Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish.
Demokratiya tamoyillariga tayanuvchi davlat hokimiyati xalq manfaatini ifoda etib, jamiyatni boshqarish hamda rivojlantirishga xizmat qiluvchi bunyodkor kuch sifatida namoyon bo‘ladi. Davlat hokimiyati jamiyatga siyosiy rahbarlik qilib, unga yaxlitlik va barqarorlik baxsh etadi. O‘zbekistonda hokimiyat idoralarning xalq manfaatlariga bo‘ysundirilgani konstitutsiyaviy prinsip tarzida ular faoliyatining asosiy mezoniga aylanadi.
“Kuchli davlatdan- kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyilini amalga oshirishda faol ishtirok etuvchi ijtimoiy institutlar
Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari – mahallalar
Nodavlat – notijorat tashkilotlari
Erkin va xolis ommaviy axborot vositalari
Davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirishda, davlat hokimiyati tuzilmalari (parlament, president, hukumat) o‘rtasidagi munosabatlarning samarali tashkiliy va huquqiy mexanizmlarini yaratishda so‘nggi yillarda konstitutsiyaviy qonunchilikka joriy qilingan yangi institutlar muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, 2011 yil 18 aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (78, 80, 93, 96, 98- moddalariga)” gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni davlat hokimiyati tizimini yanada demokratlashtirishning muhim huquqiy asosi bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasida Davlat boshqaruvi tizimini tubdan isloh qilishning 6 ta asosiy yo‘nalishi belgilab berildi. [ 10.09.2017 kun.uz].
5-Mavzu:Qonun ustuvorligini ta`mirlash va sud xuquq tizmini yanada isloh qilishning ustuvor yo`nalishlari
Harakatlar strategiyasining ikkinchi ustuvor yo’nalishi “Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud huquq tizimini yanada isloh qilish” deb nomlanadi. Bundan ming yil muqaddam ulug‘ bobomiz Abu Nasr Forobiy: “Qonunlari kuchli davlat qudratli bo‘ladi. Qonunlari mukammal shahar mukammal shahardir”, - degan edi. Darhaqiqat, haqiqiy erkinlik, erkin va ozod faoliyat amaldagi qonunlar doirasidagi faoliyatdir. Boshqacha qilib aytganda, haqiqiy demokratiya - qonunlar diktaturasi. Ana shundagina qonun ustuvorligiga erishiladi va barchaning qonun oldida tengligi ta’minlanadi. Har qanday davlatning mustahkamligi, uning adolatli va qat’iyatli siyosati, ijtimoiy adolatni, haqiqatni, fuqarolar haq-huquqlarini himoya qilishga qaratilgan qonunlar asosida qo‘riladi. Ayni qonun doirasidagi erkinlik, qonun doirasidagi erkin faoliyat ishlab chiqarish madaniyatini ham, turmush turzi ma’naviy meyorlarini ham davlat boshqaruvi tamoyillarini ham qadriyatga aylantiradi.
Harakatlar strategiyasi qabul qilinguniga qadar, uning muhokamasi davrida va qabul qilinganidan so‘ng sud-huquq tizimi bilan bog‘liq bo‘lgan bir qator hujjatlar qabul qilindi.
Dastlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 21 oktabrda “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmon;
yil 20 sentabrda “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonun;
yil 9 yanvarda “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun;
2017 yil 21 fevralda “O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmon;
2017 yil 29 martda “Ma’muriy qamoqni o‘tash tartibi to‘g‘risida”gi Qonun;
2017 yil 29 martda “Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan
O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun;
Do'stlaringiz bilan baham: |