1-mavzu. O‘sish va rivojlanishning umumiy qonuniyatlari. Organizm va muxit



Download 33,56 Kb.
bet1/17
Sana07.01.2022
Hajmi33,56 Kb.
#329171
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
1-mavzu. O‘sish va rivojlanishning umumiy qonuniyatlari. Organizm va muxit


1-mavzu. O‘sish va rivojlanishning umumiy qonuniyatlari. Organizm va muxit.

(2 soat ma’ruza, 2 soat amaliy mashg‘uloti).
Reja: 1. O‘sish va rivojlanishning umumiy qonuniyatlari

2. Organizm va muxit



3. Hujayra haqida tushuncha
Bolalar va o‘smirlar gigienasi gigiena fani sohalaridan biri bo‘lib,
tashqi muhit omillarining bola organizmiga, uning hayot faoliyati, ta’lim
tarbiyasiga ta’sirini o‘rganadi va o‘sayotgan avlodning sog‘lig‘ini mustahkamlash hamda jismoniy va ma’naviy jihatdan bekamuko‘st rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi.
Ish jarayonida bolalar va o‘smirlar gigienasi, umumiy gigiena, mikrobiologiya, epidemiologiya, fiziologiya, biokunyo fanlarining tavsiyalari va yutuqlariga tayanadi. Bu fan 1954-yilda mustaqil fan sifatida umumiy gigiena tarkibidan ajralib chiqqan.
O‘zbekiston mustaqillika erishganidan so‘ng o‘zining asosiy masalalaridan biri deb sog‘lom avlodni tarbiyalashni belgilab oldi.
«Sog‘lom avlodni tarbiyalash - buyuk davlat poydevorini, farovon hayot
asosini qurishdir», deydi prezidentimiz I.A.Karimov.
Shu munosabat bilan 29-aprel 1993-yilda «Sog‘lom avlod» jamg‘armasi
tuzildi. 3-dekabr 1993-yilda Vazirlar Mahkamasining 589-qarori bilan o‘sib kelayotgan avlodni sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari haqidagi kompleks
dastur qabul qilindi. Bu dasturning asosiy yo‘nalishi quyidagilardan iborat:
1.Har bir xalq ta’limi xodimi tibbiy va gigienik bilimlarga ega
bo‘lishi;
2.Har bir xalq maorifi xodimi ta’lim-tarbiyaning giginik meyorlarini
bilishi;
3. Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish;
4. Yosh avlodga gigienik tarbiya berish;
5. «Sog‘lom avlod uchun» dasturini keng targ‘ib qilish;
Mamlakatimizning birinchi ordeni «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bo‘lib, u
4-mart 1999-yil ta’sis qilingan.
1999-yil 7-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul
qilinganligining yetti yilligiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilishda
Prezident I.A.Karimov 2000-yilni «Sog‘lom avlod yili» deb e’lon qilishni
taklif etdi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2000 - yil 15-dekabrda «Sog‘lom avlod» davlat dasturini tasdiqladi.
Dasturda jumladan, ijtimoiy tafakkurda etuk, ma’naviy boy, jismonan
sog‘lom va barkamol avlodning tug‘ilishi va tarbiyalanishi uchun yuksak
mas’uliyat psixologiyasini shakllantirish masalalari bo‘yicha aholiga yalpi
bilim berish tizimini yaratish zarurligi ta’kidlanadi:
Yigit va qizlarni bo‘lajak oilaviy hayotga tayyorlash, sog‘lom turmush
tarzini shakllantirish;
Qizlarda o‘zbek milliy urf-odatlariga xos va mos bo‘lgan qadriyatlardan
iffat, hayo, nazokat, latofat, ibo tushunchalarini tarkib toptirish;
Bolani sog‘lom qilib tarbiyalash va ularda kerakli bo‘lgan odat va
malakalarni tarkib toptirishga o‘rgatish;
Yigitlarni mard, g‘ururli, oilani boshqara oladigan, ota-onasiga,
bolalariga mehribon bo‘lish hissida tarbiyalash;
Yoshlarni zararli odatlar bo‘lgan tamaki, nos chekish, spirtli ichimliklar
va giyohvand moddalarni iste’mol qilishga qarshi tarbiyalash;
Homiladorlik va tug‘ruq paytida ona va bola salomatligini nazorat
qilish, mustahkamlash va saqlash;
Bir yoshgacha bo‘lgan go‘daklar salomatligini nazorat qilish, mustahkamlash va saqlash;
Bir yoshdan olti yoshgacha bo‘lgan davrda bolalar salomatligini mustahkamlash va tarbiyalashni to‘g‘ri ta’minlash;
Nogiron bolalarni davlat tomonidan himoyalashni kuchaytirish,
ularni jamiyatning to‘laqonli a’zolariga aylanishiga shart-sharoit
yaratish;
O‘zbekiston Respublikasi hukumatining onalik va bolalikni muhofaza
qilish bo‘yicha qaror va buyruqlarini talabalar ongiga etkazish.

Download 33,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish