirish, ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni yaxshilash, aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratilmoqda.
O‘zbekistonda 2010-2015 yillar mobaynida keksalar va pensionerlar uchun mo‘ljallangan 12 ta Saxovat va Muruvvat internat uylari moddiy-texnika bazalari, 14,6 ming yolg‘iz keksalar, pensioner, nogironlarning turarjoy sharoitlari yaxshilandi, 5,4 ming odam reabilitatsiya texnik vositalari va protez-ortopediya mahsulotlari bilan ta’minlandi, 6,4 ming nogiron va pensioner sanatoriyalarda sog‘liqparini tiklashdi. Ko‘rsatilgan tibbiy-ijtimoiy yordamning umumiy hajmi 132,2 milliard so‘mii tashkil etdi.
Jamiyatning demokratlashuvi jarayonida aholining ehtiyojmand qatlamlarining ijtimoiy himoyasini yanada yaxshilash uchun «Nuroniy» jamg‘armasi davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi, yolg‘iz keksalar, pensionerlar va nogironlarni muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish, uning manzilliligini ta’minlash, keksa YOSHdagilar, imkoniyati cheklangan odamlar va yolg‘iz keksalarga ko‘rsatiladigan tibbiy-ijtimoiy yordam darajasi va sifatini ko‘tarishni, shuningdek joylarda tuman va shaharlar aholisining zamonaviy diagnostika va davolanish uslublaridan foydalanish imkonlarini ta’minlaydigan tubdan yangi yondashuvlar ishlab chiqish zarurligini ko‘rsatdi.
Keksalarni qo‘llab-quvvatlash davlat tizimini yanada takomillashtirish maqsadida qariyalar va faxriylarni ijtimoiy himoyalash, ularning faolligini oshirish, mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida to‘laqonli ishtirok etishlari uchun shart-sharoitlar yaratish, tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash sohasida katta avlod vakillarining rolini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan 28 dekabr kuni «O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash «Nuroniy» jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»'gi Farmon hamda «Keksalar va nogironlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» gi Qarorning qabul qilinishi bu borada islohotlarning yangi bosqichga ko‘tarilishi bo‘ldi. Mazkur farmon va qarorda oqsoqollar, keksalar va faxriylarni ijtimoiy faoliyatga jalb etish, joylarda keksalar turmush sifatini oshirish, ularning ijtimoiy faolligini qo‘llabquvvatlash, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan hamkorlikda yolg‘iz va muhtoj keksalarga ijtimoiy va moddiy ko‘mak ko‘rsatish, «Nuroniy» jamg‘armasi markaziy apparatini, uning viloyat va tumanlardagi bo‘linmalarini moddiy qo‘llab-quvvatlash, «Nuroniylar maskani» komplekslarini yaratish, kasalliklarni o‘z vaqtida aniqlash va davolash uchun 2,8 million keksa YOSHdagi fuqarolarning barchasi ixtisoslashtirilgan tibbiy brigadalar tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishini ta’minlash, biriktirilgan patronaj hamshiralari tomonidan salomatliklari ustidan doimiy nazorat orqali keksa YOSHdagi fuqarolar orasida kasalliklar profilaktikasi choralarini kengaytirish, 15,5 ming yolg‘iz keksalarning turmush sifati va darajasini ularga shaxsiy ijtimoiy xodimlarni biriktirish orqali oshirish, keksa YOSHdagi shaxslarni to‘lovsiz asosda davolash va sog‘lomlashtirish ko‘zda tutilgan. Shu munosabat bilan respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlariga 20 ming va viloyatlardagi tibbiyot muassasalariga 215 mingdan ziyod, jami 178,9 milliard so‘m miqsoridagi orderlar ajratish ko‘zda tutilgan. Joylardagi barcha tibbiyot birlashmalari va muassasalarini, shuningdek, barcha viloyatlardagi onkologiya dispanserlarini umumiy mikdori 108,7 million AQSh dollariga teng bo‘lgan tegishli zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlash, keksalar va nogironlarning 23 ta «Saxovat» va «Muruvvat» uy-internatlari moddiy-texnik bazasini umumiy miqdori 207 milliard so‘m hajmda mustahkamlash mazkur farmon va qaror ijrosida o‘z aksini topdi.
Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj ehtiyojmand qatlamlari himoyasini kafolatlash bugungi kunda mamlakatimiz oldida turgan ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilanmokda. Xususan, bu masala 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha X,arakatlar strategiyasini «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturida to‘la o‘z aksini topdi.
Dasturda keksa YOSHdagi aholi ijtimoiy faolligini oshirish va ularning jamiyatdagi mavqeini yuksaltirish maqsadida 2017 yil davomida «Nuroniy» jamg‘armasi, «Mahalla» jamg‘armasi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, «Oila» ilmiy-amaliy markazi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ishtirokida keksa YOSHdagi fuqarolarning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida keng qamrovli ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, jamiyat, oilalar va mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, shuningdek, YOSH avlodni xalqimizning ko‘p asrlik an’analarini hurmat qilish ruhida tarbiyalash ishidagi rolini oshirishga erishish nazarda tutildi. Mazkur tadbrflar uchun ijrochilar mablag‘lari hisobidan 200 million so‘m mablag‘ yo‘naltirilishi rejalashtirilmokda.
Aholining himoyaga muhtoj qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish, ularning sog‘ligini tiklash, sifatli tibbiy-ijtimoiy xizmat ko‘rsatish borasida bir qator salmoqli ishlar amalga oshirilishi rejalashtirildi. Ayniqsa, manzilli, hududlarda, chekka joylarda bu borada yirik loyihalarning amalga oshirilishi e’tiborga loyikdir.
2017 yil davomida 1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari, nafaqaxo‘rlar, nogironlar, yolg‘iz qariyalar va aholining boshqa nochor qatlamlaridan kamida 35 ming nafarining sanatoriy muassasalarida bepul davolanishini tashkil etish uchun davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan 18 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilmoqsa.
Birgina 2017 yilda nogiron shaxslarni protez-ortopediya vositalari, reabilitatsiya texnika va yordamchi vositalar bilan bepul ta’minlash yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlash, ularni jamiyatga qaytarish maqsadida reabilitatsiya tadbirlarining samaradorligini oshirish maqsadida bepul asosda kamida 10 ming nafar nogiron va yolg‘iz qariyani protez-ortopediya buyumlari va texnik reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlash rejalashtirilgan. Bu yo‘nalishda ishlarni amalga oshirish uchun byudjet va ijrochi mablag‘lar hisobidan 2,5 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilmoqsa.
Mustaqilligimizning ilk yillaridan boshlab, davlatimiz tomonidan inson salomatligini yanada mustahkamlash, sog‘lom insonlar safini kengaytirish, onalar va bolalar sog‘lig‘ini muhofaza qilish, sog‘lom turmush tarzini keng omma o‘rtasida shakllantirish, oilada tibbiy madaniyatni oshirish, har bir shaxsning salomatligi o‘z qo‘lida ekanini aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish, sog‘lom jamiyatni tashkil etishga katta e’tibor qaratilgan. Bu borada 1996 yil 29 avgustda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida»gi Qonun, 1998 yil 10 noyabrda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish Davlat dasturi t}lrisida»gi 2107-son Prezident Farmoni, 2011 yil 28 noyabrdagi «Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 1652-son O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori hamda 2015-2020 yillar davrida O‘zbekiston Respublikasi aholisining sog‘lom ovqatlanishini ta’minlash konsepsiyasini va chora-tadbirlar kompleksini ta’minlash to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasining Qarori aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.


Download 153,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish