Organlar va organlar sistemasi
Organ. Ma’lum funksiyani bajarishga moslashgan turli xil hujayralar
va to‘qimalar to‘plami organni hosil qiladi. Har bir organ odam organizmi
uchun muhim bo‘lgan aniq bir vazifani bajaradi. Masalan, yurak nasos
sifatida arteriya tomirlaridagi qonni vena tomirlariga o‘tkazib, organizmda qon aylanishini ta’minlaydi. o‘pkalar nafas olish va nafas chiqarish orqali organizmning barcha hujayra va to‘qimalarini kislorod bilan ta’minlaydi. Buyraklar organizmda moddalar almashinuvi natijasida hosil bo‘lgan qoldiq moddalarni tashqariga chiqaradi va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |